O‘TKAZGICHNING INDUKTIVLIGI
Elektr toki oqayotgan har bir o‘tkazgich o‘zining xususiy magnit maydoni ta’sirida bo‘ladi. Tok hosil qilgan magnit oqimi yoki oqim tutilishi, barcha sharoitlarda tok kuchiga proporsionaldir:
= LI (15.13)
bu yerda L - proporsionallik koeffitsiyenti - o‘tkazgichning induktivligi deb ataladi. O‘tkazgichning induktivligi uning shakli, o‘lchami va magnit singdiruvchanlikka bog‘liqdir.
O‘tkazgichda magnit maydonining o‘zgarishi unda induksiya elektr yurituvchi kuchini qo‘zg‘atadi va u o‘zinduksiya EYK deb ataladi.
(16.13) – ifodadan ko‘rinib turibdiki, o‘zinduksiya EYK ni vujudga kelishi o‘tkazgichda tok kuchining yoki o‘tkazgichning induktivligini o‘zgarishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarda, konturda hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYK quyidagiga tengdir:
(15.14)
Agarda tok kuchi o‘zgarishida induktivlik o‘zgarmasdan qolsa (L = const, bu hol faqat moddada ferromagnit xususiyati yo‘qligida yuz berishi mumkin), u holda
(15.15)
Bu ifodadagi minus ishora Lens qoidasiga asosan paydo bo‘lgan va induksion tok uni vujudga keltiruvchi sabablarga doimo qarshilik qilish tarafiga yo‘nalganligini bildiradi.
XBT da o‘tkazgich induktivligining birligi sifatida, o‘tkazgichdagi tok kuchi har sekundda 1 A ga o‘zgarganda 1 Vb ga teng - magnit oqimi tutilishini hosil qilaoladigan induktivlik qabul qilingan va u bir Genri (Gn) ga tengdir.
(16.15) - ifodadan 1Gn = 1 V*sek/Amper ga teng bo‘ladi.
O’zinduksiya
Boshlang‘ich momentda zanjir ochiq va zanjirdagi tok qiymati nolga teng
(1 - rasm).
1 - rasm. Induktivlik va qarshilikdan iborat elektr zanjiri
t = 0 vaqt momentida zanjirni manbaga ulasak, undagi tok 0 dan Io qiymatgacha oshaboradi.
Tokning o‘sishi (o‘zgarishi) qo‘shimcha o‘zinduksiya EYK ni vujudga keltiradi. Om qonuniga asosan, quyidagi ifodani yozishimiz mumkin:
.
Ifodaning barcha qismlarini L ga bo‘lsak
(15.16)
ga ega bo‘lamiz. Bu birjinsli bo‘lmagan differensial tenglamaning yechimi (t = 0 da I = Io ga teng bo‘lganda)
(15.17)
dan iboratdir. 2 - rasmda zanjir manba’ga ulangandagi tokning o‘zgarish grafigi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |