Vatan taraqqiyotiga mening hissam



Yüklə 97,97 Kb.
tarix25.08.2023
ölçüsü97,97 Kb.
#140463
Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.


“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi ilmiy-ommabop
maqolalar tanlovi.
Mavzu:Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.

Muallif : Maripov Abdurasul (abdurasula506@gmail.com)


Toshkent Kimyo-Texnalogiya instituti 2-kurs talabasi.

Virtuallashuv - bu so’z hozirgi kunda barcha yoshlarga tanish, ammo bir sovol hali hamon tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda “Vertuallashuv yoshlar hayotiga kerakmi ?”.Bu sovolga bazilar ijobiy yondashsa, bazilar esa salbiy ko’nikmadalar. Meni fikrimcha bu sovolning javobi yo’q,chunki harkim bunda o’z fikriga ega va undan qanday foydalanish hammaning o’z qo’lida. Shu savolni o’z-o’zimga berar ekanman, qadimgi yunon faylasufi va olimi Arastuni shu so’zlarini eslayman:


Baxt o’zimizga bog’liq bo’ladi.
Bundan nmani shunish mumkun insonning baxtli yoki baxtsiz bo’lishi faqatgina uning o’zigagina bog’liq. Bundan kelib chiqadiki Vertuallashuvdan olinadigan salbiy va ijobiy natijalar ham insonning o’zigagina bog’liqdir.
Endi yoshlar hayotida Vertuallashuv omillariga to’xtaladigan bo’lsak, avvalo Vertual dunyo atamasiga izoh berishimiz zarur bo’ladi.Virtual dunyo - bu kompyuter texnologiyasiga asoslangan dasturlash orqali qurilgan sun'iy yaratilgan dunyo.”[2] Bizning holatimizda esa bu ijtimoiy tarmoqlardir.
Agar raqamlarga nazar solsak, 2021 yil yanvar oyi uchun dunyodagi raqamli sanoatning asosiy statistikasi va tendentsiyalari:

  • Dunyo aholisi: 2021 yil boshida dunyo aholisi 7,83 mlrd . BMT ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich hozirda yiliga 1 foizga o'sib bormoqda. Bu 2020-yil boshidan buyon dunyo aholisi 80 milliondan ortiq kishiga oshganini bildiradi.

  • Mobil qurilmalar: Bugungi kunda 5,22 milliard kishi mobil telefondan foydalanadi - dunyo aholisining 66,6 foizi. 2020-yil yanvar oyidan buyon noyob mobil foydalanuvchilar soni 1,8 foizga (93 million) o‘sdi, umumiy mobil ulanishlar soni esa 72 millionga (0,9 foiz) o‘sdi va 2021 yil boshiga kelib 8,02 milliardga yetdi.

  • I nternet: 2021-yil yanvar oyida dunyo bo‘ylab 4,66 milliard kishi internetdan foydalanadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 316 million (7,3 foiz) ko‘p. Internetga kirish darajasi hozirda 59,5% ni tashkil etadi. Biroq, COVID-19 Internet foydalanuvchilari soni to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, shuning uchun haqiqiy raqamlar ko'proq bo'lishi mumkin.

  • Ijtimoiy tarmoqlar: Hozir dunyoda 4,20 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bor . O‘tgan 12 oy ichida bu ko‘rsatkich 490 millionga o‘sdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizdan ortiq o‘sishni ko‘rsatadi. 2021 yilda ijtimoiy tarmoqlardan dunyo aholisining 53,6 foizi foydalanadi.[1]

Bundan ko’rinib turiptiki dunyo miqyosida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soniya sayin ko’paymoqda.Demak faqat yoshlar emas balki butun dunyo vertuallashmoqda, bu degani Vertuallashuv zamon talabidir.Agar biz kelajakda dunyo miqyosidagi rivojlangan davlat bo’lishni istasak dunyo va zamon talabiga mos ravishda o’sishimiz zarur.
Axoli o’rtasida ijtimoiy so’rovnoma o’tkazishim natijasida shu ma’lum bo’ldiki, aholi o’rtasida 100 kishiga nisbatan ulardan 91 % ini mobil qurulmasi internet bilan taminlangan, ulardan 76 % i ijtimoiy tarmoqlarga kiradi. Yana shu ma’lum bo’ldiki aholi o’rtasida Telegram,Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari keng foydalanilar ekan, ularni 76 kishiga nisbatan 92,1 % i Telegram ijtimoiy tarmog’iga kiradi, 61,8 % i Instagram ijtimoiy tarmog’iga kiradi, 73,7 % i Facebook ijtimoiy tarmog’iga kirar ekan.
Xudi shunday so’rovnomani o’zim tahsil olayotgan Oliygoh talabalar orasida ham o’tkazdim. Natijalar hozirgi kun uchun ajabnarli emas, chunki so’rovnomada
ishtrok etgan 100 nafar talabadan 100 % ini mobil qurulmasi internet bilan taminlangan va ijtimoiy tarmoqga kirishadi. Bu ham prizidentimizning yoshlarga qaratilgan internet va texnalogiyalardan samarali foydalanish siyosatlarining samarasi deb hisoblayman. Talabalarning orasida Telegram ijtimoiy tarmog’idan keng foydalanishligi so’rovnoma mobaynida ayon bo’ldi va bu ko’rsatkich 100 % ni tashkil etdi. Albatta bunga sabab ham bor edi, chunki so’ngi yillarda yurtimizda karantin sababli ko’p o’quv yurtlari ta’limning online shakliga o’tishga majbur bo’lishdi. Bunda o’qtuvchi va o’quvchilarning o’zaro bog’lanishligiga Telegram ijtimoiy tarmog’i samarali hisasini qo’shdi. So’rovnoma davomida talabalar orasida boshqa keng foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar ham bo’ldi.
H ozirgi kunda hech kimga sir emaski yoshlar ko’p bo’sh vahtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazishadi. Bu yerda ham savol tug’uladi “Nega ?, Axir riyal hayotda ham vahtni unumli foydalanish mumkunku, Nega virtual ijtimoiy tarmoqlarga va hokazolarga bunchalar ko’p vaht sariflashmoqda ?”. Mutaxasislar shunday fikirga ega: Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo) shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor. Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferensiyalar o‘tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video yoki audiomuloqot qilish. Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda. [4]
Bunga agar mening fikrimni so’rasangiz, ijtimoiy tarmoqlarga sariflanayotgan vahtning unumli bo’lish yoki bo’lmasligi bu undan foydalanadigan insonga bog’liq deb javob beraman. Hozirda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ortib borishiga sabab axborot almashinuvi osonligi,bunda inson o’zi uchun zarur bo’lgan ma’lumotni tez olishi,shuningdek o’zida mavjud bo’lgan ma’lumotni boshqa foydalanuvchilarga ham yetkazish qulayligi bilan ommalashmoqda. Meni e’tiborimni tortgan yana bir jihat bu yoshlar uchun o’z fikrini, his-tuyg’ularini, muamolarini va yutuqlarini aks etirish uchun qulay platforma vazifasini bajarmoqda. Albatta bundan unumli va samarali foydalanish kerak. Buning uchun bilim va zakovat yoshlar uchun suvdek zarur, darxaqiqat bilim-bu qulf, kaliti bo’lib savol xizmat qiladi.
Endi barchasini umumlashtirib eng katta savolga javob bersak “Yoshlar hayotida virtuallashuv kerakmi ?”. Ha albatta chunki bu yurtimiz kelajagiga va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Axir biz yangiliklarga intilmasak unda bizda yangi savollar bo’lmaydi bu degani yangi bilimlar bo’lmaydi, yangi bilimlar bo’lmasa unda rivojlanish bo’lmaydi. Shuning uchun ham davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar va ulardan uchinchi tashabbussi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan edi. [3]
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida O’zbekiston kelajakda katta cho’qilarga erishishiga ishonaman va bunda yoshlarni o’rni katta.Faqatgina yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish lozimdir. Shuning uchun yoshlarni yangi bilimlarni egalashga chorlayman.

Foydalanilgan Adabiyotlar.


1) https://www.web-canape.ru (02.02.2021 y).
2) https://ru.wikipedia.org (11.06.2021 y).
3) https://kun.uz (20.03.2019 y).
4) https://aniq.uz (01.10.2020 y).
Yüklə 97,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin