Valentlik nazariyasi



Yüklə 393,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.05.2023
ölçüsü393,79 Kb.
#119816
  1   2   3   4   5   6   7   8
valentlik-nazariyasi



Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
442
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
VALENTLIK NAZARIYASI 
 
Ravshanxo‘ja Rasulov 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori 
 
ANNOTATSIYA 
So„zning nutqda o„rganilishi, uning boshqa so„zlar bilan birika olish imkoniyati, 
semantik sintagmani tuzuvi, o„z semantikasini to„la ochish uchun muayyan so„z va 
so„z formalarini talab etishi valentlik nazariyasining asosidir. 
So„z valentligi substansial-semantik fakt sifatida so„z ma‟nosi bilan, so„z
ma‟nosining gap konstruksiyasida voqelanishi bilan bog„liqdir. Valentlik 
nazariyasining obyektivligi, aktualligi, ilmiy-amaliy mohiyati so„zning leksik-
semantik kuchi, mavqei bilan belgilanadi. Valentlik nazariyasi tilshunoslikning 
semasiologiya, semantik sintaksis kabi muhim va murakkab sohalari bilan bevosita 
aloqador. 
Kalit so‘zlar: valentlik, so„z valentligi, semantik munosabat, sintaktik 
munosabat, fe‟l valentligi. 
 
KIRISH 
So„zning “ruhi”, “joni” bo„lgan semantikasi uning muayyan so„zlar bilan 
birikishini ta‟minlaydiki, birikma, gap kabi nutq birliklari so„zlarning nutqda boshqa 
so„zlar bilan birika olish ma‟no imkoniyatining, valentlik munosabatining natijasi 
sifatida qaralmog„i lozim. Bundan valentlik nazariyasining tilshunoslik fani uchun 
ilmiy-amaliy ahamiyati qay darajada katta ekanligi yaqqol aks etib turibdi.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODIKASI 
Tilshunoslikka valentlik nazariyasi o„tgan asrning 40-yillari oxirida kirib kelgan 
(1). Valentlik nazariyasida biror so„zning boshqa so„zni o„ziga biriktirish xususiyati 
umumlashtiriladi (2).
Tilning aloqa vositasi sifatidagi ijtimoiy-amaliy, ilmiy qiymati uning 
birliklarining mazmun planiga egaligidan, biror tushunchaning ifodalanishidan kelib 
chiqadi (3). 

Yüklə 393,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin