Va II a guruh elementlari va ularning birikmalari a guruh elementlari



Yüklə 108 Kb.
səhifə3/4
tarix24.01.2023
ölçüsü108 Kb.
#80431
1   2   3   4
Va II a guruh elementlari va ularning birikmalari a guruh elemen

TABIATDA UCHRASHI
Vodorod tabiatda keng tarqalgan kimyoviy element. Yer sharida uning miqdori 17 %( atmosfera, litosfera va gidrosfera). U torpf va qo’ng’ir ko’mir tarkibiga, neft, suv, tuproq va boshqalarni tarkibida bor. Erkin holda vodorod juda kam uchraydi. Vodorod eng ko’p tarqalgan kimyoviy element. U quyoshning yarmini, yulduzlarning asosiy qismini tashkil etadi. U ko’p planetalar atmosferasida, kometalarda, gaz va tumanlarda bor.
SANOATDA OLINISHI
1. Tabiiy gazdan olinadi :
CH4 + H2O = CO + 3 H2
CO + H2O = CO2 + N2
2. Kuchli sovutish usuli . Vodorodni koks va suv gazidan gazlar aralashmasini sovutish usuli past temperaturada olinadi.
3. Konversiya usuli
CO + H2O = CO2 + H2
Reaktsiya 500 oC da 25 atmosfera bosimda katalizator Fe2O3 yoki Cr2O3 ishtirokida amalga oshiriladi.
4. Temir bug’ usuli (MHM) da keng tarqalgan usul. Bu usulda 600-700 oC cho’g’ holidagi temirni suv bug’i bilan ta’sirlanishiga asoslangan. Bunda temir bir necha mahsulotlar hosil qiladi. Suv bugi qaytarilib vodorod hosil qiladi.
Fe + H2 O = FeO + H2
Fe O + H2O = Fe2O3 + H2
Fe2O3 + FeO = Fe3O4
Laboratoriyada vodorod quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Natriy gidroksid yoki KOH ni(34%) eritmasini elektroliz qilish orqali olinadi. NaOH yoki KOH suvni elektr o’tkazuvchanligini yaxshilash uchun kerak.
2. 2HCl + Zn = ZnCl2 + H2
3. Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2
4. 2Al + 2H2O + 2NaOH = 2NaAlO2 + 3 H2
5. 2Al +6NaOH + 6H2O = 2Na3/ Al(OH)6/+H2
Xuddi shunaqa reaksiyalar Be, Pb, Sb,Ga bilan ham boradi.
Xossalari: Tarkibida bitta elektron belgan vodorod 2 atomli. H2 - protiy, D2-deyteriy, T2-tritiy, HD, HT, DT molekulalarini hosil riladi. H2 =2H-435kj./mol.
Vodorod ham oksidlovchi, ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi.
Odatdagi haroratda faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:
H2 + F2 = 2HF
Qizdirilganda xlor, brom, kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.
Vodorodning qaytaruvchilik xossasidan ba’zi oddiy moddalarni ularning oksidlari va galidlaridan qaytarish uchun foydalaniladi:
SiO + H2 = Si + H2O
Oksidlovchi sifatida vodorod aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi:
2Na + H2 = 2NaH Vodorod kimyo sanoatida ammiak, metanol, xlorid kislota, yog’larni, suyuq yog’larni gidrogenlashda ishlatiladi.
SUV
Vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasi. Yer sharining 3/5 qismi suv bilan qoplangan. Miqdori 2.1018 t. Ko’p moddalarning 90% miqdori suv bo’ladi. hayvon va o’simlik organizmida 75-76% suv bo’ladi.
Fizik xossalari: suv suyuq holatda rangsiz. 18oC da toza suvning elektr o’tkazuvchanligi 4,4.10-8 om-1 sm-1. Toza suv elektr tokini deyarli o’tkazmaydi. Agar P = 1 atm bosim, 0oC haroratda u muzga aylanadi. 100oС dan yuqorida suv bug’ga aylanadi. 4oC da suv eng katta zichlikka ega bo’lib, 1 ga teng deb qabul qilingan.
Muz - rangsiz, d= 0,9168 g/sm3. Suvdan yengil. Bosim 2000 dan 6500 atm gacha borsa, muz har xil formalarga o’tadi. 21700 atm bosimda muzning 7 xil modifikatsiyasi bor. Uning zichligi d=1,5 ; suyuqlanish harorati Tsuyq.=+76oС u issiq muz deyiladi.
Kimyoviy xossalari: Suv molekulasining dipol momenti m =1,74.10-18
sp3 gibridlanish, lekin gibrid orbitallarning 2 tasida bog’lanmagan 4 elektron jufti aylanadi. Suvning dielektrik doimiysi 81 ga teng. Etanolniki 27, efirniki 2. Qattiq va suyuq holatda suv molekulasi (H2O)n 4oCda n=2, 0oCda n=3. Molekulalarning assotsiatsiyalanishi vodorod bog’lari hisobiga sodir bo’ladi.

H---O. . .H---O. . .H---O


H H H
1000oC da suv parchalanadi: 2H2O = H2 + O2 - 245,2 kj./mol. Peaksiya qaytar.
5000oC da suv vodorod va kislorodga to’la parchalanadi. Suv kuchsiz elektrolit. 555 mln molekuladan bittasi ionlarga ajralgan bo’adi.
H2O = H+ + OH- Ksuv=1,8.10-16
Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarida suv odatda muhit vazifasini bajaradi.
Kuchli qaytaruvchilar ta’sirida odatdagi va yuqori haroratlarda suv oksidlovchi bo’ladi. Masalan: ishqoriy va ishqoriy-yer metallari bilan sovuq holda, Fe, C va boshqalar yuqori haroratda ta’sirlashadi.
2H2O + Na = 2NaOH + H2
2H2O + 2e® H2 + 2OH- 1
Na - e -® Na+ 2
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida suv qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. F2 + H2O = 2HF + O (yonadi)
F2 + 2e ® 2F- 1
H2O - 2e ®O + 2H+ 1
Boshqa moddalarning molekulalariga suvni birikishining 3 xil turi ma’lum: 1) ion, 2) koordinatsion, 3) adsorbtsion.
1. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, ularning oksidlari va kislotali oksidlar bilan suv ion tipidagi reaksiyaga kirishadi.
CaO + H2O = Ca(OH)2 P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
Na2O + H2O = 2NaOH N2O5 + H2O = 2HNO3
2. Akvakomplekslarda dipol xarakterga ega belgan suv molekulalari musbat zaryadlangan kompleks hosil qiluvchi ionga tortilish xususiyatiga ega bo’lib, bu koordinatsion birikish bo’ladi.
CoCl2 + 6H2O ® [Co(H2O)6]Cl2
CiSO4 5H2O ® [Ci(H2O)]SO4H2O
Akvakomplekslarning parchalanishi tuz rangining o’zgarishi bilan boradi.
3) Molekulalararo kuchlar ta’siri tufayli har qanday modda ham ma’lum miqdorda suvni o’z sirtiga adsorbtsiya qilish xossasiga ega. Adsorbtsiya tipida moddaga birikkan suv gigroskopik suv deyiladi. U 100oС da qizdirilsagina suv chiqib ketadi. H2SO4, CaCl2, P2O5 suvni adsorbtsion yutadi.
Og’ir suv . 21 D izotopi kislorod bilan D2O birikma hosil riladi. Bu birikma og’ir suv deyiladi. Tabiatda har 5500-8000 molekula oddiy suvga 1 ta molekula og’ir suv to’g’ri keladi. Og’ir suv oddiy suvni elektroliz qilib olinadi. Bunda D2O o’zgarishga uchramasdan elektrolitning qoldig’ida yig’iladi. Lyuis 20 l suvdan 0,3 ml og’ir suv D2O oldi.
D2O rangsiz, siropsimon suyuqlik , zichligi d =1,10421 g/sm3 , suyuqlanish harorati Tsuyur = 3,8oC, qaynash harorati Trayn = + 101,4oC. D2O yadro texnikasida katta ahamiyatga ega. U yadro reaktorida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida, deyteriy olish uchun xom ashyo sifatida va termoyadro reaksiyalarida ishlatiladi.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin