bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA YEVROPA DAVLATLARI TAJRIBASI
Yevropa mehmonxona biznesinining rivojlanish modellari.
Avstriya mehmonxona xo‘jaligi.
Angliya mehmonxona xo‘jaligi.
Fransiya mehmonxona xo‘jaligi.
Germaniya mehmonxona xo‘jaligi.
Mamlakatimizda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishda Yevropa tajribasidan foydalanishning yo‘llari va ahamiyati.
Yevropa mehmonxona biznesinining rivojlanish modellari.
Yevropada mehmondo‘stlik industriyasi 2-jahon urushidan keyin yanada jadallashdi. Barcha turdagi mehmonxonalar mijozlar talabini maksimal darajada o‘rganib, xizmat ko‘rsatishgan. O‘z mijozlari xohish istaklarini o‘rgangan marketologlar mijozlarni yuqori saviyadagi tadbirlar befarq qoldirmasligini tushunib yetishgan.
Albatta globallashuv jarayoni hukm surayotgan muhitda shou- tadbirlar o‘tkazilayotgan maskanlar keng omma nigohida bo‘ladi. Mehmonxonalarda o‘tkaziladigan shou tadbirlar ham, albatta, keng jamoatchilik nigohida bo‘lib, mehmonxona nufuzini sezilarli darajada oshiradi. Aynan Yevropadagi va Turkiyadagi nufuzli mehmonxonalar turli xil shoular natijasida o‘z mavqeini oshirib olishgan. Shou- tadbirlarni har kuni ham o‘tkazib bo‘lmaydi albatta, ana shunday odatiy kunlarda ham mehmonxona nufuzini oshirish, uni mashhurroq qilish mumkin. Ko‘zga ko‘ringan shaxslarni mehmonxona xizmatidan foydalanayotganini matbuotda e’lon qilib ham, odamlar ongiga mehmonxona nufuzini yanada yuqori pog‘onada ekanligini singdirish mumkin. Aynan Yevropa kino yulduzlari haqidagi gazetadan o‘rin olgan maqolalardagi suratlarda mehmonxonalarni ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtda butun jahonda yangi yo‘nalish – animatsiya, ya’ni dam olishni
jonlantirish va tadbirlarda shaxsan ishtirok etish orqali bevosita taassurot qoldirishni tashkil etish tobora keng tarqalmoqda. Turizmda bu hodisa paydo bo‘lishiga
intererlari va servis darajasi teng bo‘lgan Yevropa kurortlari o‘rtasidagi raqobatga turtki berdi.
Animatsiya bo‘sh vaqtni o‘tkazish maxsus dasturlarini ishlab chiqish va taklif qilish borasidagi faoliyat sifatida qaraladi. Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va bellashuvlari, raqs oqshomlari, karnavallar, o‘yinlar, mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Animator mehmonxona uchun ko‘ngilochar tadbirlar dasturini samarali tuzishda mehmonxona ma’muriyatiga bir qator fikrlar beradilar. Kurort mehmonxonalarda barcha animatorlar kechki shou va dasturlarni tayyorlashda ishtirok etadilar: dekoratsiya, kostyumlar, rekvizitni tayyorlaydilar, aktyorlarga kiyinishga ko‘maklashadilar. Loyihalarlarda albatta tashabbus ko‘rsatilib, odamlar e’tiborini tortish maqsad qilinadi. Faqatgina odamlar e’tiborini tortibgina qolmay tadbirga, o‘yin-kulguga turistlarni ham jalb etishi maqsad qilib qo‘yiladi. Menejer-animatorlar yuksak fazilatlarga, odamlar psihologiyasini yaxshi biladigan marketolog bo‘lishi talab etilib, mehmonxonaning mijozlari segmenti va mijoz bo‘lishi mumkin bo‘lgan segment ya’ni yoshi, jinsi, dunyoqarashi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi tabaqaga mansubligini inobatga olib, ularning hohish-istaklarini, ularning maksimal darajada qiziqishlarini inobatga olishi lozim. Ularning diqqat markazida bo‘la oladigan va e’tiborini torta oladigan, jalb eta oladigan turli xildagi ko‘zga ko‘ringan shaxslar ro‘yxatini bilishi va aniqlay olishi lozim. Mashhur shaxslar bilan bo‘ladigan mazkur tadbir yoki tomosha qayerda o‘tkazilishini (yozgi maydonchada, barda, basseyn yaqinida), uning maromi va sur'atini belgilash ham muhimdir.
Mehmonxona ma’muriyati shou biznes olamining yoqimtoy chehralaridan o‘z brendlarining reklamasidan foydalanishi kerak. Buning uchun shou biznes yulduzlarining ma’murlari bilan yaqin aloqada bo‘lishlari lozim. Yulduzlarining jurnalistlar savollariga beradigan javoblari mehmonxona konferens zallarida, ovqatlanish korxonalarida yoki umuman mehmonxonaga taalluqli biron joyda bo‘lishi, buni jurnalistlar uchrashuv qayerda bo‘layotganini ta’kidlab o‘tmoqlari, uchrashuvda mehmonxona brendini eslatib turadigan jihozlar turishi va tasvirga tushishi lozim. Mashhur futbol komandalarining jurnalistlar savollariga beradigan
javoblari ham iloji boricha mehmonxona konferens zalida, estetik tarzda bezatilgan
bog‘cha bo‘lsa u yerda o‘tkazilishi ham qolgan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirib qo‘yishi va ularga mehmonxonaning o‘zi birinchi bo‘lib taklif bilan chiqishi, hamda chegirmalar, imtiyozlarni taqdim eta olib ishonchga kirishi zarur hisoblanadi.
Aynan Yevropalik jurnalistlar tomonidan tez-tez uyushtiriladigan, ijtimoiy tarmoq yoki gazeta va jurnallarda mashhurlar bo‘sh vaqtini nima bilan o‘tkazadi kabi loyihalarda kamida shou biznes olamining ikki nafari mehmonxonaning qaysidir xizmatidan foydalanishi ajratilib ko‘rsatilishi lozim. Marketologlar fikricha yulduzlar bilan taalluqli hodisalarda nomi zikr etilgan brendlar uchun bu hodisa eng yaxshi reklama hisoblanadi. Yulduzlarning, sportchilarning, umuman mashhur odamlarning, hech bo‘lmaganda ularning farzandlari yoki shu qatori shaxslarning to‘y tadbirlari mehmonxona restoranida tantanovor, keng ko‘lamda ommaviy axborot vositalari ishtiroki bilan, jamoatchilik nigohida bo‘lib o‘tishi albatta bu tadbirga ketgan xarajatlar, narxlar ham aniq ko‘rsatilishi lozim. Bu tasvirlar, rasmlar ommaviy nashlarda, telekanalarda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi, romantik muhitni ifodalovchi video rolik maxsus tayyorlanishi hamda bu rolik ijtimoiy tarmoqlarda (Twitter, You Tube, Google, My Tube, Facebook…), mobil telefon ilovalari (Instagram, Whatsapp, Telegram… ) orqali mobil telefonlarda tarqalishi marketologlar ta’rifi bilan aytganda eng yaxshi reklama odamlar tilida yuradigan reklamaga, piarga, shu kabi insonlar orasida to‘y tadbirlari o‘tkaziladigan maskan sifatida urfga kiradi. Hech bo‘lmaganda mashhur chehralarning tug‘ilgan kunlari mehmonxona hududida o‘zgacha bir ko‘rinish, esda qolarli tarzda o‘tkazilishi lozim. Aksariyat mijozlar yoshlar ekanini hisobga olib mehmonxona romantik muhitni ham ifoda etmog‘i lozim. Amerika, Yevropa, Hindiston mehmonxonalari tajribasidan kelib chiqib, shou biznes olamidagi yulduzlar, sportchilar umuman taniqli odamlarning hayotidagi romantik lahzalar jurnalistlar tomonidan doimo jamoatchilik nigohida ekanligini hisobga olsak, bu vaziyatdan mehmonxona foydalana olmog‘i lozim. Yulduzlar ma’murlari bilan kelishgan holda jamoatchilik nazariga romantik juftlikni shartli ravishda namoyon qilinishi ular bilan bog‘liq ko‘p hodisalar mehmonxona ishtirokida, yashirin reklama tarzida bo‘lmog‘i zarur. Juftliklarning
romantik kechki ovqatlari ko‘p hollarda mehmonxona restorani, kafesida yoki
klubida bo‘lishi, ularning mehmonxonaga kelishlari o‘ziga xos ulug‘vor tarzda kutib olinishi ayni shu damda ochiqdan ochiq emas, balki jurnalistlar taqibi ko‘rinishida suratga olinishi lozim. Yulduzlar uchun maksimal darajada restoranda romantik muhit yaratilishi bu albatta tasvirlarda ko‘rinishi barchasi professional tarzda yondashilishi muxlislar ta’qibi ham ishonarli chiqishi kerak. Bu tasvirlar ham ommaviy nashlarda, telekanalarda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi, romantik muhitni ifodalovchi video rolik ijtimoiy tarmoq va mobil telefonlarda tarqalishi zarur bo‘lib, asosan, yoshlar ongida ikki xil taassurot qoldirishi kerak. Birinchisi bu mehmonxona restorani va kafesida o‘zi muxlislik qiladigan yulduzni uchratishi mumkinligi, ikkinchisi mehmonxona restorani, kafesi va klubi ajoyib romantik muhitni namoyon qiluvchi. hordiq chiqaruvchi joy bo‘lib ko‘rinishi kerak. Bu muhit ta’sirida yoshlar mehmonxona restorani, kafesi va klubiga ko‘proq tashrif buyurishi esa isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lib, qolgan mijozlarga ham imkon qadar shu muhitni yaratib berilishi lozim sanaladi.34
Mehmonxonadagi sport klubi reklamasi ham, oddiy baner bilan kifoyanmasligi kerak, balki mashhur sportchilar va ayniqsa, biron-bir nomdor musobaqadan qaytgan sportchi butun jamoatchilik nazarida bo‘lgan vaqtlarda uni shu sport zalida tayyorgarlik ko‘rishi jurnalistlar tomonidan yoritilishi va ko‘rsatib bera olishi lozim. Bu kabi tadbirlar har haftada, kamida bir oyda 2-3 marta bo‘lishi lozim. Ko‘rinib turibdiki barchasi jurnalistlar bilan bog‘liq jarayonlardir. Telekanal, gazeta va jurnallar bilan mehmonxona anchagina yaqin aloqa o‘rnatishi uning kelajakdagi imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Chet el tajribasidan ma’lumki katta korporatsiyalar va ularni reklama qiluvchi ommaviy axborot vositalarining ta’sischilari bir bo‘ladi. Investorlar qanchalik ko‘p tarmoqlarga o‘z sarmoyasi bilan kirib borgani sari o‘z biznesini, faoliyat sohasini saqlab qolishi va rivojlantirish imkoniyati ushbu misol orqali namoyon bo‘ladi.
Yirik omadli reklama loyihalarini tahlil qilsak unda biron bir mashhur brendni mashxurlikka erishishining sababi taniqli insonlar ushbu brendni yuzi bo‘lishidadir. Odatda, omadli reklama loyihalari butun omma nigohida bo‘ladigan tadbirlar, musobaqalar va shunga o‘xshash loyihalarda uning qatnashchilari tomonidan biron bir brendni tadbir davomida ishonarli tarzda afzalligi ko‘rsatib berilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, so‘ngi futbol bo‘yicha jahon chemionatida dunyo futbol yulduzlari tomonidan “Pepsi”, “Samsung” kabi brendlarning mahsulotlari omadli tarzda reklama qilindi. Bu kabi yutuqlarga ko‘plab mehmonxonlar ham erishgan bo‘lib, masalan Buyuk Britaniyada tashkil etilgan Ritz va Intercontinental mehmonxonalar tarmog‘ini misol keltirish mumkin. Albatta bozor iqtisodiyotiga endigina qadam qo‘yayotgan yurtimiz kompaniyalari jumladan mehmonxonalarimizning ham bu qadar katta miqyosdagi tadbirlarda o‘zlarini reklama qilish potensialga ega emasligini inobatga olsak, yurtimiz miqyosdagi tadbirlarda milliy qahramonlarimiz, yulduzlarimiz va sportchilarimiz tomonidan reklama qilinishi ham daromad keltirishda anchagina yaxshi samara beribgina qolmay O‘zbekistonning milliy turistik firma va mehmonxonalarini brend darajasiga olib chiqishda o‘z samarasini beradi.35
Shuningdek, Yevropa shaharlarida o‘tkinchi yo‘lovchilarga ko‘pincha arzon narxdagi mehmonxonalarni GPS texnologiyalari orqali joylashuviga qarab uyali aloqa qurilmalari foydalanuvchilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri multi-media taqdim etilishi natijasida mehmonxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatish soni oshishiga olib kelmoqda. Masalan, Yevropadagi arzon mehmonxonalar birlashishi orqali vujudga kelgan Formula 1, Etap, Premier Class va boshqalari misol qilishimiz mumkin.
34 Z. Adilova, A. Ikramov. “Turizm sohasida marketing va reklamani rivojlantirish omillari” Tezis. “Ovqatlanish korxonasi faoliyatining iqtisodiy tahlili” Tezis. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash soha taraqqiyotining muhim mezoni mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqola va anjuman materiallari to‘plami. 29-30-betlar. T.:TDIU, 2015-yil 17-mart.
35 Z. Adilova, A. Ikramov. “Turizm sohasida marketing va reklamani rivojlantirish omillari” Tezis. “Ovqatlanish korxonasi faoliyatining iqtisodiy tahlili” Tezis. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash soha taraqqiyotining muhim mezoni mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqola va anjuman materiallari to‘plami. 29-30-betlar. T.:TDIU, 2015-yil 17-mart.
6.1-jadval Yevropadagi eng ko‘p mehmonxonalar joylashgan shaharlar36
(2017-yil holati bo‘yicha)
Dostları ilə paylaş: |