Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
bmi gulnoza saidova

kommunikativ kompetensiya
(ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida o‘zaro 
muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy 
moslanuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini 
shakllantirish), 
axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
(mediamanbalardan zarur 
ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan 
samarali foydalana ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega 
bo‘lish layoqatlarini shakllantirish), 
o‘zinio‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
(doimiy 
ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, 
kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik 
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z 
xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini 
egallash), 
ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
(jamiyatda bo‘layotgan voqea, 
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining 
fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik 
munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirish), 
milliyva umummadaniy kompetensiya
(vatanga sadoqatli, insonlarga 
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy 
33
Yusupova T.Ona tili ta’limiga kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi masalalari//Ўзбекистон: тил ва 
маданият. 3-серия. Ўзбек тили таълими.-Тошкент,2017.-Б.71 


va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom 
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish), 
matematik savodxonlik, fan 
va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
(aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy 
rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy 
olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay 
shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish 
layoqatlarini shakllantirish) turlari berilgan. Fanga oid kompetensiyalar, ya’ni 
nutqiy (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish) va lingvistik (fonetika, grafika, 
orfoepiya, orfigrafiya, leksika, grammatika va uslubiyatga doir) kompetensiyalar 
haqida mufassal ma’lumotlar berilgan, ularning mazmuni aniq yoritilgan.
“Ularning tahlili o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi fani yuzasidan o‘tiladigan 
ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida muntazam amalga oshirilishi 
lozim. Chunki til sathlarining o‘qitilishi yuzasidan o‘tiladigan har bir mavzuning 
mazmun-mohiyati 
o‘quvchilarda hosil qilinadigan bilim, ko‘nikma va 
malakalarning shakllantirilishigagina qaratilmasligi kerak. Balki kompetensiyasini, 
ya’ni mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishga 
qaratilgan qobiliyatini ham shakllantirish va rivojlantirishni masalasi ham nazarda 
tutilishi darkor. Chunki nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish lingvistik 
kompetensiyalar yordamida amalga oshiriladi. Ularning tahlili o‘zbek tilini o‘qitish 
metodikasi fani yuzasidan o‘tiladigan ma’ruza, amaliy va laboratoriya 
mashg‘ulotlarida muntazam amalga oshirilishi lozim. Chunki til sathlarining 
o‘qitilishi yuzasidan o‘tiladigan har bir mavzuning mazmun-mohiyati o‘quvchilarda 
hosil qilinadigan bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllantirilishigagina 
qaratilmasligi kerak. Balki kompetensiyasini, ya’ni mavjud bilim, ko‘nikma va 
malakalarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishga qaratilgan qobiliyatini ham 
shakllantirish va rivojlantirishni masalasi ham nazarda tutilishi darkor. Chunki 


nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish lingvistik kompetensiyalar yordamida 
amalga oshiriladi”
34
Maktabda so‘z yasalishi bo‘limining o‘rganilishi, eng avvalo o‘quvchilar so‘z 
boyligini oshirishga, so‘zlarning paydo bo‘lishi, tilning ichki imkoniyatlari asosida 
tilning lug‘at boyligining oshishi haqidagi ma’lumotlarni hosil qiladi. 6-sinfda 106-
darsda so‘z yasovchi qo‘shimchalar mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilardan 
yangi yasalgan so‘zlar, ularning hosil bo‘lishi, yangi so‘zlarning hosil bo‘lishini 
tushuntirishda o‘quvchilarni kundalik hayotdan misollar olishga o‘rgatish mumkin. 
Bunda tilimizga nisbatan yangi kirib kelgan so‘zlarga yasovchi qo‘shimchalar 
qo‘shib qanday so‘zlar yasash mumkinligini so‘rash orqali ularni mustaqil fikr 
yuritishga o‘rgatish mumkin. O‘quvchilarga so‘z yasalish qoliplarini berish, unga 
asosan o‘zlari yangi so‘z hosil qilish, aniqrog‘i tilda shu qolipda yasalgan so‘zlarga 
misol keltirish topshirig‘ini berish mumkin. 
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yaslishining mahsuldor usuli qo‘shimchalar 
qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash – affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo‘lgan 
muayyan so‘z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham 
so‘zlovchi xotirasida so‘z yasash qoliplari mavjud bo‘ladi. Masalan, ot+chi “shaxs 
oti yasovchi” (
ishchi, temirchi, suvchi
); ot+li “belgining mavjudligi yoki ortiqligi” 
(
suvli, mevali
) va boshqalar. 
35
O‘quvchilarga 6-sinfda ham, akademik litseyning birinchi bosqichida ham 
shu qoliplarni berish hamda ularga mos so‘zlar topish topshirig‘ini berish mumkin. 
O‘quvchilarning 6-sinfda so‘z yasalishi haqida olgan bilimlari akademik 
litseyning 1-bosqichida mustahkamlanadi. Akademik litsey darsligida berilgan 
nazariy ma’lumotlar ham, topshiriq va mashqlar ham ularning yoshi, bilim darajasini 
hisobga olgan holda tuzilgan. Akademik litseyda o‘tiladigan “Hozirgi o‘zbek adabiy 
tili” fanidan beriladigamn ma’lumotlar oliy ta’limda bakalavrlarga beriladigan 
nazariy ma’lumotlarga ancha yaqin. Darslikda berilgan 199-mashqning sharti 
34
Yusupova T.Ona tili ta’limiga kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi masalalari//Ўзбекистон: тил ва 
маданият. 3-серия. Ўзбек тили таълими.-Тошкент,2017.-Б.71
35
Hozirgi o‘zbek adabiy tili/ Mahmudov N., Nurmonov A va b.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun 
darslik.-Toshkent:Ilm ziyo, 2015.-B.140


quyidagicha:hikmatli gaplarni o‘qing, so‘zlardagi yasalish hodisalarini aniqlab, 
ularni izohlang. 
Andishali odam yaxshilik doyasidir. 
Hayo bilan andisha-qo‘sh ziynat. 
Andisha –yaxshilik yo‘liga poyandoz. 
Andisha-kelajak yo‘llarini munavvar etuvchi mash’ala. 
Hayosiz o‘zining uyalmasligi bilan do‘stini uyaltiradi. 
Andishali odam iffatli bo‘ladi. 
Andishali muloqot-ulig‘lik belgisi. 
Odamning hayo va andishasi uning ko‘rkidir. 
Vafo yo‘q yerda hayo yashamaydi.Uyalish-insoniylikdan. 
O‘rinsiz uyalib, maqsadni ro‘yobga chiqara olmaslik-noshudlikdir. 
Uyat boshni yerga egadi. 
Andishasizlikning hosili-jiholat. 
Keltirilgan hikmatli gaplarda e’tibor berilsa, bir asosdan hosil qilingan so‘zlar 
ko‘p. Tahlil jarayonida shu jihatlarga e’tibor qaratish, uning ma’nosini izohlashni 
ham talab qilish mumkin. 
So‘z yasalishi mavzusini o‘tishda o‘quvchilarning adabiyot fanidan olgan 
bilimlarini ham mustahkamlash, fanlararo bog‘liqlik asosida mavzuni tushuntirish 
mumkin. Bunda adabiyotdan o‘qilayotgan badiiy asardan misol topish, ularni tahlil 
qilish, ishlatilishi darajasi kamroq bo‘lgan so‘zlarning izohini yozish kabi 
qo;shimcha topshiriqlarni ham berish mumkin bo‘ladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin