Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari


O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatini amalga oshirishda erishilgan muhim natijalar



Yüklə 91,34 Kb.
səhifə5/7
tarix17.04.2023
ölçüsü91,34 Kb.
#99371
1   2   3   4   5   6   7
Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.

3. O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatini amalga oshirishda erishilgan muhim natijalar.
Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyasiya darajasini belgilangan prognoz ko‘rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Pul bozoridagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobvarag‘iga qo‘shimcha ravishda 1,2 mlrd. dollar miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilishi pul massasining belgilangan prognoz ko‘rsatkichidan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.SHuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiinstrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida foydalanildi.
Inflyasiya darajasi, pul massasi hajmining, iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan talabini etarli darajada qondirish va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2018 yilga belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2018 yil mobaynida yillik 12 foiz miqdorida saqlab turildi.9
Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
2018 yilda respublikadagi barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari hamda Markaziy bank tomonidan qat’iy monetar siyosatining yuritilishi, o‘z navbatida, mamlakatimizning pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari dinamikasida, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo‘yicha hamda banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topdi.

Xususan, 2018 yil davomida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadining oshishi hisobiga respublikamizdagi moliya institutlari resurs bazasining kengayishi banklararo pul bozoridagi resurslar taklifining ko‘payishiga va o‘z nav­batida, moliyaviy resurslar narxining arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 2017 yil davomida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 9,9 foizga teng bo‘ldi.
Jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi jami depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2017 yildagi o‘rtacha yillik 7,7 foizdan 2018 yilda 7,1 foizgacha pasaydi. Yuridik shaxslarning jamg‘arma va muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 2017 yil­dagi o‘rtacha yillik 6,2 foizdan 2018 yilda 6,0 foizgacha pasaydi.
SHuningdek, banklararo pul bozoridagi operatsiyalar hamda depozitlarni jalb qilish bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi natijasida tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bo‘yicha, jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash bo‘yicha foiz stavkalarining ham pasayishi kuzatildi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 2017 yil dekabr oyida 13,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 13,0 foizgacha pasaydi.10
2018 yilda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi bar­qarorligini hamda ichki va­l­yuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirildi. Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi.
Natijada 2018 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 11,0 foizga pasaydi, evroga nisbatan 15,7 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 13,1 foizga pasayib, eksportni rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Monetar siyosatning 2018 yilda amalga oshirilgan ustuvor vazifalar, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash bilan birga, 2019 yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari monetar siyosat va bank tizimining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilga belgilab berilgan vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan:
– iqtisodiyotni o‘stirishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan strategiyani davom ettirish, buning uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlarni safarbar etish;
– sanoatda yuqori texnologiyali va zamonaviy bo‘lgan eng muhim ob’ektlar hamda quvvatlarni ishga tushirish, investitsiya jarayonini oshirish va takomillashtirish;
– mamlakatda ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash va modernizatsiyalashning, jahon bozorlariga chiqishning asosiy omili hisoblangan to‘laqonli raqobat muhitini shakllantirish;
– ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish;
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish o‘rinlari tashkil etish va aholining ish bilan bandligini ta’minlash, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim jarayonini va sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishni davom ettirish va takomillashtirish;
– «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish 2019 yilgi pul-kredit siyosatining va bank tizimi faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari etib belgilab olindi.11
2019 yilga tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga muvofiq uning defitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1 foizdan oshirmaslik hamda uni noinflyasion manbalar hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jahon bozoridagi narxlar dinamikasini, shuningdek, ichki talabni rag‘balantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda, 2019 yil uchun inflyasiya 6-7 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.
2019 yilga mo‘ljallangan pul-kredit ko‘rsatkichlarining prognozi Hukumat tomonidan belgilab berilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognoz parametrlariga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi doirasida 2019 yilda yalpi ichki mahsulotning 8,1 foizga o‘sishining pulga bo‘lgan real talabi va aholi daromadlari o‘sib borayotganligidan kelib chiqib, o‘rtacha yillik pul massasi yalpi ichki mahsulotga nisbatining 1,0 foiz bandga oshishi ko‘zda tutilmoqda. 
O‘z navbatida, inflyasiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar doirasida ushlab turish va tash­qi omillarning inflyasiyaga ta’sirining oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan 2019 yilda ham monetar siyosatning bozor instrumentlaridan keng foydalaniladi.
Jumladan, to‘lov balansini prognoz ko‘rsatkichlarining va Markaziy bankning hukumatga bo‘lgan sof talablarining o‘zgarish dinamikasini hisobga olib, bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha likvidlikning inflyasion bosimining oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan sterilizatsiya operatsiyalari hajmini 1,2 martaga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, foiz siyosatida asosiy e’tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari jozibadorligini ta’minlashga, jumladan, aholi omonatlari bo‘yicha real foiz stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozitlar portfelidagi uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirishga, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining maqbulligini ta’minlashga qaratiladi.
2019 yilda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni qo‘llab-quvvatlash hamda iste’mol narxlari indeksining 6-7 foiz darajada prognoz qilinayotganligini inobatga olib, O‘zbekis­ton Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasini amaldagi yillik hisobda 12 foizdan 10 foizga tushirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
1-rasm.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi dinamikasi12, (foizda)
Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi natijasida bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarining pasayishi va natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion faolligi oshishi kutilmoqda.
Jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashga yo‘naltirilgan dasturlarni moliyalashtirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar va mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayadi hamda kreditlar haj­mining oshishi hisobiga qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish va import o‘rnini bosuvchi tovar va xizmat­lar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda import qilinadigan xalq iste’moli mahsulotlari narxlarini pasaytirish orqali inflyasiyani prognoz parametr­lari doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘zgarib boruvchi boshqariladigan almashuv kursi strategiya­si qo‘llaniladi va almashuv kursi maqsadli koridor doirasida ushlab turiladi.
Markaziy bank 2019 yilda ichki va tashqi moliya bozorlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olib, monetar siyosatning tegishli bozor instrumentlarini keng qo‘llagan holda qat’iy pul-kredit siyo­satini yuritishni davom ettiradi.
Shu bilan birga, monetar siyosat instrumentlarining samaradorligini yanada oshirish va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning pul bozori holatiga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar olib boriladi.
Bank tizimi likvidligini doimiy ravishda monitoring qilish orqali tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idagi va boshqa yuqori likvidli aktivlarining harakati tahlil qilib boriladi va ularning eng maqbul darajada bo‘lishini ta’minlash uchun Markaziy bank tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Majburiy rezervlar normasi bank tizimining likvidlik darajasi pul massasi va tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’atlaridan kelib chiqqan holda belgilanib, zarur hollarda o‘zgartirib boriladi.
Shuningdek, bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha likvidlikning inflyasion bosimining oldini olish hamda pul massasini tartibga solish maqsadida tijorat banklarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini Markaziy bankdagi turli muddatli depozitlarga jalb qilish orqali sterilizatsiya operatsiyalari o‘tkazib boriladi.
Bank tizimida vaqtinchalik likvidlik etishmovchiligi yuzaga kelgan hollarda Markaziy bank tomonidan likvidlik bilan ta’minlash instrumentlaridan, xususan:
Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridan xorijiy valyutani (AQSH dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling), belgilangan muddat va almashinuv kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish operatsiyalari – valyutaviy SVOP operatsiyalaridan foydalaniladi.
Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so‘mning almashuv kursining belgilangan koridor doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida Markaziy bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiya­larini amalga oshiradi.
Bank tizimi likvidligini tartibga solish tizimini bozor tamoyillari asosida yanada takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida foiz xatarlarini pasaytirish imkonini beradi.13
Xulosa
Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi
va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valutakredit munosabatlarimurakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta
beqarorligi bilan ahamiyatlidir.Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar vasubsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kreditmunosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaroto’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bumamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliybozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi.
Xalqaro valuta munosabatlari – valutaning jahon xo’jaligida amal qilishi
borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyati natijalarining o’zaro
almashuviga xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitaliing xalqaro miqyosida harakati bo’lib, bu
harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik va xaq to’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajalari,moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish sifatlari va hajmining o’sishi, ishlab chiqarish infratuzilmasining tarakqiyoti ko’p jihatdan xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bog’liq.Shunigndek, xalqaro valuta-kredit munosabatlari jamiyatda moddiy vanomoddiy ishlab chiqarish sohalariga maqsadli va asoslangan investitsiyalar jalbetishni o’zida aks ettiradi. U yoki bu davlatning zamonaviy xalqaro valuta-kreditmunosabatlari iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligini ko’tarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini ish bilan ta'minlash, fan va texnikani rivojlantirish va shuningdek, ekologik muammolarni hal etish bilan ajralib turadi.
O’zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida Xalqaro valuta-kredit
munosabatlarining bosh maqsadi – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni,
modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun korxonalar
va kompaniyalarning investitsion faolligini yanada kuchaytirish, iqtisodiytoni
raqobatbardoshligini ta’minlash, markazlashmagan investitsiyalarni ko’paytirish,
iqtisodiyotga ko’proq investitsiyalarni jalb qilishdir.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlarida strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va xorijiy investorlarni birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Qolaversa, ular eng avvalo mintaqalarning emas, balki mamlakatning xatarlilik darajasini hisobga oladi.

Yüklə 91,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin