Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153
10-sinf informatika ..

Istisnolar
Dastur kodi yozilishi jarayonida “son1”, “son2” o‘zgauvchilari e’lon qilindi va ularga qiymat 
berildi. “son3” o‘zgaruvchisi e’lon qilinmasdan chop qilingani uchun, “son3” o‘zgaruvchisi 
aniqlanmaganligi haqida xabar e’lon qilindi.
NameError
– lokal yoki global o‘zgaruvchi, funksiya, obyekt nomi noto‘g‘ri yozilganda yoki 
mavjud bo‘lmagan o‘zgaruvchi, funksiya yoki obyekt chaqirilganda kelib chiquvchi istisno.
TypeError
– funksiya yoki qandaydir amalga noto‘g‘ri ma’lumot yuborilganda yuz beradigan 
istisno.


157
157
157
157
Dasturning bajarilishi jarayonida satr turidagi ‘5’ o‘zgarmasiga son turdagi 5 o‘zgarmasini 
qo‘shish mumkin emasligi haqida xatolik mavjud. Chunki Python dasturlash tilida satr 
turidagi ma’lumotni son turidagi ma’lumotga qo‘shish imkoniyati mavjud emas.
ValueError
– funksiya to‘g‘ri turdagi qiymatni yuborishi natijasida yuzaga keladigan istisno.
Python tilida “int” turi sonli qiymatni qabul qilishi belgilanganligi uchun, unga satr turidagi 
o‘zgaruvchini yuklash mumkin emasligi haqida xabar chop qilindi.
IndexError
– yangi dasturchilar ko‘p yo‘l qo‘yadigan istisno. U ro‘yxat elementlariga murojaat 
qilishda, elementga ro‘yxat indekslarida mavjud bo‘lmagan indeks orqali murojaat qilishda 
yuzaga keladi.
Dasturda 3 ta elementdan iborat L1 ro‘yxati e’lon qilindi. L[0] , L[1], L[2] ro‘yxat elementlari 
chop qilinganda, mos ravishda, 5, 6, 7 raqamlari natija sifatida chop qilindi. L[3] elementini 
chop qilish buyrug‘i berilganda esa indeks mavjud emasligi haqida habar chop qilindi.
KeyError
– lug‘atga mavjud bo‘lmagan kalit orqali murojaat qilish.
Dastur kodida D1 lug‘ati e’lon qilindi va ’1’ kalitiga “aa” , ’2’ kalitiga “bb” va ’3’ kalitiga “cc” 
elementlari berildi. D1[‘1’] chop qilinganda, mos ravishda, ‘aa’ elementi chop qilindi. D1[‘4’]ni 
chop qilish buyrug‘i berilganda, bunday (‘4’) kalit mavjud emasligi haqida xabar beriladi.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin