80
Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar:
1.
Korxonaning kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
(bundan keyin – Uslubiy tavsiyalar), umumiy tavsifga ega bo‘lmagan va ish joyidagi
haqiqiy vaziyatni inobatga olgan xolda islohotlar jarayonida ishlab chikilgan
korxonaning xodimlar (kadrlar) tarkibini boshqarish uchun ehtimoliy yechimlarni o‘z
ichiga oladi.
2. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ikki asosiy jihatdan iborat: xususiy va
tashkiliy.
Xususiy boshqaruv tushunchasi quyidagi muhim elementlarga asoslanadi:
umumiy strategiyani aniqlash;
korxona ehtiyojlarini xodimlarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan
holda rejalashtirish;
jalb etish, tanlash va xodimlarni baholash;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
rag‘batlantirish tizimi (faoliyatini boshqarish);
mustaqil kadrlar tayyorlash;
ishni tashkillashtirish, Shu jumladan, ish o‘rinlarini belgilash ular o‘rtasidagi
funksional va texnologik bog‘liqliklar ish bajarilishining davomiliygi va mazmuni,
mexnat shartlari;
ish haqi va ijtimoiy xizmatlar siyosati;
kadrlar xarajatlarini boshqarish.
3. Kadrlarni birgalikda boshqarishga munosabat,
barcha ishchi xodimlar va
kompaniyaning barcha bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
4. Kadrlarni boshqarish strategiyasini shakllantirishda rahbariyat tomonidan
qabul qilingan korxona faoliyati strategiyasi qoidalarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Kadrlar boshqaruvi maqsadlarini aniqlash,
ya’ni kadrlar boshqaruvi sohasidagi
qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy jihatlarni (xodimlarni boshqarishning qabul
qilingan strategiyasi), hamda xodimlarning ehtiyoj va manfaatlarini (mehnatga
81
layoqatli
ish haqi, qoniqarli mehnat sharoitlari, xodimlarning qobiliyatlarini
rivojlantirish va amalga oshirish uchun imkoniyatlar va hokazolarni) hisobga olish.
Kadrlar ishi mafkurasi va tamoyillarini shakllantirish
, ya’ni kadrlar ishi
mafkurasi hujjat shaklida aks ettirilishi va korxona boshlig‘idan boshlanib,
korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari
tomonidan kundalik ishlarda
qo‘llanilishi kerak. Ushbu hujjat korxona xodimlari bilan ishlashda me’yoriy-huquqiy
me’yorlarga ega bo‘lmagan axloqiy majmua bo‘lishi kerak. Korxona xodimlarining
mafkurasi korxonaning rivojlanishi va tashqi shartlarining o‘zgarishlariga ko‘ra
aniqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: