SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Kuzatish deganda nimani tushunasiz?
2.Tajriba deganda nimani tushunasiz?
3.Kuzatish qaerlarda olib boriladi?
4.Geografik kuzatishlar qanday guruhlarga bo’linadi?
5.Astronomik kuzatishlar nimalardan iborat?
6.Meteorologik kuzatishlar qanday qismlardan iborat?
7.Ob-havoni kuzatish qanday qismlardan iborat?
8.Fenologiya deganda nimani tushunasiz?
9.Fenologiya fani qanday qismlarga bo’linadi?
10.Ekologik fenologiya nimani o’rganadi?
11.Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari qanday bo’ladi?
12.Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllantirish qanday talablarga javob
berishi zarur?
13.Kuzatish davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibini so’zlab
bering.
14.Qanday voqea va xodisalarni tajribada ko’rish mumkin?
15.Geografiya o’kitish metodikasida qanday tajribalar o’tkaziladi?
16.Litosfera mavzusida qanday tajribalar o’tkaziladi
17.Gidrosfera mavzusini qaysi qismlarini tajriba usulida o’tish mumkin?
18. Atmosferani o’rganayotganda qaysi mavzularni tajriba metodi yordamida
o’rganish mumkin?
7-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA KARTOGRAFIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Kartalar geografiya ta’limida asosiy o’qitish vositalari bo’lib hisob-
lanadi. Geografik kartalardan o’qitishning barcha shakillarida foydalanish
mumkin; dars berishda, amaliy ishlarda, mustaqil ishlarda, bilimlarni
baholashda va x.k.
7.1.Umumiy kartografik tushunchalar. Shartli belgilar va ularni o’qish. Geografik kartalarda turli – tuman voqea va hodisalar tasvirlangani
uchun, ular juda xilma-xil bo’ladi. Kartografiyada quyidagi tushunchalar
uchraydi:
Tarx (plan)- joyning yirik miqyosda (5000va undan kattaroq) tuzilgan
chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo’lmagan kichik-kichik
joylar tasvirlanadi.
Karta - Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar
bilan tekislikka tushurilgan tasviridir. Ularda tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy
voqea va xodisalar tasvirlanadi.
Aerofotosurat- tayyora va boshqa o’zi uchar asboblar yordamida
olingag Yer yuzasini yoki uning bir qismining tasviridir. Ular orqali
joyning tuzulishi, relefi, o’simlik qoplami, yo’llari, qishloqlar, jihozlar va
korxonalarning joylanishi aniqlanadi.
Kosmosurat- Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalari
yordamida olingan tasvirdir. Ular fanning va halq ho’jaligining turli
sohalarda keng qo’llaniladi. Har bir tarx, karta va kosmo va aerosurat
ma’lum bir miqyosda tuzuladi.
Miqyos - bu kartadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu
chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatdir. U kartadagi tasvir
necha marta kichraytirilganini ko’rsatadi. Masalan, kartada daryoning
uzunligi 1sm , haqiqiy uzunligi 10 km, yoki 1 000000 sm. Demak haritaning
miqyosi 1: 1 000000 . Miqyoslar sonli, chiziqli va so’zli bo’ladi. Sonli miqyos
kasrdan iborat, uning surati 1- ga teng, maxraji esa kartada tasvir necha
marta kichraytirilganni ko’rsatadigan son bo’ladi. Masalan, 1: 1 000 yoki
1000
1
bu tasvirni ming marta kichraytirilganligini ko’rsatadi. Chiziqli
miqyos - bu teng bo’laklarga bo’lingan to’g’ri chiziqdir. Har bir bo’lak
qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo’yiladi. So’zli miqyos
kartadagi 1sm masofa haqiqatda qanchaga tengligini ko’rsatadi. Masalan
1sm 10km ga teng.