В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


-rasm. Kadrlar xizmati boshqaruvchisi vazifalari



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

3-rasm. Kadrlar xizmati boshqaruvchisi vazifalari 
Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (tashkilot) uchun kadrlar 
tanlar ekanlar, ularda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni (oilaviy ahvol, funksiyalari 
o‘zgartirilgan holda xizmat vazifalarining o‘zgartirilishi va hokazolarni) ham hisobga 
olib talab etiladi.
Huquq
iy 
masalala

Personalni 
rejalashtirish 
Ishga 
yollash 
Tanlash 
Ish haqi va 
imtiyozlar 
Kasbga 
ko`niktirish 
O`qitish 
Attestatsiya 
Rahbarlarni 
tayyorlash 
Xizmat 
vazifasini 
o`zgartirish 
Ijtimoiy
 masalala



111 
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda xodimlarni chet 
ellarda stajirovkadan o‘tkazishini ko‘zda tutish, faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha zarur 
maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar bilan ta’minlash ham talab etiladi. 
Personalni samarali mehnat qilishi, ularga yaratilgan qulay sharoitlar (psixologik 
muhit, qulay ish joyi, ovqatlanish va hokazolar)ga bog‘liqligini hisobga olgan holda 
xizmat rahbariyatga ish-xizmatchilarning maishiy turmushini yaxshilash yuzasidan 
tegishli tavsiyalar tayyorlashi kerak bo‘ladi. Ijtimoiy masalalarga e’tibor katta bo‘lgan 
kompaniya va firmalarda personalning sihat-salomatligi, turar-joy sharoitlari haqida 
g‘amxurlik qilinadi, xodimlarni tug‘ilgan kun bilan tabriklash, bayramlarda sovg‘a 
berish, turli imtiyozlar (masalan, nufuzli kurortlarga imtiyozli yo‘llanmalar ajratish) 
berish ham an’anaga aylanadi.
Personalni boshqarish xizmati xodimlarga ma’muriyat bilan kontraktlar tuzishda 
yordam beradi, ular vakolatlarini tushuntiradi. Shuningdek, tashqi tashkilotlar – 
mehnat inspeksiyalari, huquq-tartibot idoralari, yuqori tashkilotlar, tarmoq kasaba 
uyushmalari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqalar bilan 
aloqada bo‘lishi ham xizmat vazifalari hisoblanadi. 
Ko‘pgina kichik xususiy va oilaviy korxonalar personalni boshqarish xizmatiga 
ega emas, bu vazifani ushbu korxona egasi bajaradi. Kichik firmalar ish hajmi 
ortgandan so‘ng hisob-kitob va idora ishlarini olib borish uchun xodim yoki 
mutaxassis yollaydi. 
Bugungi amaliyotda personalni boshqarish bo‘yicha mutaxassisga ehtiyoj 
xodimlar soni 100-150 taga etganda tug‘ilishini ko‘rsatadi. Korxona faoliyatiga qarab 
undagi jamoa a’zolari soni 200-500 kishiga etganda, odatda, personal xizmati tashkil 
qilinadi. 
Uncha katta bo‘lmagan firmalarda (100-200 kishi) kadrlar xizmati tarkibi 1-2 
mutaxassis (shu jumladan, xizmat rahbari), 1-2 yordamchi xodimdan iborat bo‘ladi. 
Personal miqdori 201-300 bo‘lganda 2-3 mutaxassis va 2 ta yordamchi xodimni 
tashkil etadi. Personal soni 500 tagacha kompaniyalarda xizmat rahbari 1-4 


112 
mutaxassis va 2-3 yordamchi xodim bilan ishlaydi. Ishlab chiqarishda band bo‘lganlar 
1000 kishini tashkil etsa, kadrlar xizmati 10-13 kishidan, shu jumladan rahbar, 5-6 
mutaxassis va deyarli shuncha yordamchi xodimlardan iborat bo‘ladi. Personal 2,5 
ming kishiga etganda esa xizmat 17-18 mutaxassis va rahbar, 15 taga yaqin texnik 
xodimni tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga 10 
nafar personalni boshqarish xodimining to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Odatda 
ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega bo‘lishi 
talab qilinadi. 
Kadrlar siyosatini rivojlantirishda faol ishtirok etish uchun kadrlar bo‘limi 
boshlig‘i ma’lum darajada professional bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi 
muhim ahamiyatga ega. Ular orasida: 
korxona biznesini rivojlantirish yo‘nalishini ko‘ra olish,
bozor tendensiyalarini prognozlash va tahlil qila bilish;
muntazam va yaxlit fikrlash qobiliyati, vazifalar va yondashuvlarni 
tizimlashtirish va standartlashtirish qobiliyati;
tashkiliy rivojlanishga tashxis qo‘yish prinsiplari, shakl va usullarini bilish;
korxonaning strategik rejalariga muvofiq kadrlar siyosatini ishlab chiqish; 
korxonaning kadrlar siyosati samaradorligini oshirish; 
kadrlar boshqaruvi sohasida korporativ standartlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
korxonaning 
biznes 
jarayonlarini 
boshqarish 
shemalari 
va 
ularni 
hujjatlashtirishni bilish. 
Bugungi kunda turli xil boshqaruv uslublari, tashkiliy tuzilmasi va madaniyati, 
kadrlar vazifalari va turli darajadagi xodimlar, ularni amalga oshiruvchi shaxslarning 
kasbiy mahoratli tuzilmalari mavjud. Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, 
agar u o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lsa, korxonaning strategik maqsadlariga erishish 
uchun rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning istiqbollari 


113 
haqidagi fikrlari bo‘lsa, kadrlar siyosatini ishlab chiqish yoki o‘zgartirishda 
yyetakchilik qilishi mumkin. U buni xodimlar uchun tasdiqlangan yondaShuvlarga 
asoslangan holda ishlab chiqishi va ayni paytda kelajakka intilishga harakat qilishi 
kerak. Albatta, bu ishni g‘oyaviy elementlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi, lekin u o‘z 
tushunchasini korxonaning boshqa rahbarlariga qanchalik qiziqarli va rang-barang 
tarzda taqdim etsa, ularni loyihaning yangiliklari, umidlari, istiqbollari va 
samaradorligi bilan shunchalik ko‘proq qiziqtirishi mumkin, bundan uning kadrlar 
siyosatini shakllantirishdagi o‘rni va mavqei aniq bo‘ladi. 
Agar rahbar xodimlar boshqarmasi boshlig‘ining bunday malakasiga ega 
bo‘lishni istasa, u korxona xodimlarini boshqarish bo‘yicha menejerining professional 
standartlarini ishlab chiqishi (yoki mutaxassislarga ko‘rsatma berishi) mumkin.
Kasbiy standart korxonadagi xodimlarini boshqarish tizimi, korxona tomonidan 
bajarilgan ish va tegishli bilim, ko‘nikma, qobiliyat, moyillik va ish sifatining ayrim 
ko‘rsatkichlarini boshqaruvchi shaxsning vakolatlari uchun ma’lum miqdordagi 
talablardir. 
Professional (kasbiy) standart bir qancha sabablarga ko‘ra ehtiyojimizga 
aylangan.
1.
Personalni boshqarish sohasidagi menejer va mutaxassislarning professional 
standartlari tashkilot rahbariyati tomonidan ushbu funksiyani ko‘rishga bog‘liq holda 
har qanday tashkilotda ishlash uchun kerakli vakolatlarni aniqlash imkonini beradi.
2.
Professional standartlar turli bo‘g‘inlardagi hukumat mavqeyiga ena
xodimlarning vazifalarini bajarishidagi farqlarni aniq tushunishga yordam beradi.
3.
Professional standartlar malakali xodimlarni boshqarish uchun muhim, 
chunki ular kadrlar sohasidagi eng faol va g‘ayratli vakillarga malaka oshirish uchun 
sabablar yaratadi.
4.
Kasbiy standartlar tashkilot rahbariyatiga kadrlar ishlayotgan shaxs 
bajaradigan topshiriqlarning murakkabligi, tashkilotning samaradorligiga qanday 
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatish imkonini beradi.


114 
5.
Kasbiy standartlar xodimlarning o‘z rahbarlari va mutaxassislarni lavozim 
talablariga muvofiqligini baholash jarayonini soddalashtiradi va ob’ektivlashtiradi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin