55
15-DARS.
WORD DASTURIDA HUJJAT YARATISH VA TAHRIRLASH AMALLARI
55
15-dars. MATN PROTSESSORI DASTURIDA
HUJJAT YARATISH VA TAHRIRLASH
Yangi hujjat yaratish foydalanuvchidan mehnat va ko‘nikma talab etadi. Ayniqsa, korxona
hujjatlari, shartnoma va hokazolar ma’lum bir qoida va me’yorlar asosida tayyorlanadi.
MS Word dasturida yangi hujjat hosil qilish uchun Файл bo‘limining Cоздать (yaratish, hosil
qilish) ko‘rsatmasi tanlanadi. Saqlangan hujjatni qayta ochish uchun esa Файл bo‘limining
Открыть (ochish, yuklash) ko‘rsatmasi tanlanadi.
Yangi ochilgan yoki saqlab qo‘yilgan hujjatlar bilan ishlash jarayonida matnga o‘zgartirishlar
kiritiladi. Bunday jarayonga tahrir qilish deyiladi. Bunga o‘chirish, qirqib olish, nusxalash kabi
amallar misol bo‘la oladi. Demak:
Ishchi sahifada eng muhim vazifani bajaruvchi belgi bu – kursor. U sahifaning yuqori chap
burchagida yonib-o‘chib turuvchi vertikal chiziqcha bo‘lib, matnni qayerdan boshlab kiritish
kerakligini ko‘rsatadi. Kursorni tugmachalar yordamida oson va tez boshqarishning maxsus
usullari mavjud:
Hujjatni tahrir qilish — unga o‘zgartirishlar kiritish jarayonidir.
Tugmacha
Vazifasi
Tugmacha
Vazifasi
Bitta satr yuqoriga
Ctrl +
Bitta so‘z chapga
Bitta satr pastga
Ctrl +
Bitta so‘z o‘ngga
Bitta belgi chapga
Ctrl+ Page Up
Sahifa boshiga
Bitta belgi o‘ngga
Ctrl+ Page Down Sahifa oxiriga
Home
Satr boshiga
Page Up
Bitta ekran yuqoriga (10–12
satr)
End
Satr oxiriga
Page Down
Bitta ekran pastga (10–12 satr)
Ctrl +
Oldingi abzats boshiga o‘tish Ctrl+Home
Hujjat boshiga
Ctrl +
Keyingi abzats boshiga o‘tish Ctrl+End
Hujjat oxiriga
MS Word dasturida klaviatura tugmachalari bilan bajariladigan amallarni, uskunalar
panelidagi piktogrammalar yordamida va sichqoncha orqali ham bajarish mumkin. Ular
tahrir qilishning asosiy amallari hisoblanadi. Klaviatura mavzusida sizlar bilan rus va ingliz
harflarini terish va ularga qanday usullar bilan o‘tishni o‘rgangan edik. Ko‘pincha matnda yil,
sana, boblarni belgilashda Rim raqamlari qo‘llaniladi. MS Word dasturida ularni yozish uchun
klaviaturadagi I, V, X, L, C, M kabi lotin harflari yordamga keladi.
Dostları ilə paylaş: