Mehmonxonalarda xizmatlarni sifatli amalga oshirishda birinchi navbatda boshqaruv samaradorligi yuqori darajada va tez amalga oshirilishi lozimi. Buning uchun barcha xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar ishini muofiqlashtirishni talab etadi. Bo‘limlar bir-biri bilan ma’lumot almashishini tezlashtirish maqsadida bir qator boshqaruv modullari ishlab chiqilgan. Mehmonxona servisidagi avtomatlashtirilgan tizimning umumiy tarkibiy tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Aniqlik uchun uni modullarga ajratamiz.
Har bir modul bitta bo‘limni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi (ma’mur- porte, restoran, ombor, buxgalteriya va h.k.). Tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun unda barcha modullar bo‘lishi shart emas. Tizim barcha modullarga kirish uchun bitta nom va paroldan foydalanadi. Har bir foydalanuvchiga tizimda ishlash uchun kirish huquqlari beriladi va u avtomatlashtirilgan tizim ma’muri tomonidan ruxsat etilgan harakatlarnigina bajarishi mumkin.
“Ma’mur - Porte” moduli.Bu modul mehmonxona ma’muri -portesi ishini avtomatlashtirish, yashab turgan mijozlar va ularga ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar markaziy bazasiga uzatish, ro‘yxatdano‘tkazish, bronlashga doir hisobotni yuritish, buxgalteriya uchun zaruriy hisobot ma’lumotlari yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy imkoniyatlari:
mijozlar va korxonalarning ma’lumotnomalarini yuritish;
nomerni bronlash;
mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish;
xizmatlar ko‘rsatish;
hisob-kitob varaqidan ko‘chirmalar berish;
hisob-kitob varaqlari bo‘yicha haq to‘lash;
yashab turish hisob-kitob varaqidan ko‘chirmalar berish;
yashab turish hisob-kitob varaqi bo‘yicha haq to‘lash;
operativ hisobotlar tayyorlash;
to‘langan hisob-kitob varaqi bo‘yicha pulni mijozga qaytarish;
mehmonxona mol-mulkini nobud qilish haqida dalolatnoma tuzish;
mijozlar balansini yuritish.
“Buxgalteriya”moduli. Bu modul zaruriy buxgalteriya axborotini jamlash va uni buxgalteriya hisobot dasturlariga yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Axborot tizimning ma’lumotlar umumiy bazasidan olinadi, guruhlanadi va bosma ko‘rinishda yoki buxgalteriya tizimlarida yuklash mumkin bo‘lgan formatlarda taqdim etilishi mumkin.
“Restoran”moduli. Bu modul mehmonxona restoranining ishini avtomatlashtirish, mijozlar va ularga ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni markaziy ma’lumotlar bazasiga uzatish, restoran omborlaridagi qoldiqlarga doir hisobotni yuritish, buxgalteriya hisoboti uchun zaruriy axborot to‘plash uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy imkoniyatlari:
kirim qilingan mahsulotlar va alkogolli ichimliklarni tizimga kiritish;
ishlatilgan yoki yaroqsiz mahsulotlar va alkogolli ichimliklarni ro‘yxatdan
o‘chirish;
yarim fabrikatlar tayyorlash bosqichini ta’minlash;
buyurtmalar hisobini yuritish (stollar va mijozlar bo‘yicha ajratgan holda);
mijozlarning restoranda xizmatlar ko‘rsatishga doir hisob-kitob varaqlarini yuritish;
mahsulotlar va alkogolli ichimliklar ma’lumotnomasini yuritish;
taomlar va yarim fabrikatlar tayyorlashga kalkulyasiyalar ma’lumotnomasini
yuritish;
menyudagi taomlarning narxlarini o‘zgartirish va tannarxning muvofiqligini tekshirish;
hisob-kitob varaqlari bo‘yicha naxd pul bilan haq to‘lash holatlarini qayd
etish;
naqd pulsiz hisob-kitoblarhaqida belgi qo‘yish;
operativ hisobotlar tayyorlash;
omborda saqlanayotgan, yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlar haqida xabar berish;
ofitsiant, oshpaz va barmen o‘rtasida tezkor aloqani amalga oshirish;
mol-mulk nobud bo‘lgani haqidagi dalolatnomani to‘ldirish;
menyu tuzish.
“Tarifikator”moduli. Mazkur modul muassasa avtomatik telefon stansiyasidan kelayotgan axborotga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy vazifasi mehmonxona mijozlarining xalqaro va shaharlararo telefon so‘zlashuvlari qiymati haqida hisobotlarni shakllantirishdan iborat. Hisobot ekranga chiqariladi va foydalanuvchining so‘roviga binoan qog‘ozga chiqarib berilishi mumkin. Tarifikator bayram va dam olish kunlari kalendarini, xalqaro va shaharlararo kodlar bazasini yuritish imkoniyatini beradi. Ish va dam olish kunlari uchun tariflarni tayinlash tizimiga ega.
“Billingtizimi”moduli. Bu modul mehmonxona mijozlari Internet tarmog‘iga kirish xizmatlaridan foydalanganlari haqida axborot yig‘ish va unga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. U “Tarifikator” moduliga ko‘p jihatdan o‘xshash.
“Ombor” moduli. Bu modul mehmonxonaning xo‘jalik xizmatlari (kirxona, garaj va sh.k.) faoliyati haqida axborot yig‘ish va unga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Undan “Restoran” modulida restoran omborlarining holatini saqlash uchun ham foydalaniladi. Uning asosiy imkoniyatlari:
omborga tovarni qabul qilish;
tovarni ombordan berish G`ro‘yxatdan o‘chirish;
mol-mulk nobud bo‘lgani haqidagi dalolatnomani to‘ldirish.
Har bir mehmonxonada o‘z avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo‘lishi, u Internet tarmog‘iga kiruvchi yagona tizimning tarkibiy qismi hisoblanishi yoki faqat shu mehmonxonada faoliyat ko‘rsatuvchi noyob tizim bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy mehmonxona turist yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishi va unga bir qancha qo‘shimcha xizmatlar taklif qilishi lozim.
Yuqoridagi ishlarning samarali tashkil etish jarayonini tahlil qilganimizda, mehmonxona ishini tezlashtirishda quyidagilar ishlab chiqilgan va boy tajriba o‘zlashtirilgan.