Valentlik nazariyasi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 393,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü393,79 Kb.
#119816
1   2   3   4   5   6   7   8
valentlik-nazariyasi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
447
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
yana boshqasi so„z (fe‟l ) ma‟nosida voqelanuvchi aktantning mantiqiy xarakteri 
kabilardan kelib chiqadi. 
So„z semantik valentligining muayyan ko„rinishi fe‟l valentligi hisoblanadi. 
Chunki valentlik nazariyasi dastavval fe‟lning gap konstruksiyasida qo„llanishining 
mahsuli sifatida fe‟lning boshqaruv xususiyatlarini o„rganish jarayonida 
shakllanadi(20). Chunki fe‟l akad. V.V.Vinogradov ta‟kidlaganidek, “…boshqa 
barcha so„z turkumi kategoriyalariga nisbatan eng konstruktiv turkumdir. Fe‟lli 
konstruksiyalar otli so„z birikmalari va gaplarga faol ta‟sir qilish kuchiga egaligi 
bilan xarakterlnadi”(21). Demak, fe‟lning eng muhim xususiyati shundaki, u gapning 
semantik strukturasida markaziy o„rinni egallaydi(22). Shunga ko„ra L.Tener tobelik 
grammatikasida gapni tuzilish jihatidan tahlil qilish jarayonida gapning tuzilish asosi 
sifatida fe‟lga tayanadi. 
“Fe‟l valentligining spetsifik xususiyati shundaki, fe‟l (aniqrog„i predikat, 
valentlik tashuvchi…), gapning strukturasini belgilaydi”(23). Fe‟lning gap 
konstruksiyasining tuzilishini belgilashi, bizningcha, uning potensial semantik 
imkoniyati bo„lib, fe‟lni boshqa so„z turkumlaridan ajratuvchi eng muhim xususiyati 
hisoblanadi. Bu o„rinda S.D.Kasnelsonning quyidagi fikrini keltirish maqsadga 
muvofiqdir; “Mazmun planida fe‟l predikat faqat leksik ma‟nodangina iborat 
bo„lmaydi. U muayyan ma‟no ifodalagani holda ayni vaqtda o„zida bo„lajak gapning 
maketini saqlaydi(24). Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, ta‟kidlash mumkinki, 
fe‟l faqat harakat, holatnigina emas, balki situatsiyani ham bir butun holda anglatadi, 
u shu harakat, holat – situatsiyaning barcha aktantlarini (qatnashuvchilarini) ham 
ifoda etish qobiliyatiga egadir. Fe‟lning ana shu qobiliyati uning semantik valentligi 
sifatida belgilanadi(25). Demak, semantik valentlikka ega fe‟l harakat, holat, nutq, 
ko„rish, eshitish jarayonlarini ham shu jarayonlarning zaruriy aktantlari orasidagi 
munosabatlarni ifodalaydi. Tilshunos S.N.Ivanov ta‟biricha, “amalga oshishi mumkin 
bo„lgan aloqalarning miqdoriga ko„ra… fe‟llar turli valentliklarga ega bo„ladi”. 
Qiyoslang: o„qidim (kim, nimani, qayerda, qachon), suhbatlashdim (kim, kim bilan, 
nima haqida, qayerda, qachon)(26). 

Yüklə 393,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin