Page 290 almashinuvini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ular
organizmida to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lar (baliq yog‘i, o‘simlik moylari)
sigir suti moyiga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shunga ko‘ra bolalar ratsionini
tuzishda tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lardan foydalanishga ko‘proq
e'tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin shunisi ham muhimki o‘simlik (yoki
baliq) moyining kichik yoshdagi bolalarning kunlik ratsiondagi miqdori umumiy
yog‘larning 10 % dan oshmasligi lozim. Tvorog va yog‘larni bolalar ovqatiga kiritish
bosqichma- bosqich amalga oshirilishi lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bolalar bog‘chalarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, ya'ni ular organizmini
zarur oziq moddalar va vitaminlar bilan miqdor va sifat nuqtai nazardan o‘suvchi
organizm talablariga mos holda ta'minlash, ular normal o‘sib, rivojlanishlari uchun katta
ahamiyat kasb etadi. Ovqat tarkibi xilma-xil, yaxshi tayorlangan va bola organizmi
uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarga boy bo‘lishi lozim. Shuningdek ovqatlanish
tartibi to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Bolalar ovqatlanishini tashkil etilishi malakali mutaxassis hamshiralar tomonidan
amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarga e'tibor beriladi:
1.
Bog‘chaga keltiriladigan oziq mahsulotlar sifati. Ularni saqlash sharoiti va
realizatsiyalash muddati.
2.
Menyularni tuzish. Ovqatning fiziologik to‘la qimmatligi.
3.
Oziq mahsulotlarining ovqat tayyorlashda to‘g‘ri ishlatilishi.
4.
Ovqat tayyorlash texnologiyasining to‘g‘riligi.
5.
Tayyorlangan ovqatning sifatliligi, uni bolalar yoshiga ko‘ra to‘g‘ri berilishi.
6.
Turli yosh guruhlari uchun ovqatning tarkibini tahlil qilinishi (jadvallar asosida
hisob-kitob qilish usuli bilan).
7.
Tasdiqlangan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha ulardan foydalanilishini kunlik
nazorat qilib borilishi.
8.
Ovqatlanish bo‘yicha tegishli xujjatlarni rasiylashtirib borilishi (“Yosh
guruhlari bo‘yicha bolalar ratsionida hayvon oqsili miqdori”, “Ovqatning
kimyoviy tarkib analizi”, “Ovqatni vitaminlashtirish ” va boshqa jurnallar).
9.
Muassasaning ovqatlanish kengashida tegishli masalalarni ko‘rib chiqilishi.
10.
Ota-onalar bilan uyda ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ish olib
borilishi.
Bog‘cha tarbiyachilari bolalarning oqilona ovqatlanishi asoslarini yaxshi bilishlari
va ular ovqatlanishini nazorat qilish malakasiga ega bo‘lishlari kerak.
Ma'lumki, bog‘chalarda bolalar ovqatlanishini tashkil etishda ko‘p kamchiliklarga
yo‘l qo‘yiladi. Aniqlanishicha, eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri - ratsionda hayvon
oqsillari, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar miqdorining kamligidir. Bunga