5 - rasm. To‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichga perpendikulyar joylashgan yassi kontur
proyeksiyasidir. Ikkinchi tarafdan yoyning uzunligi r ga teng. Bu holda,
(14.11)
(14.11) - ifodani yopiq kontur uzunligi bo‘yicha integrallaymiz.
(14.12)
Agar, yopiq kontur ichidan bir nechta o‘tkazgichlar o‘tsa, u holda I - barcha o‘tkazgichlardan o‘tayotgan toklar yig‘indisiga tengdir.
(14.13)
Bu ifoda magnit maydon kuchlanganligi vektorining yopiq kontur bo‘yicha sirkulyatsiyasi deb ataladi.
Magnit maydon induksiyasi vektorining sirkulyatsiyasi quyidagicha ifodalanadi:
(14.14)
Elektrostatik maydon kuchlanganligi vektorining yopiq kontur bo‘yicha sirkulyatsiyasi nolga teng va u potensial xarakterga ega edi.
15-Ma’ruza
Elektromagnit induksiya hodisasi
Reja:
Induksiya elektr yurituvchi kuchi. Faradey va Lens qonunlari.
5. O‘tkazgichning induktivligi. O‘zgaruvchan tok. Tok generatorlari
6. Uyurmaviy elektr maydon. Magnit maydon energiyasi.
Tayanch iboralar: Berk kontur, induktsion tok, solenoid, Lents qoidаsi, bir jinsli mаgnitt mаydoni, Fаrаdey qonuni, Teslа. o’zinduksiya, o’zaroinduksiya, magnit maydon energiyasi, magnit maydon energiya zichligi
Адабиётлар: А-1-6, 7,8,10, Q-1-3, 11,12,13,14
INDUKSIYA ELEKTR YURITUVCHI KUCHI.
FARADEY VA LENS QONUNLARI
Elektromagnit induksiya hodisasi hozirgi zamon fizikasi va texnikasining eng muhim hodisalaridan biri bo‘lib, u Faradey tomonidan 1831 yilda ochilgan. Faradey o‘tkazgan tajribalaridan birida temir halqa olib, unga ko‘p o‘ramlardan iborat bo‘lgan ikkita mis cho‘lg‘am o‘radi: 1 - cho‘lg‘am uchlariga tok manbai bilan K kalit ulangan bo‘lib, ikkinchisiga galvanometr ulangan (1 - rasm).
1-rasm. Ikki cho‘lg‘amli transformator
Birinchi cho‘lg‘amda kalit ulanib, tok hosil bo‘lganda, ikkinchi cho‘lg‘amda tok impulsi hosil bo‘lgan va galvanometr mili bir tomonga og‘a boshlagan va juda tez nolga qaytgan. Birinchi cho‘lg‘am kaliti uzilganda ham ikkinchi cho‘lg‘amda tok impulsi hosil bo‘lib, galvanometr mili teskari tarafga og‘ib, yana juda tez nolga qaytgan.
Ko‘p sonli tajribalardan quyidagi qonuniyatlar aniqlangan:
Vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan tashqi magnit maydonida joylashgan o‘tkazgichda elektr yurituvchi kuch paydo bo‘ladi.
Agar o‘tkazgich yopiq bo‘lsa, unda induksion tok hosil bo‘ladi. O‘tkazgichda induksiya hisobiga hosil bo‘lgan EYK kattaligi shu o‘zkazgichni kesib o‘tuvchi magnit induksiyasi oqimining o‘zgarish tezligiga proporsionaldir:
(15.1)
Bu ifoda Faradey-Maksvell qonuni deb ataladi.
Yopiq zanjirni kesib o‘tuvchi magnit induksiyasi oqimining o‘zgarishini, shu zanjir atrofidagi magnit maydonini o‘zgartirish yoki yopiq o‘tkazgichni vaqt bo‘yicha o‘zgarmas magnit maydonida siljitish hisobiga hosil qilish mumkin.
Birinchi holda, elektr va magnit maydonlarining, Maksvell kashf etgan o‘zaro ta’sirga asosan, ya’ni, magnit maydonining istalgancha o‘zgarishi, elektr maydonining hosil bo‘lishiga olib keladi va aksincha.
Ikkinchi holda esa, o‘tkazgichdagi erkin elektronlar harakatga kelib induksiyaviy elektr tokini hosil qiladi.
Elektromagnit induksiya qonunini energiyaning saqlanish qonuniga asoslanib keltirib chiqarish mumkin.
uzunlikdagi o‘tkazgich qisqa vaqt ichida, magnit maydon ta’sirida, db kichik masofaga siljigan bo‘lsin. Bu holda tok manbai bajargan ish
(15.2)
Boshqa tarafdan sarflangan energiya ikki qismdan iborat bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |