4 induktivlik birligi milliy boshlang’ich etaloni Induktivlik (lotincha: inductio — taʼsirlash, uygʻotish) — oʻtkazgichdan yasalgan konturdan bir amper tok kuchi oʻtayotganda shu konturni kesib oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi oqimini vujudga keltirish xususiyati.(L=dФ/I) [Wb/A=Hn(genri)]
Berk kontur bilan chеgaralangan sirtni kеsib o’tuvchi magnit maydon induktsiya vеktori oqimining har qanday o’zgarishi shu konturda elеktr tokini hosil qiladi (Faradеy tajribalari). Bu tok induktsion tok dеyiladi. Shu tokning qayd qilinishi konturda EYUK mavjud ekanligini bildiradi. Bu EYUK induktsion EYUK dеyiladi.Induktsion tokning hosil bo’lish jarayoniga elеktromagnit induktsiya hodisasi dеyiladi. [1]
5 o’lchashlarning fizikaviy asoslarining mohiyati O‘lchanuvchan fizikaviy kattalik tushunchasini shakllantirishga erishilganidan beri 200 yuz yil o‘tdi. Yangi o‘lchov birliklarini amalga kiritish hamon o‘lchanuvchan kattalikni mana shunday tushunilishiga mos ravishda yuz bermoqda. Mashhur matematik va fizik olim Leonard Eyler fizikaviy kattalikka ta’rif bergan bo‘lib, bu ta’rifni bizning davrimizda ham qo‘llash mumkin. U o‘zining “Algebra” nomli asarining eng boshida quyidagicha yozadi (1-qism, 1- bo‘lim, 1-bob): “1. Birinchi navbatda kattalik deb kattarish yoki kichrayish qobiliyatiga ega hamma narsa, yoki unga nimanidir qo‘shish yoki undan nimanidir ayirish mumkin bo‘lgan narsa ataladi. Shunday qilib pullar to‘plami (pul) kattalikdir. Chunki u o‘ziga qo‘shishni yoki o‘zidan ayirishni taqozo qiladi. Vazn ham xuddi shunday sabablarga ko‘ra kattalik hisoblanadi. 2. Ko‘p turli-tuman kattaliklar mavjudki, ularni sanash baholash imkoni yo‘q. Ulardan fizikaning turli bo‘limlari kelib chiqadi, ularning har biri alohida o‘ziga xos kattalik bilan shug‘ullanadi. Fizika umuman olganda kattaliklar haqidagi fan, kattaliklarni o‘lchash kerak bo‘lgan vositalarni izlash bilan shug‘ullanuvchi fan. 20 3. Biroq bitta kattalikni aniqlash yoki o‘lchash mumkin emas, agar, xuddi shu turdagi boshqa bir aniq kattalikni tanlamasak va ular orasidagi nisbatni ko‘rsatmasak. Shunday qilib kattalik pul summasini aniqlay olishi uchun biror ma’lum sifatida pulning qandaydir miqdori qabul qilinadi. Masalan, gulden, rubl, taler yoki dukat va h.k. Va pul summasida necha marta o‘sha ma’lum miqdor mavjudligi ko‘rsatiladi. Xuddi shunday, kattalik vaznni aniqlash kerak bo‘lsa, ma’lum sifatida qandaydir vazn qabul qilinadi. Masalan, funt, sentner yoki lot va h.k., va u berilgan (noma’lum) vaznda necha marta mavjudligi ko‘rsatiladi. Agarda, uzunlikni yoki kenglikni o‘lchash kerak bo‘lsa, qandaydir bir aniq uzunlikdan foydalaniladi. Masaslan, futdan. 