Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153
10-sinf informatika ..

 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
47-dars. O‘YIN QAHRAMONLARI BILAN ISHLASH
Odatda, kompyuter o‘yinlarida qahramonlarning 
tashqi ko‘rinishi, harakat va qobilyatlari insonni 
hayratga soladi. Demak, asosiy e’tiborni o‘yin 
qahramonlarini yaratish va o‘yin dasturini yanada 
jozibaliroq qilish ko‘nikmalariga qaratamiz.
Avval o‘yin oynasi foniga faqat rang berilgan edi. 
O‘yin oynasining orqa foniga nafaqat rang, balki 
turli rasmlarni ham fon sifatida joylash mumkin. 
Buning uchun kerakli rasm o‘yin kodi joylashgan 
katalogga joylashtiriladi. Rasmni yuklab olish 
uchun pygame.image.load() funksiyasidan foydalaniladi. 
pygame.image.load() funksiyasi
Sintaksisi:
bg=pygame.image.load(“background.jpg”)
bg – rasmni o‘zlashtiruvchi identifikator;
“background.jpg”
 
– rasm nomi va 
kengaytmasi.


164
164
164
164
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
screen.blit() funksiyasi
Sintaksisi:
screen.blit(bg,(0,0))
screen – o‘yin oynasi identifikatori;
bg – rasmni o‘zlashtirgan identifikator;
(0,0) – fonning oynada boshlang‘ich joylashuv 
koordinatasi.
Yuklangan fon rasmini fonga joylashtirish dastur kodida o‘yin siklining ichidagi screen.blit() 
funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
Spraytlarni yaratish
O‘yin dasturlarini dasturlashda sprayt foydalanuvchiga animatsion tasvir ko‘rinishida 
ko‘rinuvchi, aksariyat hollarda u bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga olgan obyekt hisoblanadi. Ya‘ni 
o‘yin dasturida fon vazifasini bajarmayotgan barcha harakatlanuvchi interfaol ko‘rinishdagi 
rasmlar sprayt hisoblanadi. 
Sprayt uchun sinf va uning obyektini yaratib olish sparytlarni yaratishdagi dastlabki 
bosqich hisoblanadi. Aynan shu sinf tanasida spraytning o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi va 
joylashuvi beriladi. Spraytlarni yaratish jarayonida quyidagi jadvalda berilgan funksiyalardan 
foydalaniladi:
Barcha spraytlar PyGame modulida oldindan aniqlangan “Sprite” sinfiga tayangan sinf 
sifatida yaratiladi.
Sintaksisi:
class sinf_nomi (sinf_turi):
def __init__(self):
pygame.sprite.Sprite.__init__(self)
self.image = pygame.Surface((kenglik,balandlik))
self.image.fill(rang)
self.rect = self.image.get_rect()
self.rect.center = (koordinata)
class – sinfni e’lon qiluvchi kalit so‘z;
sinf_nomi – sprayt uchun sinf nomi;
sinf_turi – yaratilayotgan sinf turi, spraytlar uchun, odatda, pygame.sprite.Sprite obyekt turi 
tanlanadi;
self – sprayt sinfini yaratish funksiyasi uchun parametr (u orqali sprayt xususiyatlari 
belgilanadi);

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin