Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


-dars. KORTEJLAR BILAN ISHLASH



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153
10-sinf informatika ..

35-dars. KORTEJLAR BILAN ISHLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kortej (tuple)
– bitta identifikator 
ostida har xil ma’lumot 
elementlari to‘plamini saqlovchi 
o‘zgarmaydigan ma’lumotlar turi.


119
119
119
119
Kortejlar
elementlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ko‘p jihatlariga ko‘ra ro‘yxatga o‘xshaydigan 
tur hisoblanadi. Ular ro‘yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas, ularni o‘zgartirib ham 
bo‘lmaydi. Shuning uchun kortejga yangi element qo‘shish, undagi elementni o‘chirish va 
o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
 
Kortejlarni e’lon qilish
Kortej oddiy qavs () yoki tuple() konstruktori yordamida, elementlari vergul (,) bilan ajratilgan 
holda e’lon qilinadi. 
Kortej hosil qilishda ro‘yxatlar hosil qilishning 2, 3, 4 va 5-usullaridan foydalanish mumkin.
>>> oquvchiA = (‘Lola’, 15, 1.58)
>>> oquvchiB = (‘Karim’, 16, 1.70)
>>> oquvchiA[1])
oquvchi1, oquvchi2 – kortejni saqlovchi 
o‘zgaruvchilar nomi.
15
>>> ismi, yoshi, buyi = oquvchiA
>>> print(ismi, yoshi, bo‘yi)
Kortej elementlarining qiymatlari
 ismi, 
yoshi, bo‘yi
o‘zgaruvchilariga o‘zlashtirib 
olindi.
Lola 15 1.58
>>> oquvchilar=[oquvchiA, oquvchiB]
>>> print(oquvchilar)
Elementlari kortejlardan iborat “o‘quvchi” 
nomli ro‘yxat yaratamiz.
[(‘Lola’, 15, 1.58), (‘Karim’, 16, 1.70)]
 
Kortejlar bilan ishlash
Kortej uzunligi, eng kichik va eng katta elementi kabilarni aniqlash uchun metodlar va 
standart funksiyalardan foydalaniladi.
Metodlar va funksiyalar
Tavsifi
tuple.index(item,[start [, 
end]])
Kortejdagi item elementi indeksini qaytaradi (ushbu 
metodda start va end dan ham foydalanish mumkin).
tuple.count(item)
Kortejdagi item elementlar sonini hisoblaydi.
any(tuple)
Agar kortejda element mavjud bo‘lsa True, aks holda 
False qiymatini qaytaradi.
len(tuple)
Kortej uzunligi, ya’ni elementlar sonini hisoblaydi.
tuple.sort()
Kortej elementlari o‘sish tartibida tartiblangan yangi kortej 
hosil qiladi.
tuple.sort(reverse=True)
Kortej elementlari kamayish tartibida tartiblangan yangi 
kortej hosil qiladi.
min(tuple)
Kortejdagi eng kichik elementni aniqlaydi.
max(tuple)
Kortejdagi eng katta elementni aniqlaydi.
sum()
Kortej elementlari yig‘indisini qaytaradi.


120
120
120
120

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin