Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


I BOB.  AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
10-sinf informatika ..

I BOB. 
AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kodek
(ingl. 
codec, coder/decoder
– 
kodlovchi/dekodlovchi) – ma’lumot 
yoki signallarni o‘zgartirishga qodir 
qurilma yoki dastur.
Multimediali fayllarni saqlash uchun formatlarning ko‘pligi sababli, kodeklar turi ham juda 
ko‘p. Quyida eng mashhur kodeklar ro‘yxati keltirilgan:
•audiokodeklar: AAC, ACELP.live, AIF, AU, MP3, Ogg Vorbis, RA, RAM, 
WMA;
•videokodeklar: DivX, AVI, Cinepak, H.261, H.263, H.264, Indeo, MPEG-
1, MPEG-2, MPEG-4, RM, RV, WMV.
Kodeklarni Internet yordamida topish juda oson. 
Kodeklar turlari juda ko‘p, shuning uchun har bir 
audio yoki videofayl formati uchun alohida kodek 
yuklab olish va uni o‘rnatish mantiqsiz. Eng yaxshi 
usul – kodeklar to‘plamini o‘rnatishdir.
MUNTAZAM YANGILANADIGAN VA ENG MASHHUR KODEKLAR TO‘PLAMI
K-Lite Codec Pack – har xil tur va formatdagi multimediyani uzluksiz ijro 
etish uchun Windowsning x86 va x64 versiyalarida o‘rnatilgan kodeklar 
to‘plami. Paket ichida hech qanday ayg‘oqchi dastur yoki boshqa zararli 
dastur mavjud emas.
Media Player Codec Pack
– yana bitta ko‘p qirrali to‘plam. Windows 
kompyuterni filmlar tomosha qilish, musiqa tinglash va mediamahsulotni 
yozib olishga mo‘ljallangan ko‘p funktsiyali mediamarkazga aylantiradi. 
Paketda yuqori aniqlikdagi videoyozuvlarni ochuvchi 50 ga yaqin kodek 
mavjud.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Konvertatsiya
– fayllarni bir 
formatdan, boshqa formatga 
o‘tkazish jarayoni.
Konvertor
– konvertatsiya jarayonini 
amalga oshiruvchi dastur.
Odatda, mediafayllarni ishga tushirishda duch 
kelinadigan muammolarni kodeklar yordamida 
samarali hal qilish mumkin. Ammo kodeklar 
yechim bo‘la olmaydigan vaziyatlar ham 
mavjud. Masalan, Internet tarmog‘i orqali yuklab 
olingan audiofayllar AAC, OGG, FLAC, APE kabi 
formatlarda bo‘lib, qurilma faqat MP3 formatini 
ishga tushirish imkoniyatiga ega. Yoki videopleyer 
AVI yoki MP4 formatlarini ochish imkonyatiga ega, lekin videofayl MKV formatida. Bunday 
vaziyatlarda fayllarni konvertatsiya qilish to‘g‘ri yechim hisoblanadi.
Bunda matnlar matn formatiga, rasmlar esa rasm formatiga konvertatsiya qilinadi. 
Faqat audio va videofayllarnigina o‘zaro konvertatsiya qilish imkoni mavjud. Konvertatsiyani 
amalga oshirish uchun konvertor dasturlardan foydalaniladi. 
Mediafayllar bilan ishlash jarayonida, asosan, 2 xil: audio va videokonvertorlardan 
foydalaniladi. 


31
Audiokonvertor audiofayllar formatlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi dasturlar hisoblanadi. 
Audiokonvertor sifatida audiomuharrirlardan, maxsus konvertor dasturlardan yoki 
konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud audiopleyerlardan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda 
sifat va funksionallik jihatdan ko‘plab turli xil audiokonvertorlar mavjud.
AIMP
– ko‘pchilik kompyuter foydalanuvchilariga yaxshi tanish, oddiy 
audiokonvertoga ega qulay musiqa pleyeri. U OGG, FLAC, APE, WAV, WMA 
kabi formatlarni o‘zgartirishga qodir. Uning asosiy afzalligi – soddaligi va 
foydalanishda qulayligi, chunki unga qo‘shimcha ilovalar talab qilinmaydi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin