Va adabiyoti universiteti


So‘z yasalishi usullarini o‘qitishda adabiy manbalardan foydalanish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
bmi gulnoza saidova

2.2.So‘z yasalishi usullarini o‘qitishda adabiy manbalardan foydalanish 
 
Bugungi kunda til o‘qitish metodikasida yangi yo‘nalish yuzaga keldi: badiiy 
matnlar asosida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, ona tili va adabiyot darslarida 
olingan bilimlarga integratsiyalash asosida tayangan holda o‘quvchilarni so‘z 
ishlatish mahorati bilan tanishtirish, shu orqali ularning nutq madaniyatini 
rivojlantirish, bunda ijodiy topshiriqlarga ustuvor ahamiyat berish zaruriyati tug‘ildi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish, ya’ni badiiy qiymat yaratuvchi 
til hodisalari ustidagi ishlarni tashkil etishdan avval o‘qituvchi “Ona tili” 
darsliklarini o‘rganib chiqib, ulardagi har bir badiiy matnda qanday badiiy tasvir 
vositasi ishlatilganini aniqlab olmog‘i, boshlang‘ich sinflar “O‘qish kitobi” 
darsliklaridagi savol va topshiriqlardan boxabar bo‘lmog‘i, 5–9-sinflar “Ona tili” 
dasturi talablariga va darslik materiallariga ijodiy yondashgan, “Adabiyot” darsligi 
va darslik-majmualari materiallarini yaxshi bilgan, ikki o‘quv fanini 
integratsiyalashni o‘ylagan hamda uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga amal qilgan 
holda ish boshlamog‘i darkor. 
Istiqlol davrida ona tili darslarida ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so‘zlar, 
so‘zlarning ko‘chma ma’nolari, uyadosh so‘zlar ustida ishlash, shu so‘zlar asosida 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish muammolari T.Ziyodovaning tadqiqot 


ishida, 
metodik 
qo‘llanmasida
40
yoritildi. Ma’nodosh so‘zlar asosida 
o‘quvchilarning nutqini o‘stirish masalalari N.Yo‘ldoshevaning tadqiqot ishida 
ko‘tarildi
41
. N.Qosimovaning tadqiqot ishi matniy ma’nodoshlarga bag‘ishlandi.
42
T.Yusupovaning tadqiqot ishi va metodik qo‘llanmasida gapning bosh bo‘laklarini 
o‘rganish jarayonida nutq o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirishda so‘z shakllari 
va grammatik vositalarning o‘rni masalasiga e’tibor qaratildi
43
. A.Ergashevaning 
metodik qo‘llanmasida o‘quvchilarni mazmundor va ta’sirchan gap tuzishga 
o‘rgatish, bunda tilning emotsional-ekspressiv vositalaridan foydalanish mazmuni 
va usullari diqqat markaziga qo‘yildi
44
. Lekin bu ishlar darsliklardagi badiiy 
matnlarning til xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘lanmadi. Ona tili darslarida 
badiiy matnning til xususiyatlarini integratsiyalash asosida o‘qitish metodikasi 
tadqiqotchi K.Mavlonova tomonidan ishlab chiqildi. K.Mavlonova monografiyasida 
ona tili ta’limida nutq o‘stirishda ona tili va adabiyotining ichki hamda tashqi 
integratsiyalash imkoniyatlari, badiiy matn tahlilini ona tilidan o‘tiladigan mavzular 
doirasida nutqning ekspressivligi bilan integratsiyalashning bugungi holati, badiiy 
matnlar asosida ona tili va adabiyot darslarini o‘zaro integratsiyalab o‘rganishning 
lingvodidaktik asoslari kabi qator masalalarga oydinlik kiritgan.
45
O‘quvchi nutqining to‘g‘riligi adabiy til me’yorlari aks etgan grammatik 
materiallarni o‘rganish jarayonida shakllanib borsa, nutq boyligi esa yangidan-yangi 
so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik qurilmalar qatori tilning emotsional-ekspressiv 
vositalarini o‘zlashtirish jarayonida hosil bo‘ladi. Darhaqiqat, nutqning boy bo‘lishi 
“Ona tili o‘qitish metodikasi”da ta’kidlanganidek: “...o‘zbek xalqining qochiriq 
40
Зиёдова Т. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш: Пед.фан.ном. ... дисс. –
Тошкент, 1995. – 141 б.;
41
Йўлдошева Н. Умумий ўрта таълим мактабларида синонимларни янги педагогик технология асосида 
ўқитиш: Пед.фан.ном. ... дисс. автореферати. – Тошкент, 2002. – 24 б.;
42
Қосимова Н. Она тили таълими жараёнида ўқувчилар нутқини сўзнинг маънодошлари билан бойитиш. 
Пед.фан.ном. ... дисс. автореферати. –Тошкент, 1998. – 23 б.
43
Юсупова Т. Гапнинг бош бўлакларини ўрганиш жараёнида ўқувчилар нутқини ўстиришнинг 
лингвометодик асослари: Пед. фан.ном. ... дисс. – Тошкент, 2005. – 157 б.; Юсупова Т. Гапнинг бош 
бўлакларини ўрганиш жараёнида ўқувчилар нутқини ўстириш. – Тошкент, 2006. – 87 б.
44
Эргашева А. Она тили дарсларида назарий маълумотларни мустаҳкамлаш жараёнида нутқ ўстириш 
методикаси.–Тошкент: Fan va texnologiyalar, 2010. – Б. 69 .
45
Мавлонова К.Она тили дарсларида бадиий матннинг тил хусусиятларини интеграциялаш асосида ўрганиш 
методикаси. .–Тошкент:Mashhur press, 2016.


so‘zlari va ko‘chma ma’noli so‘zlaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, 
mubolag‘a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so‘roqli gaplardan foydalanishida 
namoyon bo‘ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go‘zallik, joziba va rang-
baranglik baxsh etadi” 
46
. Bu borada amaldagi “Ona tili” darsliklarida mashq 
materiallari sifatida keltirilgan badiiy matnlarning ahamiyati va xizmati o‘ziga xos. 
So‘z yasalishi mavzusini o‘tishda o‘quvchilarning yozma nutqini
rivojlantirishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 
1. Xalq og‘zaki ijodining maxsus turi asosida topshiriqlar berish 
orqali.Masalan, o‘quvchilarga biror maqol, matal, naql, hikmatli so‘z kabilarning 
boshlanish qismini berish va uni davom ettirish mashqlari asosidagi topshiriqlar: 
Quyiagi maqollarni davom ettiring, ular tarkibidagi yasama so‘zlarni topoib, 
namunadagidek tahlil qiling: 
Mehnatdan kelsa boylik, ...,
O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q… 
Aqlli o‘zini ayblar,…. 
Aqlliga aytdim, angladi-bildi, 
Aqlsizga aytdim…. 
Behunarning hunari-… 
Bilimliga dunyo yorug;, 
Bilimsizga… 
Mevali daraxt, yerga engashar… 
Avaylab so‘zla so‘zingni,
Devorning… 
6-sinf adabiyot darsligida Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” 
qissasiadn parcha berilgan. Qissada yasama so‘zlar kop bo‘lib, mazkur parchadan
o‘quvchilarga yasama so‘zlarni toppish, ularnin qaysi so‘z turkumiga oidligini 
aniqlash topshirig‘ini berish mumkin. 
…Bo‘ri polvonsiz davralar fayzsiz bo‘lib qoldi. 
Bo‘ri polvon o‘rni juda-juda bilindi. 
46
G‘ulomov A. v.b.Ona tili o‘qitish metodikasi:–Т.: Fan va texnologiya, 2012. –B.310-311


El Bo‘ri polvon kurashini qo‘msadi… 
Bo‘ri polvon-da davralarga intiq bo‘lib qaradi.Bo‘ri polvon o‘zini izladi! 
Yo‘q, Bo‘ri polvon yo‘q! Aksiga olib ayoli topgani-da qiz bo‘ldi! 
To‘rtinchi farzand ko‘rdi-tag‘in qiz bo‘ldi! 
Yaratganning o‘zidan davralarni gursillatib-gursillatib olishadigan o‘g‘il 
tiladi. 
Hartugul, beshinchi farzandi o‘g‘il bo‘ldi! 
Tilab-tilab topganim deya, otini Tilovberdi qo‘ydi! 
Bo‘ri polvon endi orzu bilan ovundi:o‘g‘li Tilovberdi balog‘atga yetayapti-ot 
o‘rnini toy bosadi… 
Yolg;izo‘gil Tilovberdi tez yetildi. Uni kuyov qiladiganlar ko‘paydi. Ayrimlar 
tilga borib aytdi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin