89
kadrlar siyosati korxona biznes strategiyasiga bog‘liq emas edi.
Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda direktorlar kengashi, o‘rta bo‘g‘in
boshqaruvchilari jalb qilinmagan, bosh korxonada yoki uning filiallarida xodimlarni
boshqarish samaradorligi monitoring qilinmagan. Munozara yakunlari bo‘yicha
yetakchi kengash, direktorlar kengashi va shaxsan bosh direktor ko‘p
hollarda
vaziyat uchun aybdor bo‘lib, kadrlar siyosati va kadrlar strategiyasini ishlab chiqishda
ishtirok etishdan chetda qolgan deb paradoksal (ziddiyatli) xulosaga kelishdi. Shu
sababdan korxonaning kadrlar siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.
Direktor o‘rinbosari barcha rahbarlarni jalb etish uchun o‘zaro aloqa
mexanizmini ishlab chiqish, korxonaning biznes
strategiyasidan kelib chiqib, uning
muhim tarkibiy qismiga aylanib boruvchi kadrlar siyosatining yangi loyihasini ishlab
chiqish jarayonini taklif etdi. U keyinchalik kadrlar siyosatini monitoring qilish
natijalari va kadrlar boshqaruvi tizimining samaradorligini
muntazam baholash
asosida ehtimoliy tuzatishlar bo‘yicha taklif va tashabbuslarning muvofiqlashtiruvchi
mutaxassisi bo‘lishi kerak, degan taklifni kiritdi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib
quyidagi muammolarga e’tiboringizni qaratamiz va savollarga javob tayyorlash
borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz.
Dostları ilə paylaş: