2 VA 3 TARTIBLI DETERMINANTLAR VA ULARNI HISOBLASH USULLARI
Konus sirt Berilgan L chiziqini kesuvchi va berilgan P nuqtadan o’tuvchi barcha to’g’ri chiziqlardan tashkil topgan sirt konus sirt deb ataladi. Bunda L chiziq konus sirtning yunaltiruvchisi, konus sirtini tashkil etuvchi to’g’ri chiziqlarning har biri unng yasovchisi, P esa konus sirtning uchi deyiladi (5-chizma).
Misol uchun uchi koordinata boshida, yo’naltiruvchi esa z=c tekislikda yotuvchi va yarim o’qlari a va b lar bo’lib
(13).
ellipsdan iborat bo’lgan konus sirtini qaraymiz. Bu sirt ikkinchi tartibli konus deyiladi.
Ellipsoid Ushbu
(14)
tenglama bilan aniqlangan sirt ellipsoid deb ataladi. a, b, c sonlar ellipsoidning yarim o’qlari deb ataladi. Bu tenglamada x;y;z o’zgaruvchi koordinatalar juft darajada qatnashganligi uchun ellipsoid koordinata tekisliklariga simmetrik joylashgan bo’ladi. Ellipsoidning formasini tasavvur qilish uchun uni koordinata tekisliklar bilan kesamiz. Masalan, (14) ellipsoidni oxy tekislikka paralel bo’lgan z=h tekislik bilan kessak kesimda ellipis hosil bo’ladi.