4. Shunday qilib, turli kattaliklarni aniqlash va o‘lchashda biz dastlab aynan shu turdagi qandaydir ma’lum kattalikni o‘rnatib olamiz. Uni mezon yoki birlik deb ataymiz. U faqat bizning ixtiyorimizga bog‘liq. So‘ngra berilgan kattalik mezon bilan qanday munosabatda ekanligi aniqlanadi. Bu munosabat son bilan ifodalanadi. Demak, sonlar bitta kattalikning shu turdagi ikkinchi, birlik deb atalgan kattalikka nisbatidan boshqa narsa emas”. Eyler tomonidan berilgan fizikaviy kattalikning, birligiga va son qiymatiga berilgan ta’rifga biz bugun ham biror qo‘shimcha kirita olmaymiz. Faqat, bugun bizga Eyler zamonidagidan ko‘proq kattaliklar ma’lum. Xususan, elektr nazariyasi, magnetizm, atom va yadroi fizikasi kattaliklari kiritildi. Shunday qilib, biz endi juda ko‘p kattaliklar va ularning konkret birliklarining ta’riflarini keltirishimiz mumkin. Bu kattaliklar ko‘pligi bizning ehtiyojlarimiz oshishi barobarida kengaYib bormoqda. Shunday holatlar bo‘ladiki, o‘lchashning mazmuni kattalikni o‘lchashda masalaning qanday qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ranglar haqida gapirganda “ko‘k rang” deymiz, lekin “yarim ko‘k” degan tushuncha yo‘q. “Yarim ko‘k” tushunchasini qanday ifodalash mumkin? Bunda eng qulay yo‘l – bu to‘lqin uzunligi =400…500 nm (1 nm = 10-7 sm = 10-9 m) gat eng bo‘lgan 21 oraliqdagi spektral zichlik orqali ifodalashdir, ya`ni “ko‘k” va “yarim ko‘k” ranglariga mos ravishdagi spektral zichlikni aniqlashdir. Kattaliklar va birliklar vaqt o‘tishi bilan tushuncha jihatida ham o‘zgarib turadi. Misol sifatida moddaning radioaktivligini olish mumkin. Boshida kiritilgan 1 Kyuri so‘ng lord Rezerford nomi bilan bog‘langan va hozir ham radioaktivlikning birligi bo‘lib xizmat qilayotgan bo‘lsada, bir sekundda parchalanuvchi 3,7*1010 ta atom yadroisiga teng, grammlarda ifodalangan modda miqdorini bildiradi. Belgilanishi 1 Ki. Shuning uchun uni grammlarda o‘lchanuvchi modda miqdoriga keltirish mumkin. Hozir esa SI birliklarida – u 1s-1 . Shunday bo‘ladiki, fizikaviy effekt ta’rifga molik bo‘ladi, ta’riflashga imkon beradi va uning uchun birlik o‘rnatish mumkin. Lekin, ta’sirini miqdoriy tavsiflash juda qiyin bo‘ladi. Masalan, agar tezkor zarracha (Aytaylik, moddaning radioaktiv parchalanishida paydo bo‘lgan alfa zarracha) o‘z energiyasini tirik to‘qimaga berib sekinlashsa, bu jarayonni tavsiflash uchun nurlanish dozasi tushunchasidan foydalanish mumkin. Ya`ni massa birligidagi energiya sarfidan. Biroq, bunday zarrachaning biologik ta’sirini baholash hamon tadqiqotlar holida qolmoqda. Hozirgacha emotsional tushunchalarni miqdor jihatdan baholash imkoni mavjud emas. Ularga mos keluvchi birliklarni aniqlash va yaratish imkoni yo‘q. Masalan, bemor kishi o‘zini bezovta qilayotgan og‘riq darajasini miqdoriy jihatdan ifodalab bera olmaydi. Lekin, shifokorga tashxis qo‘yishda muhim bo‘lgan parametrlar, ya`ni miqdoriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan haroratni, puls chastotasini o‘lchash, yana laboratoriya analizlari (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi, qandning siydikdagi miqdori va boshqalar) katta yordam beradi. Shuni alohida ta‘kidlash mumkinki, o‘lchov birliklari qotib qolgan tizim emas. O‘lchash texnikasidagi har qanday muvaffaqiyat, yangi hodisalarning kashf etilishi asosiy birliklarning qayta aniqlanishi va o‘rganib chiqilishiga olib kelishi mumkn.