Va adabiyoti universiteti


So‘z yasalishini o‘qitishda noan’anaviy usullardan foydalanish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
bmi gulnoza saidova

 
2.3. So‘z yasalishini o‘qitishda noan’anaviy usullardan foydalanish 
texnologiyasi 
 
Umumuy o‘rta ta’lim tizimida ona tilio‘qitishda innovatsion ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish davrning asosiy talabi, hayotning zaruriyati bo‘lib 
qolmoqda. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima 
qilinganda “innovation” – “yangilik kiritish”
47
degan ma’noni anglatadi. Mazmunan 
esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki 
tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. 
Mavjud adabiyotlarda innovatsiyalarning ko‘rinishlari sifatida yangi 
g‘oyalar;tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq 
maqsadlar;noan’anaviy yondashuvlar;odatiy bo‘lmagan tashabbuslar; ilg‘or ish 
uslublari keltiriladi.
48
So‘z yasalishi haqidagi qarashlarda yangicha fikrlari bilan 
avvaldan mavjud qarashlarni, xususan, ravish yasalishi haqidagi fikrlarni ilgari 
47
Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Ҳайдаров М., Ҳасанбоева О., Усманов Н. Педагогика фанидан изоҳли 
луғат. – Тошкент: Фан ва технология. 2009. – Б.154.
48
Сайидаҳмедов Н. Ноанъанавий дарс. Янги педагогик технологиялар. – Тошкент: Молия, 2003. – 
Б.56.


surgan A.Hojiyevning nazariy qarashlarini ham innovatsitya sifatida qabul qilish 
mumkin. A.Hojiyevning yuqorida tilga olingan asarida ravish yasalishini inkor 
etadi. So‘z yasalishi haqidagi qarashlarni tahlil qilar ekan, tilshunos olim so‘z 
yasalishiga mazkur adabiyotda keltirilgan talablar asosida yondashilsa, ravish so‘z 
turkumida yasalish hodisasi yo‘qligini ta’kidlaydai hamda bu mavzuda e’lon qlingan 
maxsus maqolani tilga oladi.
49
Tilshunos olim mavjud adabiyotlarda ravish 
yasalishi, xususan, 
-cha
affiksi bilan yasalgan ravishlar haqidagi qarashlarni tahlil 
qilar ekan, quyidagicha xulosaga keladi: “...o‘xhstish, o‘xshashlikni ifodalash so‘z 
yasovchilarga xos xususiyat emas, so‘z yasovchi yangi lug‘aviy ma’noli til birligi –
yasama so‘z hosil qiladi. Qolaversa, birinchidan, 
hozircha, yigitcha, bolacha, 
atroflicha...
so‘zlari ‘so‘z yasalish asosi+so‘z yasovchi’dan iborat tarkibli birlik-
yasama so‘z emas, ikkinchidan, 
shoshganicha, bizningcha, o‘zimcha, bilganimcha 
so‘zlaridagi 
–cha
so‘z shakliga qo‘shilayapti. So‘z yasovchi birlik esa bunday 
xususiyatga ega emas. Uchinchidan, 
ukrayincha, bolacha, ilgaricha 
yasama so‘z-
lug‘aviy birlik emas, shuning uchun izohli lug‘atlarda bosh so‘z(izohlanuvchi so‘z) 
sifatida berilmaydi va hokazo. Xullas, o‘zbek tilidagi 
–cha
affiksi so‘z yasovchiga 
xos xususiyatlarga ega emas. U o‘z mohiyatiga ko‘ra shakl yasovchi morfemalarga, 
shuningdek, ko‘makchilarga o‘xshaydi”
50
“Ta’lim innovatsiyalari ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud 
muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan 
ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar sanaladi. 
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanib, bu tushuncha 
birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.Ta’lim innovatsiyalari bir necha 
turga ajratiladi: 
1.
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini 
boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar. 
49
Ҳожиев А.Ўзбек тилида равиш ясалиши тизими масаласига доир./Ўзбек тили ва адабиёти, 2001.2-
сон.-Б.42-46
50
Ҳожиев А.Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. -Тошкент: 
Фан, 2010.–Б.174-175


2.
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra: radikal, modifikatsiyalangan 
hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar. 
3.
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra: tarmoq (lokal), modul va tizim 
innovatsiyalari. 
4.
Kelib chiqish manbaiga ko‘ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki 
o‘zlashtirilgan innovatsiyalar. 
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan 
mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. 
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat 
qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur”
51

Ma’lumki, fikr ifodalash vositasi til birliklari hisoblanadi. Til birliklari esa 
fonema, morfema, leksemahisoblanib

ular ham tafakkur o‘stirish uchun xizmat 
qiladi. Shuningdek, nutq birliklari ham izchil tizim bo‘lib, ular tovush, so‘z, gap 
tarzida namoyon bo‘ladi.
Professor A.Nurmonov gap butunlik sifatida gap bo‘laklariga, gap bo‘laklari 
so‘z shakllariga, so‘z shakllari morf (allomorf) larga, morflar esa fonlarga, (allo) fon 
esa akustik va fiziologik xossalarga bo‘linishini ta’kidlagan holda, butun o‘zaro 
dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklarning uzviy birligidan iborat 
yaxlitlikdir, deydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘qitishda tilning ichki 
bo‘linishlarini o‘rgatish, grammatik hodisalarni anglash mushohada qilish uchun 
zarurdir. 
Akademik listey o‘quvchilariga har qanday mavzuni tushuntirishda 
hodisaning mohiyatini anglatish, ya’ni ularni bo‘laklarga ajratish, bo‘lakni butunga 
aylantirish, “tahlil, sintez, kuzatish, taqqoslash, qismlarga ajratish, umumlashtirish”,
butunni bo‘laklarga ajratish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish 
ularning mantiqiy tafakkurini o‘stirishga yordam beradi. 
Xususiylikdan umumiylikka, umumiyliklardan xususiy-liklarga kabi dialektik 
yo‘nalishni o‘rgatish-ta’lim mazmunining samarador bo‘lishidan dalolatdir. Zeroki, 
har bir sohada samaradorlikka erishish uchun inson ruhiyatiga, hissiyotiga ta’sir eta 
51
Султонова Г.А. Педагогик маҳорат. – Тошкент: ТДПУ, 2005.


olish kerak. O‘quvchilardagi mustaqil fikr, tafakkur, dunyoqarash, e’tiqodni 
shakllantirish bir qancha omillarga bog‘liq: a) o‘quvchilarda anglash tuyg‘usini 
rivojlantirish; b) umumiylik va xususiylik, butun hamda qism dialektikasining 
mohiyatini o‘rgatish; v) motivastiya hosil qilish; g) nazariya bilan amaliyot 
mutanosibligini ta’minlash.
Bunday omillarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi darsga tayyorgarlik 
ko‘rishda o‘quvchilarda faollikni ta’minlash yo‘llarini, mavzuni o‘tish modellarini, 
mashg‘ulot jarayonida foydalanish lozim bo‘lgan vositalarni, dars samarasini 
beradigan usullarni, motivastiya hosil qiladigan yo‘l-yo‘riqlarni oldindan aniqlab 
olmog‘i lozim. 
O‘quvchilarda tafakkur o‘stirish uchun qismni butunga aylantirishni o‘rgatish 
maqsadida quyidagi interfaol o‘yinlardan foydalanish mumkin. U “Qismlardan 
butunlikka” yoki “Oddiydan murakkabga” deb ataladi va quyidagi modul asosida 
tashkil qilinadi. 
Auditoriyadagi o‘quvchilar dastlab ikki guruhga bo‘linadilar. Har ikki 
guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, xohlagan qo‘shimchalardan birini yozadi. 
Ulardan so‘ng ikkinchi o‘quvchi ana shu qo‘shimchaga mos o‘zak yozadi. Uchinchi 
o‘quvchi esa hosil bo‘lgan so‘zni birikma holiga keltiradi. To‘rtinchisi mazkur 
birikmani gapga aylantiradi. Beshinchi o‘quvchi sodda yoyiq gapni kengaytiradi. 
Navbatdagi o‘quvchi sodda gap asosida qo‘shma gap tuzadi. So‘ngra navbat bilan 
uni murakkab qo‘shma gapga aylantiradilar. Va, nihoyat, boshqa o‘quvchilar ular 
asosida matn tuzadilar. Shundan so‘ng ikkala guruh bir-birlarining tuzgan 
matnlarini orfografik, tinish belgilari hamda uslubiy jihatdan nazorat qiladilar, 
tekshiradilar. U quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
-don 
-guldon 
-guldonning naqshi 
-guldonning naqshi chiroyli ekan. 
-stol ustida ko‘rk bag‘ishlab turgan guldonning naqshi kishini o‘ziga maftun 
etadi. 


Ta’lim bosqichlarida so‘z yasalishi mavzusini o‘qitishda o‘quv chilarning yozma 
nutqini rivojlantirish usullariga quyidagilarni qo‘shimcha qilish mumkin: 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin