Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
abdullayeva rayhon.

kelasanmi?—yo‘q,  kelmayman).  Bunday  gapning  javobi,  odatda,  ha  yoki 

yo‘q  so‘zidan  tuzilgan  darak  gap  bo‘ladi,  lekin  ba’zan  bundan  keyin  yana 

boshqa  so‘z  keltiriladi.  Bu  keyingi  so‘z  so‘roq  ma’nosining  asosiy  kuchi 

qaysi  elementda  bo‘lishiga  qarab  qo‘llanadi;  bu  so‘z  bilan  o‘sha  ma’no 

tasdiqlanadi  yoki  inkor  qilinadi.  Demak,  keyingi  so‘z  o‘sha  ha  yoki  yo‘q. 

So‘zining  ma’nosini  yana  ham  konkretlashtirishga,  ta’kidlashga  xizmat 

qiladi, o‘shanga mos ravishda qo‘llanadi. Masalan:  1.— kecha 

teatrga  bordingmi?—  ha,  bordim.  2.—  kecha  teatrga  bordingizmi?—  ha, 

teatrga.  3.—  teatrga  kecha  bordingmi?—ha,  kecha  bordim.  4.—  bugun 

kinoga  boramizmi?—yo‘q,  bormaymiz.  5.—  bugun  kinoga  boramizmi?—

yo‘q,  kinoga  emas  (teatrga).  6.—  kinoga  bugun  boramizmi?—yo‘q,  bugun 

emas  (ertaga).  7.—  bugun  bormaysanmi?—  ha,  bormayman.  8.—  kecha 

bormadingmi?—yo‘q,  bordim.  Misollar  ko‘rsatadiki,  ha  yoki  yo‘q 

elementining  va  undan  keyingi  so‘zning  qanday  formada  kelishi,  ularning 




14 

 

bu  jihatdan  o‘zaro  munosabati  ma’lum  qonuniyatga  ega:  tasdiq+tasdiq 



(asosiy so‘roq elementi bo‘lishli formada kelganda), inkor + inkor (bu ham), 

tasdid+inkor  (asosiy  so‘roq  elementi  bo‘lishsizlik  bilan  bog‘langanda), 

inkor+tasdid (bu dam).  Lekin bunday konstruksiyalarda ba’zan ha so‘zining 

o‘rniga  yo‘q  so‘zi  kelishi  hollari  dam  uchraydi  (asosiy  so‘roq  elementi 

bo‘lishsizlik  bilan  bog‘langanda).  Masalan:—  bormaysanmi?—  yo‘q, 

bormayman  (chog‘ishtirish:  1,—  ha,  bormayman.  2.—  yo‘q,,  boraman).  Bu 

hodisa analogiya — o‘xshashlik yo‘li bilan kelib chiqqan. Bu tipdagi gaplar- 

ning javobi har vaqt ha yoki yo‘q so‘zi bilan ifodalanishi shart emas: ba’zan 

gapga  teng  keyingi  so‘zning  o‘zigina  qo‘llanishi  ham  mumkin.  Masalan  — 

bugun  borasanmi?—  bormayman.  Bunday  ifodalanishlarning  turli  shartlari 

va ko‘rinishlari bor. 

3.  Ko‘rsatilgan  vositalar  (so‘roq  elementlari,  so‘roq  olmoshlari) 

bo‘lmaganda,  gapning  bu  turi  so‘roq  intonatsiyasining  o‘zi  bilangina 

tuziladi.  Bunday  gaplarda,  so‘roqni  o‘z  ustiga  olgan  so‘zning  ko‘tarilgan 

ohangga  ega  bo‘lishidan  tashqari,  butun  gap  so‘roq  tusiga  kiradi.  Masalan: 



U yigitni turtib uyg‘otdi: “yer qimirlayapti!”—“yer qimirlayapti?”— uyquli 

ko‘zlarini  ishqalab  hayajon  bilan  so‘radi  yigit.  So‘roq  gapni  bunday  yo‘l 

bilan  tuzishning,  bunday  turni  qo‘llashning  ham  maxsus  o‘rni  bor.  So‘roq 

gapning  bu  turi,  odatda,  biror  kutilmagan  xabar  eshitilganda,  taajjubni 

ifodalash  uchun  xizmat  qiladi,  o‘sha  xabarni  anglatgan  darak  gapni 

takrorlash va intonatsiya orqali uni so‘roqqa aylantirish bilan hosil bo‘ladi. 

Bu yo‘l bilan tasdiq yo inkor talab qiladigan so‘roq gap hosil bo‘ladi. Bunda 

intonatsiya  so‘roq  yuklamasining  funksiyasini  bajaradi.  Lekin  so‘roq 

olmoshining o‘rnini, odatda, bu bilan qoplab bo‘lmaydi. Intonatsiya so‘roq - 

ning  umumiy  vositasi  bo‘lib,  u  butun  gapning  tusini  belgilaydi.  So‘roq 

intonatsiyasi  so‘roq  gapning  hamma  turida  bor,  lekin  uning  roli  har  xil:  1) 

so‘roqni  ifodalovchi  boshqa  vositalar  (leksik-  grammatik  vositalar) 

bo‘lmaganda,  intonatsiya  bosh  rolda  bo‘ladi;  2)  boshqa  vositalar  ishtirok 




15 

 

etganda, uning roli avvalgiga nisbatan kuchsizlanadi.



5

 

So‘roq  gap  olmoshli  bo‘lganda  (bu  olmosh,  odatda,  logik  urg‘uli  bo‘ladi) 



so‘roq  intonatsiyasi  shu  olmoshda  boshqa  bo‘laklardagiga  nisbatan  kuchli 

— baland bo‘ladi. 

Intonatsiyaning  rolini  aniqlash  uchun  yana  quyidagi  misolni 

chog‘ishtiring:  u  bormadimi?  Gapi  (so‘roq  gap)  intonatsiyani  o‘zgartirish 

bilan “u borgan, bu — aniq” degan mazmunni ifodalay oladi. 

So‘roqni  gapdagi  qaysi  so‘z  o‘z  ustiga  olishiga  qarab  gapning  umumiy 

intonatsiyasi  ham  o‘zgaradi.  Sening  ukang  milliy  rassomchilik  va  dizayn 

institutiga  kirgan  darak  gapini  intonatsiya  yordami  bilan  so‘roq  gapga 

aylantiraylik. 

Unda 


so‘roqning 

qaysi 


so‘zda 

bo‘lishiga 

qarab, 

intonatsiyaning  har  xil  bo‘lishi  ochiq  ko‘rinadi:  so‘roq  intonatsiyanining 

yolg‘iz o‘zi bilan belgilanganda, ohangning o‘zgarishi aniq seziladi: 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin