“So‘zdan so‘z top” o‘yini orqali.Masalan,
istiqbol so‘zidan so‘z topish vazifasini
berish mumkin. O‘quvchilar quyidagi so‘zlarni topishlari mumkin:
is, iqbol, ol, bol, qol, tol, boq, toq, tob, tos, tiq, qot, qil, siq, sot, bot, bos, bil, olis, olti, iliq, qis, sol kabilar.
3.
“Zanjir” o‘yini orqali. Bunda bir o‘quvchi yasama so‘zga misol aytadi, keying
o‘quvchi so‘z qaysi tovush bilan tugagan bo‘lsa, shu tovush bilan
boshlanganyasama so‘zni aytishi kerak. Bunda o‘quvchilarning topqirligi,
tezkorligi inobatga olinadi.Masalan:
archazor– rasmchi –ijodkor –raqsbop– pillachilik –ko‘ylaklik – kashtachilik –kovushdo‘z kabi.
Bu topshiriqda aytilgan so‘zlar yasama ekanligi, hozirgi paytda ham yasalish
mavjud ekanligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
“So‘z yasalish” mavzusinio‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish
samaralidir. Interfaol metod– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtida
ham o‘qituvchi, ham o‘quvchini faollashtrishga yo‘naltrilgan o‘qitish usullari
majmuihisoblanadi. “So‘z yasalish” mavzusini o‘qitishda interfaol metodlarni
qo‘llash va bundan kutilgan natijalarni olish kerak. Ushbu mavzuni o‘rganishda
”Venn diagrammasi” , “FSMU” kabilardan foydalanish mumkin.
“So‘z yasalish” mavzusini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish
samarali usullardan biridir. O‘quv jarayonida so‘z yasalishi, uning usullari, so‘z
turkumlarida so‘z yasalishi, so‘z yasalish tarkibi kabi masalalarni yoritishda,
o‘quvchilarga ma’lumot berishda anglashlari uchun yordam beruvchi chizma,
jadval, grafiklardan foydalanish ham yuqori natijlarni kafolatlaydi. Agar grafik
organayzerlarni o‘qituvchi tayyor (to‘ldirilgan) holda qo‘llasa, vosita vazifasini,
o‘quvchilarning mashg‘ulot mavzusiga doir bilimlarni mustahkamlash va fikrlashini
rivojlantrish maqsadida ishlatilsa, metod fazifasini bajaradi. Masalan, shunday
grafik organayzerlardan “Qanday”, “Nima uchun”, “BBB” kabi kabilarini misol
tariqaida keltirish mumkin.