Vakuumdagi yo’ruglik maydoni



Yüklə 459 Kb.
səhifə2/8
tarix19.05.2023
ölçüsü459 Kb.
#117875
1   2   3   4   5   6   7   8
MARUZA 1

Gers tajribalari. Maksvell tomonidan ilgari surilgan g‘oya elektromagnit to‘lqinlarining mavjudligini tajriba yo‘li bilan isbotlash zarur edi. Bu masalani Gers echdi, u elektromagnit to‘lqinlarini tadqiq qilib, ularning generatsiyasini va qabul qilishni tajribada amalga oshirdi.
Quvvatli uchqun razryadi induksion g‘altak yordamida Gers judayuqori tezlikdagi elektr toki tebranishlarini ( tebranish davri 10-8 s atrofida) tajribada amalga oshirdi. Tajribalarni davom ettirib Gers yuqori chastotali tok to‘g‘richiziqli o‘tkazgich kesmasi undan ma’lum masofada joylashgan xuddi shunday o‘tkazgichda xam aynan shunday tok xosil bo‘lganini aniqladi. SHu yo‘sinda elektromagnit to‘lqinlari kashf qilingan.


    1. -Rasm. Gers tajribasini sxemasi. K-induksion g‘altak, R- razryad beruvchi qurilma, M- mikrometr.

Gers tajribalaridan birida uchqun beruvchi o‘zaro ma’lum masofaga siljigan ikkita bir xil metall sterjenlardan tashkil topgan vibratorning xususiy elektr tebranishlaridan foydalangan (1.1.-rasm). K-induksion g‘altak yordamida vibratorni ikkala yarmi yuqori kuchlanishgacha zaryadlangan. Potensiallar farqi teshish qiymatiga erishganda, razryad beruvchi qurilmada uchqun chiqib, vibratorni ikkala yarim qismi o‘zaro ulanib, unda yuqori chastotali so‘nuvchan elektr tebranishlari paydo bo‘ladi. SHunda vibrator fazoga o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarini tarqatadi. Elektromagnit to‘lqinlarini paydo bo‘lishini mikrometrning qabul qiluvchi vibratorini xosil qilgan uchquni qayd qilgan.
Elektromagnit va yorug‘lik to‘lqinlarini birligini isbotlash uchun Gers elektromagnit to‘lqinlarini qaytishi, sinishi va qutblanishini tajribada ko‘rsatishga xarakat qildi. Gers temirli sinkdan tayyorlangan parabolik ko‘zgudan foydalanib, optik dastaga o‘xshash elektromagnit to‘lqinlarini dastasini xosil qila oldi. U yorug‘lik nurlarining shishadan tayyorlangan prizmadan o‘gandagi sinishi kabi qattiq saqichdan tayyorlangan balandligi 1,5 m va og‘irligi 1, 2 t bo‘lgan prizmadan elektromagnit to‘lqinlarini dastasini og‘ishiga erishdi. Va nixoyat u elektromagnit to‘lqinlarini o‘tkazgichdan yasalgan setkadan qutblanishiga ishonch xosil qildi. Gers 1886-1889 yillar davomida olib borgan tajribalri asosida shunday xulosa yozgan:
o‘tkazilgan tajribalar natijalarini umumlashtirib yorug‘likning, issiqlik nurlarining va elektrodinamik to‘lqin xarakatining negizi bir ekanligini yuqori extimollik bilan aytish mumkin.
Shunday qilib, yorug‘lik bilan elektrning negizi bir ekanligi tajribada tasdiqlandi. Akustika mexanikaga ko‘p yillar oldin kirgani kabi, endi optika xam elektrodinamikaga kirishi mumkin.

1.2- rasm. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasida optik diapazon.

1.2- rasmda elektromagnit to‘lqinlar shkalasida optik diapazonni o‘rni ko‘rsatilgan. Bu diapazon to‘lqin uzunligida 0,4 dan 0,7 mkm gacha, chastotada esa 4x1014 dan 7,5 x 1014 Gs gacha tashkil etadi.


Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin