Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
abdullayeva rayhon.

boring!”) 

 

So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik -ohang 



xususiyatlari  ham  bor.  Bunda  biz  mustaqil  qo‘llangan,  so‘roq  gapligi  aniq 

bilinib  turadigan  turlarni  nazarda  tutamiz.  Qo‘shma  gaplarda  to‘ldiruvchi 

ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu 

ergash  gapda  so‘roq  xususiyati  deyarli  yo‘qolgan  bo‘ladi  (bunday  hollarda 

so‘roq  belgisi  qo‘llanmaydi).  Masalan:  Men  bilmayman:  ular  nima  haqda 

so‘zlashayotirlar.—Men  ularning  nima  haqda  so‘zlashayotganligini 

                                                           

4

 

Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 58-б. 



 


12 

 

bilmayman.  Umuman,  qo‘shma  gapning  sostavida  qo‘llangan  so‘roq  gap 



o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. 

So‘roq gap quyidagicha tuziladi: 

1.  So‘roqni  bildiradigan  elementlar  (-mi,  -ni,  -a  va  b.)  Yordami  bilan 

tuziladi.  Bu  elementlar  gapga  so‘roq  tusini  beradi.  Masalan:  O‘tar  edi  tor 



uyda  ko‘pi.  Shu  bo‘larmi  qiz  uchun  odat?  (H.  O.)  Sen  o‘zingni  baxtli 

dedingmi? Ona, sen ham odam eding- mi? (H. O.) Sen ketyapsanmi? Majlis-

chi? Sen sanobar opaning o‘g‘lisan-a? (H. O.) 

Bu  elementlar so‘roqni qanday  anglatishi  jihatidan bir  xil  emas.  Masalan,  -

chi  elementa  bilan tuzilgan so‘roq gaplar  ko‘pincha taajjub  ottenkasiga  ega 

bo‘ladi.  A(-ya),  -da,  -ku  yuklamalari  qo‘llanganda,  taajjub  yoki  taxmin, 

ta’kid ottenkasi bo‘ladi. 

Bunday  tipdagi  so‘roq  gaplarda  -mi  yuklamasining  qo‘llanishi  ba’zi 

xususiyatlarga  ega:  a)  bu  yuklamani  olgan  bo‘lak  doim  so‘roq  ob’ektini  — 

mazmun jihatidan birinchi o‘rinda bo‘lgan narsani anglata bermaydi. Ba’zan 

so‘roq  boshqa  elementda  -mi  yuklamasini  olmagan  so‘zda  bo‘lib,  bu  narsa 

logik  urg‘u  orqali  bildiriladi.  Masalan:  Sen  kinoga  borasanmi?  (borish-

bormaslik  so‘raladi).—  Sen  kinoga  borasanmi?  (borish  o‘rni  so‘raladi);  b) 

uyushiq  bo‘laklarda  -mi  yuklamasi  ba’zan  birgina  elementga  qo‘shilib, 

hammasiga umumiy bo‘ladi (odatda, har bir bo‘lak bilan takrorlanib keladi). 

Bunday  qo‘llanish  bir  butunlik  tashkil  qilgan  birikmalarda,  frazeologik 

birikmalarda, she’rlarda uchraydi. Masalan: Oq terakmi, ko‘k terak? Bizdan 

sizga  kim  kerak?  (bolalar  o‘yinida  aytiladi).  Juftmi-toq  (o‘yinning  nomi). 

Keyingi holda -mi elementi so‘roq ma’nosidan uzoqlashgan. 

            2.So‘roq  bildiradigan  mustaqil  so‘roq  so‘zlar  (kim,  nima,  qaysi, 

qayerda  kabi  so‘roq  olmoshlari)  bilan  tuzilishi  mumkin  (kim,  nima  kabi 

olmoshlar  qo‘shma  gap  sostavida  nisbiy  olmosh  bo‘lib  kelganda,  odatda, 

so‘roq  ma’nosini  ifodalamaydi).  Masalan:  Nima  uchun  u  buncha  toshqin? 



Bu daryoning yaratgani kim? Uni buncha ajoyib etgan qaysi dono, qandayin 

hakim? (H. O.) 


13 

 

Bu tipdagi so‘roq gaplar o‘z xususiyatiga ko‘ra, avvalgi tipdan (so‘roq 



yuklamalari  bilan  tuzilgan  turdan)  ancha  farq  qiladi:  -mi  elementi  yordami 

bilan  ifodalanadigan  so‘roq  tasdiq  yoki  inkor  talab  qiluvchi  so‘roqdir 

(masalan,  ha  yoki  yo‘q),  so‘roq  anglatuvchi  mustaqil  so‘z  yordami   bilan 

ifodalanadigan  so‘roq  esa  shaxs,  predmet  yo  belgini  aniqlashga  xizmat 

etadigan  javobni  —  shu  so‘roqda  javob  bo‘ladigan  so‘zni  talab  qiluvchi 

so‘roqdir. 

Demak,  so‘roq  gapning  xarakteri  ikki  xil:  1)  bu  xildagi  gap  so‘roq 

olmoshi yordami bilan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha so‘zga  — so‘roqda javob talab 

qilinadi;  bu  gapning  maqsadi  suhbatdoshni  o‘z  fikrini  aytishga  qistash  — 

yo‘llash,  ma’lum  bo‘lmagan  biror  narsani,  xabarni  bildirishdir  (javob, 

odatda,  darak  gap  bilan  beriladi).  Bunday  gaplarda  so‘roq,  odatda,  bir 

so‘zda bo‘ladi (Kim bordi?—Karim); 2) so‘roq olmoshi yordamisiz tuzilgan 

bo‘lsa,  suhbatdoshdan  tasdiq  yoki  inkor  talab  qilinadi:  so‘roq  gapning 

maqsadi  faktni  aniqlash,  shuni  bilishdir.  Bunday  gaplarda  so‘roq,  odatda, 

butun  gapda  bo‘ladi  (bugun  kinoga  boramizmi?—ha,  boramiz.  Bugun 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin