Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 446 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal mantiqiy bo„laklari – semantik qatnashuvchilar (aktantlar) fe‟ldagi qolish xabarining
– fe‟l denotativ ma‟nosining namoyon bo„lishi uchun xizmat qilmoqda. Qolmoq fe‟li
bilan sintaktik aloqaga kirishib, predikativ va nominativ birlikni hosil qilgan
konstruksiyalarda – nominativ birliklarda tobe komponentning hokim komponentga
moslashishi, muayyan grammatik shaklga kirishi yuz berganki, bu bevosita fe‟l
hokim komponentning talabiga, shunday “tortish kuchi” ga egaligiga, tobe
komponentlarning esa “tortilishi” xususiyatiga ega bo„lish qobiliyatiga ko„ra sodir
bo„lgan.
Yana qiyoslang: Men kitobni o„qish uchun kutubxonadan bugun oldim.
agens (men)
obyekt (kitobni)
olmoq maqsad (o„qish uchun)
o„rin (kutubxonadan)
vaqt (bugun)
Aytilgan fikr va misollardan kelib chiqib, shuni ta‟kidlash lozimki, so„zlarning
sintaktik aloqasida reallashuvchi so„z semantik valentligining mohiyati shundaki,
bunda so„zlar (valentlik tashuvchi sifatida) muayyan semantik belgilarga ega
muayyan nutqiy ishtirokchilarni, qatnashuvchilarni talab qiladi va boshqa semantik
belgili nutqiy ishtirokchilarni “tan olmaydi”. Ular ma‟nosiga, muayyan semantik
belgilariga ko„ra tanlab olingan qatnashuvchilar guruhi tomonidan ochiq o„rinlarining
(pozitsiyalarining)
to„ldirilishini
boshqaradi.
O„ziga
muvofiq
nutqiy
ishtirokchilarning tanlanishi va nomuvofiq nutqiy qatnashuvchilarning inkor qilinishi
har ikkala nutqiy qatnashuvchilar semantik belgilarining qo„shila olishi yoki qo„shila
olmasligi asosida amalga oshadi, bu o„z navbatida obyektiv borliq hodisalari bilan
tasdiqlanadi (12). Shuni aytish
lozimki, tilshunoslikda so„zning semantik valentligi tushunchasi bilan bir qatorda
tashqi valentlik (13), ichki valentlik (14), formal valentlik (15), sintaktik valentlik
(16), logik valentlik (17), vositali semantik valentlik, shakl semantikasi valentligi
(18), emotive valentlik (19) va boshqa valentliklar ham borki, bularning har biri
o„ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu valentliklarning biri muayyan
so„zning semantik tuzilishidan, yana biri so„z va formantlarning
o„zaro birika olish ma‟no imkoniyatidan, boshqasi fe‟l
predikatning shakllanishidan – uning so„z formasida kelishidan,