Va adabiyoti universiteti


“Sifat” deb yozib qo‘yiladi. Yozuv taxtasida qo‘yidagi  ko‘rinish hosil bo‘ladi. OT FE’L SIFAT



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
bmi gulnoza saidova

“Sifat”
deb yozib qo‘yiladi. Yozuv taxtasida qo‘yidagi 
ko‘rinish hosil bo‘ladi.
OT FE’L SIFAT
-don -la -li
-dosh -lan -dor 
-chi -lash no- 
-bon -ira -choq 
-boz -sira -iq 
-chil
Muammo shu tarzda yechiladi. Darslikdagi 328-mashq yozma daftarda, 330-
mashq kompyuterda bajariladi.
Uyga vazifa qilib 
“329-mashq”
beriladi, dars so‘ngida baholar eshittirilib, 
g‘olib guruh e’lon qilinadi, faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘barlantiriladi. 
O‘zlashtirishga qiynalgan o‘quvchilar qo‘shimcha darslarga jalb qilinadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA 


Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar har bir 
pedagogdan o‘z ustida tinmay ishlashni, izlanishni talab etmoqda. Ona tili ta’limiga 
keyingi yillarda katta e’tibor berilayotganligi, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki 
nutqini rivojlantirish, o‘z fikrini erkin bayon eta oladigan shaxs tarbiyasi asosiy 
vazifa qilib belgilanganligi sir emas. Ushbu bitiruv ishini olingan nazariy bilimlarni 
amaliyotda qo‘llsh natijasi sifatida yuzaga keldi. 
O‘zbek tilida so‘z yasalishi mavzusini o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni, innovatsion usullarni, grafik organayzerlarni qo‘llash mavzuni 
yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.O‘quvchilar ko‘rish, yozish, masalani yechish 
uchun mushohada yuritish orqali mavzuni yaxshi o‘zlashtiradilar. So‘z yasalishi 
mavzusinio‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar haqida quyidagicha 
xulosaga kelish mumkin:
1. O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi mavzusi yetarlicha tadqiq etilganligiga 
qaramay, mavjud nazariy adabiyotlarda fikrlar xilma-xilligiga duch kelish mumkin. 
So‘z yasalishi maktab darsligida alohida bo‘lim sifatida berilmay, har bir so‘z 
turkumini o‘tish jarayonida shu turkumga xos hodisa sifatida berilgan. Har bir 
darsda o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni puxra o‘zlashtirishlari va ularni 
amalda qollay olish malakasini shakllantiruvchi mashqlar bilan mustahkamlangan.
2. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli 
natijalarga erishishdir, bunga erishida innovastion pedagogik texnologiyalar to‘la 
ishonchli vosita bo‘la oladi. 
3. O‘quv fanlari mavzularining ilg‘or pedafofik texnologiyalar asosida 
o‘qitilishi ta’lim jarayonining har bir uzvi boshqalari bilan mantiqiy aloqadorlikda 
puxta va to‘la texnologiyalashtirilishini ta’minlaydi. Bu esa ta’lim natijasini 
kafolatlaydi. 
4.So‘z 
yasalishi 
mavzusinio‘qitishdapedagoglar 
tomonidan 
interfaol 
metodlardan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta’lim oluvchida muloqotga 
kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni 


sintezlash, tahlil qilish, o‘z qarashlarini bayon eta olish, turli qarashlar orasidagi 
mantiqiy bog‘liqlikni topa olish, xulosa chiqara olish qobiliyatlarini tarbiyalash 
uchun xizmat qiladi. 
5.O‘quvchilarning so‘z yasalishiga oid bilimlarinini o‘stirish orqali ularning 
lug‘at boyligi oshishiga erishiladi. Badiiy adabiyotlardan misol to‘plash, ularni tahlil 
qilish til va adabiyot ta’limining uzviyligini ta’minlaydi.
6. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarda, xususan, turli o‘yin 
texnologiyalari, grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuga 
qiziqishlarini ortishiga, bir xillikdan qochishga yordam beradi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin