etildi, 1910
yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun
xaftasiga 4 soat geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan, bu esa boshqa
fanlarga nisbatan ancha ko’p edi.
Toshkentda 1900
yili ‚Yangi usul‛ maktabi ochildi, mazkur maktab-
larda geografiyaga alohida axamiyat berildi. 1905 yil Samarqanddagi yangi
usul maktablari uchun o’zbek tilida ‚Turkiston va unga qo’shni
mamlakatlar kartasi‛ nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek tilida qator
darslik va qo’llanmalar chop etila boshlandi: 1909 yil Fotix Karimning
geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda nashr etiladi. 1914 yil
Muxammad Amin Karimiyning ‚Jug’rofiyai riyoziy‛ (Matematik geogra-
fiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi. 1915 yil ‚Er yuzi‛ darsligi chop
etiladi.
Ushbu davrda eng mashxur allomalardan biri Maxmudxo’ja Bexbudiy
bo’lib, uning tomonidan ‚Yangi usul maktablari‛ uchun ‚Turkiston
kartasi‛, ‚Muntaxabi jug’rofiyaiy umumiy‛ (qisqacha umumiy geografiya),
‚ Madxali jug’rofiyaiy imroniy‛(Aholi geografiyasiga kirish),‚Muxtasari
jug’rofiyaiy Rusiy‛ (Rusiyaning qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator
sayohatnomalar e’lon qilingan.
Maxmudxo’ja Bexbudiyning ‚Kitobi muntaxabi jug’rofiyai umumiy va
namunai jug’rofiya‛ darsligi 1905 yili 24 avgustda Sankt-Peterburg
tsenzurasidan ruxsat olinib, 1906
Dostları ilə paylaş: