Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
bmi gulnoza saidova

yasоvchi аsоs
dеb 
yuritilаdi. Маsаlаn, 
tоshko‘mir tоsh –
yasоvchi аsоs, 
ko‘mir
yasоvchi аsоs - 
tоshko‘mir
– yasаlmа; 
оqqush

оq
- yasоvchi аsоs, 
qush
– yasоvchi аsоs - 
оqqush
– 
yasаlmа kаbi. 
Mavjud adabiyotlarda qo‘shma so‘zlar haqida ham qarashlar xilma-xilligiga 
duch kelish mumkim. “Qo‘shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o‘zak 
(lug‘aviy morfema)larning shakliy va mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida 
yuzaga keladi [
belbog‘
], [
oqsoch
], [
oqsoqol
], [
belkurak
]. Qo‘shma leksemalar 
ayniqsa, atoqlilashgan va atamalashgan leksemalar tarkibida ko‘p bo‘ladi: 
[
Yangiqo‘rg‘on
], [ Miyonbozor], [
Eskijo‘va
] va h.”
27
Ko‘pchina olimlar qo‘shma 
so‘z deb qarayotgan ba’zi yasalmalarga A.Hojiyev shunday munosabat bildiradi: 
“O‘zbek tilida so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan tarkib topmagan, qandaydir 
boshqacha yo‘l bilan hosil qilingan so‘zlar ham bor. Masalan, “qo‘shma so‘z ” deb 
yuritilayotgan 
belbog‘, otquloq, bodomqovoq 
kabi so‘zlar , 
ustqurma 
kabi kalkalsh 
yo‘li bilan hosil qilingan so‘zlar shular jumlasidandir. Bunday so‘zlar yasama so‘z 
(so‘z yasash yo‘li bilan hosil qilingan so‘z) hisoblanmaydi. Shuning uchun ham 
yasama so‘zlarga xos mohiyatga ega bo‘lmaydi va yasama so‘zlar kabi guruhlanish, 
sistema hosil qilish xususiyatiga ham ega emas. Binobarin, ular so‘z yasalishining, 
so‘z yasalish sistemasining ob’ektiga kirmaydi. ”
28
“O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari” qo‘llanmasida so‘z yasalish 
qoliplari haqida ham so‘z yuritiladi. Qo‘llanma mualliflari so‘z yasalish qoliplarini 
ununmli so‘z yasalish qoliplari, so‘z yasalishining unumsiz (tarixiy)qoliplariga 
ajratadilar.
29
Qo‘llanma mualliflari sistem tilshunoslikda qolip tushunchasi haqida 
ma’lumot berib o‘tgach, so‘z yasalish qoliplari haqida han so‘z yuritadilar. “Til 
birliklarining o‘zaro birikish tizimi va bu birikishning - nutqiy hosilaning mohiyati 
sifatida tushuniladi. Ya’ni har qanday qolip ikki qismdan iborat bo‘ladi. Bu qismlar 
tenglamalar kabi (=) belgisi bilan ajratiladi. Masalan, 1) [ [ aniq ot]+ [ chi]=(ot 
anglatgan narsa-predmet bilan shug‘ulllanuvchi, aloqador shaxs atamasi]; 2) [ot]+ [ 
27
Неъматов Ҳ., Расулов Р.Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. -Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –Б.49
28
Ҳожиев А.Кўрсатилган асар. –Б.148
29
Неъматов Ҳ., Расулов Р.Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. -Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –Б.38-42


li]=(ot anglatgan narsaga egalikni ifodalovchi sifatlar]; 3) [aniq ot, sifat]+ 
[lik]=(aniq ot yoki sifatdan hosil qilingan mavhum ot]; 4) [ [ joy nomi, oykonim]+ 
[lik]=(muyayan joyda yashovchi, shu joyning tub vakili bo‘lgan shaxs];”
30
Qo‘llanmada so‘z yasalish qolipining quyidagi uch qismi ko‘rsatib o‘tiladi: 1) 
so‘z yasashga asos bo‘lubchi lug‘aviy morfema-leksema; 2) leksemaning ma’nosini 
o‘zgartiruvchi qo‘shimcha-yasovchi qo‘shimcha; 3) birikish hosilasining tabiati
mohiyati.
Umuman olganda so‘z yasalishi haqidagi qarashlarda ba’zi o‘rinlarda fikrlar 
xilma-xilligiga duch kelish mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin