Page 291 menyu uchun mahsulotlarni noto‘g‘ri tanlash va ularning tarkibini bilmaslik asosiy
sabab bo‘ladi. Ko‘pincha oziq mahsulotlarning narxi ularning biologik qimmatiga
to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Masalan ovqatlanish ratsionlarida arzon, lekin yuqori
biologik qiymatga ega mahsulotlar (jigar, buyrak, tvorog, loviya, no‘xat, bo‘g‘doy
yormasi va boshqalar) kam ishlatiladi. Yog‘lardan ko‘p hollarda noto‘g‘ri foydalaniladi,
ishlatilayotgan o‘simlik moylari natural holda deyarli iste'mol qilinmaydi, ularning
xilma-xilligiga e'tibor berilmaydi (ko‘p hollarda faqat paxta moyi ishlatiladi). Meva,
sabzavot va poliz mahsulotlari ratsionlarda kam uchraydi. Bularning natijasida ovqat
tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari,
mineral moddalar, mikroelementlar va natural vitaminlar kamayib ketadi.
MUHOKAMA Bolalar bog‘chalarida ovqatlanishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan
yana biri - ovqatni tayyorlashda yosh guruhlariga ko‘ra differensial yondashuvning
mavjud emasligi. Kichik va katta yoshdagi bolalar ovqatidagi mahsulotlar miqdori bir
hil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Bunday holat ovqatning har xil yoshdagi
bolalarda oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik talabiga mos kelmasligiga olib keladi.
Natijada kichik yoshdagi bolalar oziq moddalarni, masalan oqsillarni, o‘zlarining
fiziologik talablariga ko‘ra ko‘p, katta yoshdagilari esa kam qabul qilishadi.
Ovqatlanishdagi kamchiliklar nazoratsiz ovqatlanishdir. Agar ovqat tayyorlash
uchun ishlatilayotgan mahsulotlar miqdorini hisobga olishda turli yosh guruhlari
e'tiborga olinmasa, ratsionlarning kimyoviy tarkibini alohida bir vaqt oralig‘i uchun
hisoblab topish mumkin bo‘lmaydi. Natijada bolalarning oziq moddalarga bo‘lgan
talabi qay darajada qondirilayotganligini bilib bo‘lmaydi.
Bolalar ovqatlanishining sifati ko‘p omillarga bog‘liq: ovqat tayyorlashda
mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, kulinar qayta ishlash qoidalariga rioya etish, porsiya
taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirish. Bolalar ovqatning sifati va tarkibi oshxona
ishchilarining to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etish qoidalarini bilishlari katta ahamiyat
kasb etadi.
Demak, bog‘cha bolalarining noto‘g‘ri ovqatlanishiga birinchi navbatda
e'tiborsizlik sabab bo‘lyapti, deyish mumkin. Bog‘cha bolalarining to‘g‘ri
ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish birinchi galda ota-onalarning va bog‘cha
tarbiyachilarining ishidir. Ulardan birortasining bu ishga e'tiborsiz qarashi jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu borada bog‘cha tarbiyachilarining o‘rni
muhimdir. Aniqlanishicha, bog‘cha bolalari kundalik ovqatlarining 80 foizini bog‘chada
iste'mol qilishadi. Demak, ana shu jarayonda bog‘cha tarbiyachilari ularning to‘g‘ri va
oqilona ovqatlanishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur. Aks holda, ularning yosh
organizmi turli salbiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lishlari ham mumkin.