Vazifalari


-jadval Turizm barqaror rivojlanish tomonidan xususiyatlari, faoliyati va



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə36/107
tarix05.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#174013
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

5.3-jadval Turizm barqaror rivojlanish tomonidan xususiyatlari, faoliyati va


dasturlanishi31


Barcha manfaatdor shaxslar majburiyatlari taqsimlash va turizim yunalishlari barqaror rivojlanishi uchun javobgardir (5.2-jadval.) deb tavsiya kilanadi. Turizmni qondirsh uchun turli darajada e’tirof etiladi barcha kompaniyalar, mehmonlarni
    1. Xizmat sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish


1970-yillar o‘rtasida Barker Enterprises kompaniyasi Luiziana shtatidagi Shreveporte shahridagi Ramada mehmonxonasiga egalik qilgan va uni boshqargan. Shreveportdagi boshqa mehmonxonalarga qaraganda yaxshi, a’lo bo‘lmasa-da,
«asosiy mahsulotlar»: xonalar, oziq-ovqat va ichimliklar shu narxda, lekin Ramada mehmonxonasi bozorda eng yaxshi o‘rinni egalladi. Bu shu klassdagi boshqa mehmonxonalarga nisbatan eng yaxshi sifatli xonalarni taqdim etishida emas, balki Ramada mehmonxonasining mehmonlarga o‘ziga xos xizmat ko‘rsatish usulidadir.

30 Jahon sayohat va turizm kengashi (2013) 31 Jahon sayohat va turizm kengashi (2013)

Qabul paytida doimiy mijozlar bilan nomma-nom salomlashib, ularni alohida iliq kutib olishardi. Shrevportdagi Ramada mehmonxonasi yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oldinda edi va o‘z tirishqoqligi uchun mukofotlangan.
Biz to‘rtta xizmat ko‘rsatish sifat tuzilmasini muhokama qildik: mahsulotning o‘ziga xos xususiyati, kamchiliklar yo‘qligi, funktsional sifat va texnik sifat. Sifatning yana bir turi mavjud, bu – jamoat (ahloqiy) sifati turi. Bu ishontirish sifati bo‘lib, uni xarid qilish oldidan iste’molchi baho bera olmaydi va ba’zida tovar sotib olingandan yoki xizmat ko‘rsatilgandan keyin ham baho berib bo‘lmaydi.
Ba’zi tovarlar yaqin kelajakda iste’molchilarni qoniqtira olishi mumkin, shu bilan birga kelajakdagi iste’molchilarga noqulay natijalar olib kelishi mumkin. Masalan, Mc.Donald's ning qovurilgan kotletlari dunyoda eng yaxshisi deb hisoblangan. Ularning ommalashganligiga sabab, kotletlarga o‘zgacha ta’m beruvchi mol yog‘ida qovurilganligidir, mol yog‘ini ovqatda iste’mol qilish yaxshi emasligini omma bilgandan keyin, Mc.Donald's qovurish uchun yog‘ komponentlarini o‘zgartirdi.
1970-yillarda kimyoviy antioksidantlar, asosan, restoranlarda salatlarni barra holda saqlash va kartoshkalar oqligini saqlab qolish uchun ishlatilgan. Antioksidantlar restoranlarda iste’molchilarga yoqadigan taomlar tayyorlashga imkon berar edi, lekin keyinchalik ularning doimiy ishlatilishi sog‘liq uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Bu misollarda mahsulot komponenti mijoz talabining qondirilishini oshirsa, kelajakda unga ma’lum muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin edi.
Ba’zi mehmonxona menejerlari yong‘inga qarshi qurilmalarni qaerda joylashganligini bilmaydilar. Boshqa menenjerlar qaerda joylashganligini biladilar, lekin xizmatchilarga yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishni joiz, deb bilmaydilar. Bu kamchilik yong‘in chiqmaguncha mehmonlarga hech qanday ta’sir qilmaydi. Mehmon mehmonxonadan to‘la qoniqib, yana bu erga qaytib kelish ilinjida
yo‘lovchilar va halokat oqibatlari tekshirilganda texnik xizmat ko‘rsatishning past standartlari aniqlanmaguncha hech qachon sezmaydilar. Profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish va xodimlarga xavfsizlik choralarini o‘rgatish borasidagi ishlarni yaxshi bajaradigan avialiniya va mehmonxonalar, odatda, bunday dalillarni reklama qilmaydilar, chunki bu xizmat ko‘rsatishning salbiy tomonlariga oiddir32.
Firmalar xizmat ko‘rsatish va tovarlarni tatbiq etishda mijoz sog‘lig‘i va hayotiga muayyan xavf soluvchi xususiyatlarni bartaraf etishning axloqiy jihatdan javobgarligini oshirishni ko‘rib chiqishlari lozim. Ko‘pincha tovarning bu xususiyat va xarakteristikalari mijozning qoniqish hissiga tez ta’sir qilmasligi mumkin, lekin bu muhim bo‘lib, uzoq kelajakda kutilmagan holatlarning oldini olishi mumkin.
Restoranlar egalari bunday yoqimsiz holatlarni, jamoatchilikning negativ fikrini, ya’ni restoranlarning aybi bilan tashrif buyuruvchilarning ovqatdan zaharlanish yoki gepatit virusini yuqtirib olish holatlarini o‘z tajribalarida ko‘rganlar33.
Braniff Airlines kompaniyasi bunday muammoga duch kelgan. Braniff o‘z samolyotlarining yo‘lovchilar saloniga soatlar o‘rnatib, agar samolyot manzilga kechikib borsa, yo‘lovchilarga pul to‘lashni va’da qilgan. Xyustondan Dallasga uchayotgan Braniff samolyoti noqulay ob-havo sharoitiga tushib qolgan va halokatga uchragan, shunda jamoat katta shov-shuv ko‘tarib, Braniff ni yo‘lovchilar xavfsizligidan ko‘ra, o‘z samolyotlarining manzilga aniq etib kelishi qiziqtiradi, deb hisoblaganlar. Xizmat ko‘rsatish sifat kafolati Hampton Inns mehmonxonasi kafolati kabi restoran va mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlarning ijobiy xususiyati bo‘la oladi.
Biroq menenjerlar bunday kafolat ishlab chiqishda, uning kompaniya imijiga (yuziga, sha’niga) ta’siri haqida o‘ylashi lozim. Bu, ayniqsa, kafolat vaqtni o‘z ichiga olganda va xodimlardan tezroq ishlashni talab qilish hollarida juda muhim. Yuqorida biz Domino pitssa xonasining 30 daqiqali kafolati sud jarayoni va kompaniyaga

ketishi va bu mehmonxonani boshqa tanishlariga tavsiya qilishi ham mumkin.

Avialiniya mablag‘ sarfini kamaytirish uchun samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish darajasini qisqartirishi mumkin, lekin halokat yuz bermaguncha buni
32 Kotler P., Bowen J. &Makens J.Marketing For Hospitality & Tourism Pearson International Edition 2014, USA
33 Quality Management in Tourism Accommodations: The European Flower. 33-34 betlar

nisbatan jamoatchilikning salbiy fikri bilan tugaganligini eslatib o‘tdik. Afsuski, buyurtmani bajarish paytida haydovchi bilan jiddiy baxtsiz hodisa sodir bo‘lgandi.
Sudda, firma o‘z mijozlariga pitssani buyurtma olingandan keyin 30 daqiqadan kechikmasdan etkazib berishga kafolat berganligi sababli, yuz berganligi isbotlandi.
Uchinchi olam mamlakatlaridagi mehmonxona va turizm xizmatlari, qoida bo‘yicha, mijozlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini himoya qilish qo‘llanmasiga rioya etadilar, agar sanoati rivojlangan mamlakatlardan kelgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatsalar, bu holatga bozorda birmuncha ijobiy qaraydilar. Gondurasdagi Tegusigalpe mehmonxonasida yolg‘on signal natijasida yong‘in zinapoyasi mebellar bilan to‘silganligi va birinchi qavat eshigi yopiqligi aniqlandi.
Uchinchi olam davlatlari yo‘lovchilari orasidagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, avialiniyalarni tanlashda xavfsizlik ular uchun asosiy sababdir. Sanoati rivojlangan davlatlar yo‘lovchilari esa avialiniyalarni tanlashda xavfsizlikka hal qiluvchi omil sifatida kamdan-kam hollarda qaraydilar.
Kompaniyaning umumiy imiji mijozlarning sifatni qabul qilishiga ta’sir etadi. Yaxshi imijga ega firmalar arzimas nuqsonlarga uncha e’tibor bermaydilar. Yaxshi imijga ega firmalarda xizmat ko‘rsatish sifati yuqori va yaxshi imijga ega bo‘lmagan firmalarda ancha past. Ijtimoiy sifat xavfsiz tovarni ishlab chiqarish va iste’molchilar hamda jamiyatga taqdim etilishini bog‘laydi. Firmalar jamiyat oldida foydali sifat bilan ta’minlash uchun javobgardirlar. Bu tovarga va firmaga yaxshi axloqiy ko‘rinish beradi va oqibatda biznes rivojiga ijobiy ta’sir qiladi.
Shunday qilib sifat, texnik, funksional va sotsial komponentlardan tashkil topadi. Menejerlar mijozga taqdim etilgan sifatni qanday qabul qilishi eng muhimligin yodda saqlashlari lozim. Mijozlar taqdim etilgan mahsulot va xizmat ko‘rsatish turini o‘z istaklaridan kelib chiqib baholaydilar. Agar taqdim etilgan xizmat turi talabga javob bersa, uni sifatli deb hisoblaydilar. Agarda bu xizmat talabga javob bermasa, bu holda u sifatsiz hisoblanadi. Mijozning istagi uning oldingi jamoat fikriga tayangan tajribasidan hosil bo‘ladi va yana firmaning yaqinidagi tashqi aloqalarga tayanadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin