Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
183

Topshiriqlar
1-topshiriq. Tarmoqni loyihalashtirish
1.
1-bosqich. Maqsadni belgilash. Internetga ulanish imkoniyatiga ega ikki qismdan iborat 
LAN tarmog‘ini tashkil etish.
2.
2-bosqich. Tarmoq arxitekturasini aniqlash. Ma’lumotlar markazlashgan holda 
saqlanadi, shu sababli tarmoq mijoz/server arxitekturasiga asoslangan bо‘ladi.
3. 3-bosqich. Aloqa vositalarini aniqlash. Statsionar kompyuterlarni bir-biriga ulash uchun 
simli, noutbuklar uchun esa simsiz aloqadan foydalaniladi.
4. 4-bosqich. Tarmoq qurilmalarini aniqlash. Ushbu tarmoq alohida maydonga ega. 
Shuning uchun ularning har biri ulanishi uchun alohida moslama, ya’ni svitch kerak 
bо‘ladi. Server, printer, о‘qituvchilar mobil telefoni yoki noutbuki orqali ulanish uchun 
esa simsiz ulanish nuqtalarini birlashtirishga yana bitta svitch, Internetga chiqish uchun 
router kerak bо‘ladi.
5. 5-bosqich. Tarmoq dizaynini chizish.
2-topshiriq. Tarmoqni tashkil etish
1. Kerakli qurilma va aloqa vositalarini tayyorlab oling.
2. Barcha kompyuter va qurilmalarni kerakli joyga joylashtirib chiqing.
3. LAN kabelini kompyuter va svitch, svitch va markaziy svitch, markaziy svitch va 
router, printer va markaziy svitch, server va markaziy svitch oralaridagi masofasiga 
qarab kesib oling.
4. LAN kabellariga ulagich ulab, tayyorlab oling.


I I I BOB. 
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
184
5. Kompyuterlarni svitchga LAN kabeli orqali ulang.
6. Svitchlarni LAN kabeli orqali markaziy svitchga ulang.
7. Server kompyuteri va printerni markaziy svitchga ulang. 
8. Markaziy svitchni routerga ulang. 
9. Routerni keng polosali Internetga ulangan telefon liniyasiga ulang. 
10. Barcha kompyuter va qurilmalar ulab bо‘lingandan keyin, IP-manzil sinfini aniqlang. 
Har bir kompyuterga yagona IP-manzil qо‘ying. 
11. Server kompyuter xavfsizligini yuqori darajada saqlang. 
1. Tarmoq dizayni deganda nimani tushunasiz?
2. Tarmoqni loyihalashtirish qanday bosqichlardan iborat?
3. Tarmoqni tashkil etish uchun nimalar amalga oshiriladi?
4. Dо‘konlar, maktab binolari, tashkilotlar tarmog‘i qaysi turdagi tarmoqqa mansub?
5. WAP nima va u simsiz tarmoqda nima uchun muhim?
6. Uy tarmog‘ini yaratish uchun qanday uskunalar kerak bo‘ladi? Tarmoqni Internetga 
ulash uchun-chi?
7. Internetga ulanishda simli tarmoq o‘rniga simsiz tarmoqdan foydalanishning afzallik 
va kamchilik tomonlari nimada?

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin