Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153
10-sinf informatika ..

WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
init funksiyasi
Keltriligan misollar sinf va obyektning sodda shakli 
bo‘lib, bu shakl dasturlashda deyarli samarasiz 
hisoblanadi. Sinf tushunchasidan samarali 
foydalanish uchun avvaldan aniqlangan _init_ 
funksiyasi bilan tanishib olish zarur.
Barcha sinflarda obyekt yaratilganda ishga 
tushuvchi _init_() nomli funksiya mavjud. 
Obyekt yaratilayotganda uning xususiyatlariga 
yoki bajarilishi kerak bo‘lgan boshqa amallarga 
qiymatlarni qo‘shish uchun _init_() funksiyasidan 
foydalaniladi. _init_ funksiyasidan foydalanish 
uchun sinf tanasida “def” kalit so‘zi yordamida 
yangi funksiya yaratiladi.
ESLAB QOLING
Har safar yangi obyekt yaratish 
uchun sinf ishlatilganda, _init_() 
funksiyasi avtomatik ravishda 
chaqiriladi.
Sintaksisi:
class sinf nomi:
def __init__(self, parametrlar ro‘yxati):
self. parametr1 = qiymat1
self. parametr2 = qiymat2
sinf nomi – sinf uchun nom;
self sinfning o‘ziga va sinfga tegishli 
o‘zgaruvchilarga murojaat qilish uchun ishlatiladi;
parametrlar ro‘yhati – sinf parametrlari ro‘yxati;
qiymat1, qiymat – parametrlar ro‘yxatidagi 
parametrlar qabul qilishi kerak bo‘lgan qiymatlar.
 
Misol.
“Person” nomli sinf va unga tegishli “p1” nomli obyekt yaratilsin, _init_ funsiyasi 
orqali uning xususiyatlariga qiymat berilsin va chop etilsin.
 
Obyekt xususiyatini o‘zgartirish va o‘chirish
Quyidagi misolda dastur bajarilishi davomida obyektning birorta xususiyatiga berilgan 
boshlang‘ich qiymatni o‘zgartirish imkoniyati ko‘rsatilgan:
“self” parametrini boshqa nom 
bilan ham nomlash mumkin, 
asosiysi, bu parametr parametrlar 
ro‘yhatida birinchi bo‘lib turishi 
zarur.
ESLAB QOLING
class Person:
“Person” nomli sinf yaratildi.
def __init__(self, ism, yil):
Sinfga qiymat berish funksiyasi ishga tushdi.
self.name = ism
“name” xususiyatiga “ism” parametri qiymat sifatida 
o‘zlashtirildi.
self.year = yil
“year” xususiyatiga “yil” parametri qiymat sifatida 
o‘zlashtirildi.
p1 = Person("Xurshid", 1990)
“Person” nomli sinfning “p1” obyekti yaratildi va 
“Xurshid” va “1990” parametrlari berildi.
print(p1.name)
“p1” obyektning “name” xususiyati chop etildi.
print(p1.year)
“p1” obyektining “year” xususiyati chop etildi.
Xurshid
1990
Kod ishga tushirilgach, natija sifatida sinfga tegishli 
obyektning xususiyatlari chop etiladi.


153
153
153
153
Dasturning bajarilishi davomida obyektni yoki uning birorta xususiyatini o‘chirish imkoniyati 
mavjud bo‘lib, bu vazifa “Del” funksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Sintaksisi:
del obyekt nomi.xususiyat nomi
del 
obyekt nomi
obyekt nomi – obyekt nomi;
xususiyat nomi – o‘chirib yuboriladigan 
xususiyat nomi.
Misol.
“p1” obyekti va uning “age” xususiyatini o‘chirib yuboruvchi dastur kodi yozilsin.
class Person:
“Person” sinfi yaratildi.
age=16
“age” xususiyatiga 16 qiymat berildi.
p1 = Person()
“Person” sinfining “p1” obyekti yaratildi.
p1.age=26
“p1” obyektning “age” xususiyatiga yangi qiymat berildi.
print(p1.age)
“p1” obyektning “age” xususiyati chop qilindi.
26
Kod ishga tushirilgach, natija sifatida “age” 
xususiyatining yangi qiymati chop qilinadi.
class Person:
“Person” sinfi yaratildi.
age=16
“age” xususiyatiga 16 qiymat berildi.
p1 = Person()
“Person” sinfining “p1” obyekti yaratildi.
del p1.age
“p1” obyektining “age” xususiyati o‘chirildi.
del p1
“p1” obyekti o‘chirildi.
print(p1.age)
“p1” obyektining “age” xususiyati chop etildi.
Traceback (most recent call last):
File 
"C:/Users/ZAFAR/AppData/Local/
Programs/Python/Python38/
class.py", line 4, in
del p1.age
AttributeError: age
Kod ishga tushirilgach, xatolik haqida e’lon 
beradi. Chunki “p1” obyekti va uning “age” 
xususiyati o‘chirilganidan so‘ng, ularni chop 
etishning imkoniyati mavjud emas.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin