122
“V” guruxi
– istiqbolli zaxira. Bu guruxga yaqin 1-3 yil ichida rahbarlik
lavozimiga ko‘tarish mo‘ljallangan nomzodlar kiritiladi.
Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo‘lgan, korxona bo‘linmalarida mehnat
faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik qobiliyatiga
ega yosh xodimlar
hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting usulida baholashdan foydalanilgan holda
o‘qitiladi.
Asosiy zaxira tarkibi tegishli tayyorgarlikka va rahbarlik lavozimlarida ishlash
tajribasiga ega xodimlar hisobiga shakllantiriladi.
Shu bilan birga potensial va tezkor zaxira ham bo‘ladi. Potensial zaxiraga
korxonada mavjud barcha lavozimlarga nomzodlar kiradi.
Bu tarkibdan yaqin vaqt
ichida
bo‘sh qolishi kutilayotgan rahbarlik lavozimlariga tezkor zaxira
shakllantiriladi.
Zaxirani shakllantirish tamoyillari
quyidagilardan iboratdir:
Zaxira muximligi tamoyili
lavozimlarni egallashga
aniq extiyojni hisobga
olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq zaxira tarkibi Shunday shakllantirilishi
kerakki, unga kiritilgan xodimlar amalda lavozimda o‘sish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari kerak.
Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili
nomzodning
muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sifatlari va malakalarini, bu
lavozimga qo‘yilgan talablarni hisobga olish demakdir.
Nomzodning istiqbolligi tamoyili.
Bu tamoyilga muvofiq quyidagilar hisobga
olinishi kerak:
-
kasbiy o‘sishga yo‘naltirish;
-
ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab;
-
yoshga bo‘lgan talab;
-
lavozimdagi ish staji hamda umuman karerasi dinamikasi;
-
salomatligining ahvoli.
Har bir korxona va tashkilot (u katta yoki kichkinaligidan qat’i nazar)da kadrlar
123
zaxirasi bo‘lishi lozim. Odatda yirik kompaniya va firmalarda zaxira tarkibi o‘z
xodimlari hisobiga shakllantirilishini nazarda tutgan holda asosiy e’tibor bo‘linma
rahbarlarini vertikal bo‘yicha rotatsiya qilishga, korxona
hizmatlari rahbar va
mutaxassislarni esa gorizontal siljitishga berilishi muvofiqdir.
Zahira tarkibi va miqdori korxonadagi lavozimlar darajasi, personal
qo‘nimsizligi, rivojlantirish rejalariga qarab ilgaridan belgilab qo‘yiladi.
Shunga
muvofiq turli lavozimlar uchun zaxira koeffitsienti belgilanadi. Bu koeffitsient 1 dan
3 gacha bo‘lishi mumkin. YA’ni bu bir lavozim uchun bittadan uchtagacha nomzod
zaxiraga kiritilishi mumkinligini anglatadi.
Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha
shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira tayyorgarligi baholanadi (1-jadval).
Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6 oyda) personalni
boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib
chiqilishi, zarurat bo‘lsa bu tarkibga
xodimlarning shaxsiy muvaffaqiyatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik
lavozimiga extiyojlar hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar hisobga
olingan holda aniqlik kiritilishi darkor.
Nomzodning kadrlar zaxirasiga kiritilishi unga rahbarlik lavozimi berilishi
kafolati hisoblanmaydi. Biroq bo‘sh rahbarlik lavozimiga nomzodlar birinchi
navbatda zaxira tarkibidan tayinlanishi qoidaga aylanishi kerak. Zaxiradagi nomzodni
bo‘sh lavozimga tayinlashdan voz kechilishi asoslab berilishi darkor.