Nazorat savollari: Ideal gazning holat tenglamasini yozing.
Molekulyar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi qanday ko‘rinishda?
Molekulalarning tezliklar bo‘yicha taqsimoti, Maksvell taqsimoti va molekulalarning o‘rtacha, o‘rtacha kvadrat va extimolligi eng katta tezliklar formulalarini yozib bering.
Bolsman taqsimoti qanday kattaliklarni o‘zaro bog‘laydi.
Maksvell-Bolsman qonuni yozib bering.
6-Ma’ruza
Termodinamika Reja: Termodinamikaning birinchi qonuni
Gazning bajargan ishi. Issiqlik sig‘imi.
Termodinamikaning birinchi qonunini har xil izojarayonlarga tadbiqi.
Qaytar va qaytmas jarayonlar. Sikllar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Tayanch iboralar:termodinamikaning birinchi qonuni, issiqlik miqdori, ichki energiya, politropik jarayon, adiabata ko’rsatkichi, qaytar va qaytmas jarayonlar, Klauzius tengsizligi
Adabiyotlar: A-1-3,6,7, Q-6,7
Mexanik energiyasi o‘zgarmas, ichki energiyasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan termodinamik tizimni ko‘rib chiqamiz. Tizimning ichki energiyasi har xil jarayonlar natijasida o‘zgarishi mumkin, masalan, tizimga issiqlik miqdori uzatilganda yoki tizimga nisbatan ish bajarilganda.
Silindr porsheni ichkariga siljitilganda unda turgan gaz siqiladi, natijada gazning temperaturasi oshadi, boshqacha qilib aytganda gazning ichki energiyasi o‘zgaradi.
Gazning temperaturasi va ichki energiyasini unga tashqi jismlar orqali issiqlik miqdori uzatish hisobiga ham oshirish mumkin. Boshqa hollarda esa mexanik harakat energiyasi issiqlik harakati energiyasiga aylanishi va teskarisiga sodir bo‘lishi mumkin.
Kuzatishlarning natijalariga ko‘ra termodinamik jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi va energiyaning saqlanishi kuzatiladi. Ana shu qonun – termodinamikaning birinchi qonuni deb ataladi.
Misol uchun U1 ichki energiyaga ega bo‘lgan qandaydir tizimga qo‘shimcha issiqlik miqdori berilgan bo‘lsin. U holda tizim yangi termodinamik holatga o‘tib, U2 ichki energiyaga ega bo‘ladi, tashqi kuchlarga qarshi A ishni bajaradi.
Tizimga uzatilgan issiqlik miqdori va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ish musbat deb hisoblanadi. Tajribalardan kuzatilishicha, energiyaning saqlanish qonuniga asosan, tizim istalgan usulda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganda uning ichki energiyasi quyidagicha o‘zgaradi:
va u tashqaridan uzatilgan issiqlik miqdori Q va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ish A farqiga teng bo‘ladi
yoki (31.1)
bu ifoda termodinamikaning birinchi qonunini ifodalaydi.
Tizimga uzatilgan issiqlik miqdori ichki energiyaning o‘zgarish va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ishlarga sarf bo‘ladi. (1) - ifodaning differensial ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
yoki (31.2)
Agarda, tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi davriy bo‘lsa, u asl holatiga qaytgan vaqtda ichki energiyasi o‘zgarishi nolga teng bo‘ladi:
U holda termodinamikaning birinchi qonuniga asosan bajarilgan ish tizimga uzatilgan issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi
(31.3)
Demak, davriy o‘zgaruvchi mashina tashqaridan uzatilgan issiqlik miqdoridan oshiq ish bajarishi mumkin emas.