Va adabiyoti universiteti


So‘z yasalishi predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirishda



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
bmi gulnoza saidova

1.3.So‘z yasalishi predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirishda 
muhim omil sifatida 
 
Bugungi kunda ta’lim sohasida “kompetensiya” tushunchasi keng 
qo‘llanilmoqda. Kelib chiqishiga ko‘ra inglizcha bo‘lgan bu so‘z dastlab rus tiliga 
o‘zlashgan, keyinchalik o‘zbek tilida ham qo‘llanila boshlandi. “
Competence
” so‘zi 

to compete
” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 
musobaqalashmoq, raqobatlashmoq, 
bellashmoq 
degan ma’nolarni bildiradi. Ta’lim jarayonida kompetentlik 
tushunchasining shu kunga qadar o‘qitish amaliyotida uchraydigan nazariy bilim 
bilan undan amaliyotda foydalanish o‘rtasidan izlash, ya’ni o‘quvchi nazariy 
bilimga eg bo‘gani holda, undan muammoli vaziyatlarda foydalanish holatlarini 
bartaraf qiladi.
31
Bu so‘z ta’lim sohasida yangi davlat ta’lim standartlari qabul 
qilinganiga qadar rasmiy-idoraviy sohalarda funksional vazifalar doirasini ifodalash 
maqsadida qo‘llanilib kelingan. Odatda, “kompetent mutaxassis” deganda o‘z 
sohasini yaxshi bilgan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan xodim tushuniladi. Bu 
kontekstda kompetensiya tushunchasiga har bir mutaxassis javob bera olishi kerak 
bo‘lgan kasbiy tayyorgarlik talabi ham yuklatilgan. 
30
Неъматов Ҳ., Расулов Р.Ko‘rsatilgan asar.- B.39
31
Ziyodullayeva G. Ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv masalalari./Ўзбек тили ва уни ўқитиш 
масалалари. Республика илмий-назарий конференцияси. -Тошкент: 2017. –Б.249


Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 10-aprelida qabul qilingan 187-sonli 
qarorida ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish masalasi o‘z 
ifodasini topgan. Unda “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, umumta’lim 
fanlarini o‘qitishining uzluksizligi va izchilligi ta’minlash, zamonaviy 
metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat 
ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-
metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni 
tashkil qilish zarurligi qayd etiladi. Shuningdek, 2017-2018- o‘quv yilidan boshlab 
kompetensiyaviy yondashuvning bosqichma-bosqich tatbiq etilishi lozimligi 
uqtiriladi.
O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, 
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar 
fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol 
toptirish Davlat ta’lim standartida ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi sifatida 
belgilab berilgan. O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z 
fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy 
kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiradigan 
bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, 
sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid 
tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli 
foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan 
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish kabilar kompetensiyaviy yondashuvga 
asoslangan davlat ta’lim standartining asosiy vazifalari qilib belgilangan. 
32
Davlat ta’lim standarti talablarida belgilab berilgan bu maqsad va vazafalar 
har bir oliy ta’lim dargohlarida o‘zbek tili o‘qitish metodikasi sohasida faoliyat 
yuritayotgan va yoshlarga ta’lim berayotgan har bir professor-o‘qituvchilari 
zimmasiga bir qator mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi: avvalombor, ularning 
32
Ўзбекистoн Республикаси Вазирлар Маxкамасининг Қарори
 // 
Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-хунар 
таълимининг давлат таълим стандартларинитасдиқлаш тўғрисида. 2017 йил, 10апрель. 14(774)-сон, 230-
модда. Ўзбекистан Республикаси Қонунлар тўплами.


o‘zlaridan bu hujjat mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishlari; talabalarga
birinchi navbatda, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ushbu DTSning maqsadi va 
vazifalarini chuqur va atroflicha tahlil qilib bera olishlari; umumiy o‘rta ta’lim 
tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlarining qay tarzda amalga 
oshirilishi va ularning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlarini, ya’ni boshlang‘ich, 
tayanch va umumiy darajalarning farqlarini ochib berishi; unda berilgan tayanch va 
fanga oid kompetensiyalar haqida juda mukammal tushuntirib berishi talab qilinadi. 
33
Eng birinchi navbatda, talabalarning ushbu kompetensiyaga yo‘naltirilgan 
davlat ta’lim standartida o‘z ifodasini topgan kompetensiyalar haqida aniq va 
mukammal bilim olishi ta’minlanmog‘i kerak. Dasturda tayanch kompetensiya 
sifatida 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin