Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153
10-sinf informatika ..

 
Obyekt metodlari
Obyektlar, shuningdek, o‘z ichiga metodlarni ham oladi. Obyektlardagi metodlar bu – 
obyektga tegishli funksiyalardir. Ularni ham obyekt xususiyatlari kabi sinfdan tashqarida 
ishlatishning imkoniyati mavjud. Metodlarni e’lon qilish uchun funksiyani e’lon qiluvchi “def” 
kalit so‘zidan foydalaniladi, unga nom berilib, qavs ichida “self” parametri yoziladi.
Sintaksisi:
class sinf nomi:
def me
tod nomi (self):
funksiya tanasi
sinf nomi – sinf uchun nom;
metod nomi – metod uchun nom;
self parametri sinfning o‘ziga va sinfga tegishli 
o‘zgaruvchilarga murojaat qilish uchun ishlatiladi;
funksiya tanasi – funksiya tana qismi.


154
154
154
154
V BOB. 
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
“Person” sinfi va uning “p1” obyekti yaratilsin. Sinfga “name”, “year” va “height” xususiyatlari 
berilib, ularning qiymatlari obyekt orqali berilsin. Sinf ichida “name” xususiyatini chop qiluvchi 
metod yozilsin. “year” xususiyati qiymati almashtirilsin va “height” xususiyatini o‘chiruvchi 
dastur kodi yozilsin.
1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashdan nima maqsadda foydalaniladi?
2. “Sinf” tushunchasining OYDdagi vazifasini tushuntiring.
3. Sinf va obyekt tushunchalarining bog‘liqligi nimada?
4. _init funksiyasining vazifasi nimadan iborat?
5. Obyekt xususiyatlarini o‘zgartirish va o‘chirish qanday amalga oshiriladi? 
6. Metodlarni yaratishdan maqsad nima?
7. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash nima?
8. Sinf va obyekt tushunchalari dasturlashda qanday maqsadda ishlatiladi?
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 
AMALIY MASHG‘ULOT
class Person:
“Person” sinfi yaratildi.
def __init__(self, ism, yil,boy):
Sinfga qiymat berish funksiyasi ishga 
tushdi.
self.name = ism
“name” xususiyatiga “ism” parametri 
qiymat sifatida o‘zlashtirildi.
self.year = yil
“year” xususiyatiga “yil” parametri qiymat 
sifatida o‘zlashtirildi.
self.height=boy
“height” xususiyatiga “boy” parametri 
qiymat sifatida o‘zlashtirildi.
def chop_qilish(self):
“chop_qilish” metodi e’lon qilindi.
print("Salom, mening ismim " + self.name)
Metod tanasida chop qilish buyrug‘i 
yozildi.
p1 = Person("Xurshid", 1991,180)
“Person” sinfining “p1” obyekti yaratildi 
va Xurshid, 1990 va 180 parametrlari 
berildi.
p1.chop_qilish()
“Person” sinfining “chop_qilish()” metodi 
ishga tushadi.
p1.year=1990
“year” xususiyati qiymati o‘zgartirildi.
print("Men",p1.year,"-yilda tug‘ilganman")
“year” xususiyati chop qilindi.
del p1.height
“p1.height” xususiyati o‘chirib tashlandi.
Salom, mening ismim Xurshid
Men 1990-yilda tug‘ilganman
Dastur natijasida obyekt haqida 
ma’lumot xabar chop qilinadi.


155
155
155
155
1. “Car” nomli sinf yarating “(brand”, “year”, “color” xususiyatlari bo‘lsin) va _init_ funksiyasi 
yordamida uning tana kod qismini yozing.
2. “Car” sinfining “ixtiyoriy” nomli obyektini yarating va uning xususiyatlari qiymatini 
kiriting.
3. Obyekt xususiyatlarini chop qiluvchi metod yarating.
4. Yuqoridagilarni umulashtiruvchi dastur kodini yozing.

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin