Va uning ahamiyati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#150015
1   2   3   4   5
bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 292
NATIJA
Shuni ta'kidlash muhimki, bog‘cha bolalarining organizmi o‘suvchi organizm 
bo‘lib, ularning asosiy oziq moddalarga, vitaminlar va ma'danli moddalarga bo‘lgan 
talabi bir muncha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Zero ularning organizmida moddalar 
almashinuvi kuchli, ularda hujayralarning bo‘linib ko‘payish jarayoni juda jadallik bilan 
boradi. Xullas, ular o‘sish va rivojlanishda katta odamlarga nisbatan oziq moddalarga 
bo‘lgan talabi yuqori bo‘ladi. Bog‘cha bolalarining ovqatlanishida birinchi navbatda 
e'tibor qaratish kerak bo‘lgan narsa ularning o‘suvchanligidir. Bolalarning iste'mol 
taomlariga bo‘lgan talabi o‘sish nuqtai-nazardan ta'minlanishi kerak. Masalan, 3-7 
yoshli bolalar uchun kunlik oqsillarga bo‘lgan talab me'yori 60 g, yog‘ga – 60 g, 
karbonsuvlarga esa 240 g ni tashkil etadi. Yuqorida aytib o‘tilgan oziq moddalarni bu 
miqdordan kam yoki ko‘p iste'mol qilish normal o‘sib rivojlanish jarayoniga salbiy ta'sir 
etishi mumkin. Oziq moddalarni ko‘p yoki ortiqcha iste'mol qilish bir tomondan bu 
moddalar organizmga zararli hatto zaxar moddalarga aylanishiga va ikkinchi tomondan 
semizlikka olib keladi. 
Bu borada ayniqsa, vitaminlarning o‘rni muhim. Ko‘pchilik tadqiqotlar vitaminlar 
yetishmasligi o‘sishdan juda orqaga qolishga, aqliy va jismoniy jihatdan sust rivojlanib 
qolishga olib keladi. Shu bilan birga turli vitaminlarning ratsion tarkibida yetishmasligi 
har xil noxush kasalliklarga olib keladi. Yosh organizmning kasalliklarga 
chidamliligini, immunitetini kuchsizlantirib yuboradi. 
Bog‘cha bolalarining ovqatlanishida e'tiborga olish kerak bo‘lgan narsa shuki, ular 
ko‘pincha shirinliklarni sevib iste'mol qilishadi. Natijada ovqatga nisbatan ishtaxa 
pasayishi mumkin. Yoki ovqat tarkibida shirinliklar ko‘payishi oqibatida organizmda 
karbonsuv miqdori oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bolalarning ovqati tarkibida 
shirinliklar ham me'yoridan oshmasligi lozim. Bu borada eng ma'qul shirinlik asal 
hisoblanadi. Shakar o‘rniga asal berish yosh organizm uchun ancha foydali. Chunki asal 
tarkibida biofaol moddalar, foydali mikroelementlar, vitaminlar juda ko‘p. Bu moddalar 
esa bolalar uchun juda muhim. 
Bog‘cha bolalarning ovqatida oziq tolalarining yetarlicha bo‘lishiga jiddiy e'tibor 
berish kerak. Oziq tolalariga boy mahsulotlardan (karam, sabzi, turli boshqa sabzavotlar 
olma, qora non) ularga doimiy ravishda berib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bog‘cha bolalarining yaxshi, jismoniy baquvvat bo‘lib yetishishlari oziq tolalariga ko‘p 
jihatdan bog‘liq. 
Bolalarning yoshi oshib borgan sari chaynash muskullari yaxshi rivojlanishi uchun 
ularga qattiq non, suxari, go‘shtli suyak kabi mahsulotlardan ham berib turish foydali. 
XULOSA
Umuman olganda, bog‘cha bolalarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish va uni 
yo‘lga qo‘yish ularning ota-onalariga va bog‘cha tarbiyachilariga ko‘p jihatdan bog‘liq. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin