100
100
VI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
Scratch dasturida boshqa dasturlar kabi kichik dialog(muloqot) dasturchalar yaratish
mumkin. Bunday dasturlarda sprayt qahramonlari bilan muloqot qilish, ular tomonidan savol
berishi, siz esa, ularga javob berishingiz kabi qiziqarli loyihalar yaratish mumkin.
Muloqot dasturlarida foydalanuvchi javob berishi (matn kiritishi) uchun qandaydir komanda
yoki muloqot oynasi bo‘lishi kerak. Scratch dasturida foydalanuvchi ma’lumotlarni kiritish
ko‘rsatmasini bajarish uchun
(Sensor) bo‘limi buyruqlaridan foydalanishi mumkin. Bu
bo‘limda asosiy ko‘rsatmalardan biri bu — so‘rash va kutish ;
Dastur skriptida bu blok qo‘yilganda va dastur ishga tushirilganda sahna oynasining quyi
qismida matn yoki son kiritish uchun maydon paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi bu maydonga o‘z
javobini yozadi va (Enter) tugmasini bosadi yoki maydon quyi qismida matn kiritish satrida
belgi qo‘yiladi.
1-mashq. Dastur ishga tushirilganda ismingizni so‘raydigan va ovoz beradigan skriptni hosil
qiling. Bajarish texnologiyasi:
Dasturni ishga tushiramiz. Qahramonimiz mushukchani ekran o‘rtasida qoldiramiz va
skriptlar oynasiga quyidagi skriptlarni teramiz. Loyihani ishga tushiramiz va “Ovoz” deb saqlab
qolamiz.
Dostları ilə paylaş: