Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
bmi gulnoza saidova

 
 
Interfaol metodlar – o‘quv jarayonini muayyan shaklda loyihalashtirishdir. 
Yangi pedagogik texnologiya esa an’anaviy dars qurilishini zamonaviy interfaol 
usul, noan’anaviy shaklda o‘ziga xos qayta loyihalashtirishdir. Bu loyiha shuni 
taqozo etmog‘i lozimki, avvallari o‘quvchi muallimdan bilimni tayyor holda olgan 
bo‘lsa endilikda mashg‘ulotda qo‘yilgan turli muammoli topshiriqlarni bajarish 
asnosida mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish, mantiqiy xulosa chiqarish orqali 
boshqacha qilib aytganda muayyan darajada mehnat qilib bilim oladi. Shuningdek 


ko‘nikma va malakalar ham mantiqiy fikrlashni talab qilgan mashqlar ta’limiy 
o‘yinlar qiziqarli ijodiy ishlar vositasida hosil bo‘ladi. 
3.2. Ochiq dars ishlanmasi 
Sifatlarning yasalishi 
6-sinf
(Bir soatlik dars ishlanmasi) 
Darsning ta’limiy maqsadi: 
sifatlarning yasalishi, sifat yasovchi 
qo‘shimchalar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy:
o‘quvchilarda oilaga va ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘usini 
uyg‘otish, insonparvarlik xususiyatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchila
r
ning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ijodiy 
qobilyatlarni rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini 
topishga o‘rgatish.
Darsning jihozi: 
sinf taxtasi, darslik, elektron darslik, rangli rasmlar, 
flomaster, gul, kompyuter.
Darsning usuli: “
Aqliy hujum”,“Tushunchalar tahlili” usuli 
Mashg‘ulot “Bahor valsi” 
kuyi bilan boshlanadi. Salomlashilgandan so‘ng 
uyga vazifa tekshiriladi. “Tong” mavzusidagi matnni o‘qib berish bilan dars davom 
etadi.
Tong.
Tonggi shudring, tonngi shabada, tonggi shabnam – soflik ramzi. Quyosh 
nurlarning porlab turishi hayotning yer yuzida davom etayotganidan darak beruvchi 
elchidir. Maysalarning, gullarning, barglarning ustiga tushgan shudring tomchilar 
olmos kabi yaltirab, ko‘ngilni shod etadi…
O‘quvchilar matnni diqqat bilan eshitib, matnda keltirilgan sifatlarni eslab 
qilishga harakat qiladi. Matnni tuzishda ijodkorlik bilan yondashib, badiiy so‘z 
san’atidan mohirlik bilan foydalana olgan va matndagi sifatlarni yaxshi eslab qolgan 
o‘quvchilar rag‘batlantiriladilar. 


“Aqliy hujum”
metodi.
Sinf o‘quvhilari bunda gurhularga bo‘linadi, o‘tilgan mavzulari yuzasidan har 
bir guruhga 2 tadan savol beriladi. Savollar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin