В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

 «Zafar»
 
kompaniyasining kadrlar siyosati to‘g‘risidagi
Nizom 
Kadrlar siyosatining mohiyati tashkilot missiyasini amalga oshirish uchun 
kompaniyani malakali xodimlar bilan ta’minlashdan iborat. 
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha: 
1.
Barcha xizmat va bo‘linmalarda kompaniya va har bir xodimning 
maqsadlariga erishish uchun samarali va sifatli ishlashga intiluvchi malakali hamda 
sodiq kadrlar tarkibini shakllantirish. 
2.
Har bir xodimning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, teng imkoniyatlarini 
ta’minlash, adolatlilik va ijtimoiy himoyalanish prinsiplariga rioya qilish. 
3.
Kompaniyada xodimlarning mehnat faoliyatini Mehnat kodeksi, davlat 
me’yoriy huquqiy hujjatlari, ichki mehnat tartib qoidalari, qo‘llanmalar, jamoa 
shartnomasiga qat’iy muvofiqligida ilova qilish. 
4.
Kompaniya xodimlarining kasbiy va shaxsiy salohiyatini ularning 
manfaatlarini kompaniya manfaatlariga muvofiq rivojlantirish. 
5.
Yuqori darajadagi xolisonalikni ta’minlovchi va xodimlarning rivojlanishi 
va malakasini oshirishni kuchaytiruvchi personalni baholash usullaridan foydalanish.
6.
Tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida samaradorlik 
tahlilini amalga oshirish. 
Kadrlar siyosatining vazifalari quyidagi o‘zgartirishlarga muvofiq har yili 
to‘g‘irlanadi:
tashqi muhitda: raqobat sohasi, mehnat qonunchiligi talablari, mehnat bozoridagi 
vaziyat; 
ichki muhitda: xo‘jalik faoliyatining talablari, kompaniyaning rivojlash 
strategiyasi va moliyaviy imkoniyatlari, personalni boshqarish uchun xarajatlarning 
unga belgilaydigan ehtimoliy darajasi; mavjud xodimlarning miqdori va sifat 
tavsifnomalari, istiqbolda ularni o‘zgartirish yo‘nalishlari; 
Kadrlar siyosati quyidagi prinsiplarda tuziladi:


75 
-
rejalilik va komplekslilik; 
-
ishchanlik, samaradorlik;
-
boshqarish tizimining moslaShuvchanligi;
-
teng imkoniyatlar; 
-
mehnatga adolatli mukofoti;
-
ijtimoiy himoya;
-
korporatsiya manfaatlari bilan cheklanganlik; 
-
ochiqlik, xabardorlik; 
-
qayta bog‘lanishni ta’minlash: kompaniya – xodim – kompaniya. 
Kompaniyaning kadrlar siyosatining ob’ekti kadrlar hisoblanadi. 
Kompaniya kadrlar siyosatining ustuvorliklari inson kapitalini saqlash va yanada 
ko‘paytirish, kasbiy, amaliy, shaxsiy bilimlarni, qobiliyat va ko‘nikmalarni 
rivojlantirish va ketma-ketlik asosida zamonaviy standartlarga javob beruvchi yuqori 
darajadagi mahoratni ta’minlashdir. 
Kompaniya xodimlarga quyidagi talablarni belgilaydi: 
1.
Kompleks vazifalarni hal qilish, muntazam va dinamik ishlash, yangi 
texnologiyalarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi mahorat. 
2.
Ishlarni bajarish sifati va kompaniya mol-mulkining saqlanishi, shuningdek, 
vazifalarning bajarilish me’yor, qoida va muddatlariga rioya qilishda intizomliligi 
uchun yuqori javobgarlikni talab qilish sharti. 
3.
Kompaniya va xodim maqsadlarining birligini aks ettiruvchi, tashkilotning 
barqaror rivojlanishiga imkon beruvchi qarorlarning qabul qilinishini ta’minlovchi 
vijdoniylik va to‘g‘rilik. 
Ko‘rsatilgan talablarga munosib xodimlarni moddiy mukofotni oshirishda kadrlar 
xizmati ishining ustuvor yo‘nalishidir. 
Kadrlar siyosatining tuzilishi bir qator o‘zaro bog‘langan jarayonlarni ifodalaydi:
kadrlar statistikasi va tahlili orqali kompaniyaning istiqbolli rejalariga muvofiq 
kadrlarga bo‘lgan miqdor va sifat talabini rejalashtirish, sotsiologik tadqiqotlar va 


76 
statistika ma’lumotlarini qayta ishlash; 
kompaniyada ishlash uchun yuqori malakali va tajribali mutaxassislarni izlash, 
kasbiy va psixofiziologik tanlash; 
yangi qabul qilingan xodimlarni qabul qilish va samarali manzilli moslashishni 
kuzatish; 
kompaniya xodimlari bilan intizomiy munosabatlarni kuzatish;
personalni baholash va attestatsiya qilish; 
personalning lavozimi o‘sishini boshqarish, samarali joylashish va rejalashtirish, 
Shu jumladan, yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun zaxirani shakllantirish; 
kompaniya personalining uzluksiz, kasbiy ta’limi va malakasini oshirish; 
ishdan bo‘shatilgan va qisqartirilgan xodimlar bilan manzilli ishlash; 
yosh mutaxassislar, o‘quv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish va biriktirish, yangi 
qabul qilingan xodimlardan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ega va kompaniya 
manfaatlariga sodiq bo‘lgan yuqori darajali professionallarni shakllantirish. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin