101
31-DARS.
OVOZ VA MATN BILAN ISHLASH
101
— Code – skriptlar bo‘limiga o‘tib, quyidagi bloklarni yig‘amiz. Loyihani
ishga tushiramiz va
“Piko” deb saqlab qolamiz.
3-mashq. Yangi qahramon — qisqichbaqa spraytini harakatlantirib ovoz berish dasturini tuzing.
Bajarish texnologiyasi.
— Dasturni ishga tushiramiz. Mushukcha spraytini olib tashlaymiz va
spraytlar kolleksiyasidan
Crab spraytini tanlaymiz.
— Crabning 2-kostyumi mavjud, uni Costumes bo‘limidan o‘rnatamiz.
— Fon bo‘limidan Underwater 1-rasmini o‘rnatamiz.
— Sounds – bo‘limiga o‘tib, Animals Squakes musiqasini tanlaymiz.
— Skriptlar bo‘limiga o‘tib quyidagi skriprtni hosil qilamiz.
102
102
VI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
1. Scratch dasturida Sensor bloki qanday vazifani bajaradi?
2. Muloqot so‘zlarini yozish uchun qaysi blok tanlanadi?
3. Sprayt kostyumlarini almashtirish uchun qaysi rangdagi blok ishlatiladi?
4. Spraytlarga tovush qo‘yish qanday amalga oshiriladi?
5. Yangi loyiha yarating. Rasmda tasvirlangan qahramonimiz mushukchaning maktab
binosi fonida harakat ssenariysi (algoritmi) va dasturini tuzing.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. O‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yurib ketayotgan mushukcha har 50
qadamda
to‘xtab, “Myau” degan ovoz chiqaruvchi dastur tuzing (Bu
misolni bajarish uchun
“Управление” (boshqarish) blokiga murojaat qilinadi).
2. Spraytlar kolleksiyasidan biror qahramonni tanlang va u qatnashgan animatsiya
ssenariysini yarating.
Dostları ilə paylaş: