Valijonov ibrohimning milliy iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


ta ustuvor yo’nalishlar quyidagilar



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə2/4
tarix01.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#92108
1   2   3   4
MI Mustaqil ish

7 ta ustuvor yo’nalishlar quyidagilar:
  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Qonun ustuvorligi barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir.
Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamlakat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida”
II – Bob mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 7 ta maqsad ishlab chiqilgan. Bular 13- maqsaddan 21- maqsadgachani o’z ichiga oladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin