Bob bo‘yicha xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Gaplar, kuzatilgan maqsadning har
xilligiga — maqsadning yo‘nalishiga qarab, darak, so‘roq, buyruq va undov
gaplarga bo‘linadi. Darak gapning leksik-morfologik xususiyatlari gapning
boshqa turlaridagiga qaraganda uncha xarakterli emas, bunda intonatsion,
sintaktik belgilar bo‘ladi. So‘roq gap ba’zan faqat so‘roqni (Karima
uydami?), ba’zan ham so‘roq, ham hayratlanishni, so‘roq yo‘li bilan
ifodalangan taajjubni bildiradi.
Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan
tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni
emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi
|