Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
bmi gulnoza saidova

“O‘z o‘rningni top” 
o‘yinidan so‘z yasalishi haqidagi mavzular tugagandan 
keyin foydalandik. Bunda turli so‘z turkumiga oid yasama so‘zlar yozilgan 
kartochkalar o‘quvchilarga tarqatildi. To‘rt o‘quvchi “Ot”, “Sifat”, “Fe’l”, “Ravish” 
nomlari yozilgan kartochkalarni olib to‘rtga ajratilgan parta yonida turdilar, qolgan 
o‘quvchilar so‘zlarga qarab guruhlarga ajraldilar. Noto‘g’ri joylashgan 
o‘quvchilarning o‘rni almshtirildi. Keyin shu so‘zlar ishtirokida kichik matn tuzish 
topshirig’ini berdik. Kim ko‘p yasama so‘z qatnashtirib gap tuzsa, shu guruh g’olib 
bo‘ldi. 
So‘z yasalishi mavzusini o‘tishda quyidagi usulni qo‘lladik. Matnni o‘qing. 
Undan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling. 
Dunyoni selday bosdi
Bahorning gul bosqini, 
Sevgining titrog‘lari
Ruhga nurday taraldi. 
Ne uchun ko‘zlaringda
Yana ko‘zyosh toshqini? 
Yana sog‘inch yaraldimi?... 
Yana sog‘inch yaraildi. 
• 
Topgan yasama so‘zlarning asoslaridan qanday yana yasama so‘zlar hosil 
qilish mumkin? 
• 
Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yana qanday so‘zlar hosil qilish mumkin? 
• 
Fikringizni misollar asosida dalillang 
Interfaol dars jarayonlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda barcha 
talabalalar faollashishi zarur, ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining 
ma’lum bir qismi talabalalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, so‘ngra sinfda har 
tomonlama muhokama etiladi. O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, 
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati 
uni emotsional jihatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini 


erkin bayon qila oladi. Interfaol usullar xilma-hil bo‘lib, qaysi metodni tanlash 
o‘qituvchining o‘tayotgan mavzusi,darsning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. 
Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va talabalalar o‘zaro faol ishtirok etadigan 
mashg‘ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon. 
Innovatsion jarayonlarda interfaol metodlarning qo‘llanishi darslarda 
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo‘sh 
talabalalar ni ham bir oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, 
umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok 
etishga undaydi. Talabalalar ni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan 
usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun 
darsga, mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, 
usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan 
interfaol usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri 
tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini ko‘rib 
bo‘lgach, o‘zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko‘rgazmalardan keragini 
qirqib olib konvertga solib qo‘yishingiz, mavzularni o‘rgatishda ishlatishingiz 
mumkin. 
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, 
insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-
odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni 
mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning 
tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin