Valentlik nazariyasi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 393,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.05.2023
ölçüsü393,79 Kb.
#119816
1   2   3   4   5   6   7   8
valentlik-nazariyasi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
444
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
o„rganish semantik sintaksis bilan uzviy bog„liq bo„lib, keng ma‟noda so„z , so„z 
birikmasi va gap semantikasini o„rganish demakdir.
 
MUHOKAMA 
So„z valentligi substansial hodisa sifatida bevosita so„zning xususiyati, uning 
semantik qobiliyati ekan, bundan mantiqiy ravishda so„zning semantik valentligi 
tushunchasi kelib chiqadi. Binobarin, so„zning semantik valentligi so„zga tegishli 
potensial semantik imkoniyat bo„lib, uning leksik ma‟nosidan kelib chiqib, so„zning 
boshqa til birliklaridan farqlanishini, alohidaligini, konkretligini ko„rsatuvchi asosiy 
me‟zon sanaladi. U saylash imkoniga egaligi bilan mustaqil bo„ladi (8), so„zlar 
orasidagi sintaktik aloqani ta‟minlaydi. Shunday qilib, til va nutq birligi bo„lgan 
so„zlarning o„zaro semantik-sintaktik aloqalari aslida ularning o„zida, substansiyasida 
(mohiyatida) valentlik imkoni “shaklida” qayd etilgan, jamlangan.
Shuni ta‟kidlash lozimki, so„z valentligi substansial fakt sifatida so„zning 
doimiy ichki xususiyati bo„lib, bu xususiyat nutq faoliyatida, so„zlarning o„zaro 
bog„lanishida yuzaga kelmaydi. U, aytilganidek, nutqqacha, ya‟ni tilda - til “birligi” 
sifatida so„z semantik tuzilishida mavjud bo„ladi, “yashaydi”, potensial imkoniyat 
tarzida saqlanadi. Nutqda esa ushbu imkoniyat, substansial fakt “harakatga keladi”, 
namoyon bo„ladi, turli nutq birliklarida o„zining aniq ifodasini topadi. Demak, 
valentlik, bir tomondan, jonli nutqni – so„zlar orasidagi sintaktik aloqani, so„zlarning 
o„zaro birikuvini ta‟minlaydi, ikkinchi tomondan, valentlik so„zlar orasidagi sintaktik 
aloqada, so„zlarning birikuvida “ko„rinadi”, ta‟sir qiluvchi “kuchga” aylanadi. 
Binobarin, sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, balki valentlikdan sintaktik 
aloqa kelib chiqadi.
Valentlik – ichki imkoniyat, potensial bo„lsa, sintaktik aloqa uning namoyon 
bo„lishidir. Valentlik – til “birligi” bo„lsa, sintaktik aloqa nutq “birligi”dir. Valentlik 
– mohiyat bo„lsa, sintaktik aloqa hodisadir. Valentlik – umumiylik bo„lsa, sintaktik 
aloqa xususiylikdir. Valentlik – sabab bo„lsa, sintaktik aloqa natijadir.
Shunday qilib, so„z semantik valentligi, aytilganidek, nutqda so„zlarning o„zaro 
birikishida – kommunikativ va nominativ birliklarning hosil bo„lishida “tug„ilmaydi”, 
balki u “azaldan” so„zda, uning substansiyasida mavjud yashirin imkoniyat – yuzaga 
chiqishga tayyor turgan semantik qobiliyat bo„lib, bu substansial xususiyat nutq 
jarayonida voqe bo„ladi. S.N. Ivanov ta‟kidlaganidek “grammatik forma … muayyan 
xususiyatlarga (grammatik formaning ma‟nolari) ega narsa, predmet bo„lib (falsafiy 
ma‟noda), bu xususiyatlar shu narsa, predmetning turlicha 
munosabatlarida yuzaga chiqadi (grammatik formaning sintaktik 
funksiyalari) (9) yoki “grammatik forma… o„zining konkret 



Yüklə 393,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin