Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
abdullayeva rayhon.

sen  kitobni  o‘qi!)  Hammasida  ham  material  bir  xil:  bajaruvchi  shaxs  — 

predmet  —  harakat  (subyekt—  obyekt  —  predikat),  lekin  maqsad  har  xil 

bo‘ladi. Gapning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlarini, har bir turning ayrim 



 

ottenkalarini va boshqa xususiyatlarini ko‘rsatishda ohangning roli katta.



2

 

  Gap,odatda,  nutq  ichida,  kontekstda,  boshqa  gaplar  bilan  birgalikda 



qo‘llanadi.  Gapning  qanday  maqsad  ifodasi  uchun  ishlatilganligi  umumiy 

mundarijaga,  vaziyatga,  ohangga  qarab  konkretlashadi.  Bunda  so‘zlovchi 

bilan  tinglovchining  birligi,  ayniqsa,  yaqqol  ko‘rinadi.  Misollarni 

chog‘ishtiring:  1.  Bir  bola  ikkinchisini  turtgandek  bo‘ldi,  Salim  buni 



aniqlash  uchun  bir  boladan  so‘radi:  kim  turtdi?  ...boshqa  bir  bolaning 

oldiga  borib:  «sen  turtgansan!»—  dedi.  U  bola  biroz  xafalanib  javob 

berdi:—  kim  turtdi!?  (birinchisi  so‘roq  bildiradi,  ikkinchisi  “hech  kim 

turtgani  yo‘q-ku!  Turtgan  men  emasman!”  mazmunini  ifodalaydi.)  Qarzdor 

dehqonga boyning kuz keldi deb qichqirgani oddiy xabar uchun emas, balki 

“qarzingni to‘la!” mazmuni uchun ishlatilgan gapdir. 

Yuqoridagi  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  har  bir  gapning  har  bir 

turning  o‘z  tipik  strukturasi  bor,  lekin  nutqda  bir  turning    shu  turga  xos 

modelning  boshqa  tur  uchun  ishlatilishi  ham  uchraydi:  buyruq  mazmuni 

uchun so‘roq gap formasini, so‘roq mazmuni uchun  — darak gap formasini, 

darak  mazmuni  uchun  —  so‘roq  gap  formasini  ishlatish  va  b.  Bu  hodisa 

sintaktik  transpozitsiyadir.  Bunday  qo‘llashlar  stilistik  xususiyat,  turli 

ottenkalarni berish kabi holatlar bilan xarakterlanadi. 

Darak  gap  biror  hodisa  haqida  xabar  berish,  biror  faktni,  belgini 

konstatatsiya  qilish,  tasdiqlash  xususiyati  bilan  xarakterlanad i.  Misollar: 



Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin. (U.)  

Darak gap bir qancha modallik xususiyatlariga ega bo‘la oladi: ba’zan 

faqat  darakni,  hodisaning  bo‘lish-bo‘lmasligi  konkret,  aniq  ekanligini 

bildiradi  (poezd  qo‘zg‘aldi.)  Ba’zan  taxmin,  tusmol  ottenkasini  ifodalaydi 

(ertaga  majlis  bo‘lar.-  ...bo‘lsa  kerak).  Ba’zan  tilak-maqsad,  orzu 

ottenkasiga  (bugun  muzeyga  borsam.—...bormoqchiman.),  ba’zan  gumon 

ottenkasiga  ega  bo‘ladi  (u  ertaga  kelar  emish.).  Ko‘rinadiki,  bunday  har 

                                                           

2

 

Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 56-б. 



 


 

xillikda kesimning formasi katta rol o‘ynaydi. 



  

Darak  gapning  leksik-morfologik  xususiyatlari  gapning  boshqa 

turlaridagiga  qaraganda  uncha  xarakterli  emas,  bunda  intonatsion,  sintaktik 

belgilar bo‘ladi. 

Darak gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari: 

1.  Gapning  bu  turi  darak  intonatsiyasiga  ega  bo‘ladi:  bunda  tinch 

ohang  gapning  birinchi  —  bosh  qismida  ko‘tarilib,  ikkinchi  —  keyingi 

qismida  pasayadi;  eng  keyingi  element,  ayniqsa,  uning  so‘nggi  bo‘g‘ini, 

past  ohangga  ega  bo‘ladi.  Bu  darak  intonatsiyasi  sanaladi.  Darak  gapda 

tovush  tempi  o‘rtacha  bo‘ladi.  Bunda  mantiqiy  urg‘uli  bo‘lak  hamma 

bo‘lakka  nisbatan  yuqori  ohang  bilan  aytiladi,  u  ko‘pincha  boshqa 

bo‘laklarga  qaraganda  tezroq  aytiladi  va  undan  oldin  qisqa  pauza  bo‘ladi. 

Darak gaplar bir-biridan to‘la pauza bilan ajralib turadi. 

2.  Darak  gapning  bo‘laklari  normal  tartibda  o‘rinlashgan  bo‘ladi 

(gapdagi  bo‘laklarning  odatdagi  tartibini  va  uning  o‘zgarishini  — 

inversiyani belgilashda asosiy tayanch darak gapdagi holatdir).  

3. Darak gapning kesimi ham ayrim xususiyatga ega (bu  kesim buyruq 

maylidagi  fe’ldan  bo‘lmaydi):  u  ko‘pincha  darak  xarakteridagi  fe’llar  bilan 

ifodalanadi,  so‘roq,  undov  va  buyruq  belgilaridan  xalos  bo‘ladi.  Masalan: 

bugun  uchrashuv  kechasi  bo‘ladi.  Biz  ham  boramiz.  Kecha  miting  bo‘ldi. 

Kesim  fe’ldan  boshqa  so‘z  bilan  ifodalanganda,  gap  tasviriy  xarakterda 

bo‘ladi  (biror  narsaning  xarakteristikasini  anglatadi.  Masalan,  egadan 

anglashilgan predmetning nima ekanligini, biror predmetga, belgiga egaligi, 

predmet, belgining bor-yo‘qligini ko‘rsatadi): charos  —  uzum.  Temir  — 

metall. Tol — daraxt. Xachir — hayvon. Chumchuq — parranda. Shu kichik 

ariqchada ham baliq bor kabi.

3

 

Darak  gap  o‘z  xususiyatlari  bilan,  ayniqsa,  ilmiy  uslub,  hikoya  qilish 



tusidagi asarlar uchun xarakterlidir. 

                                                           

3

 

Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 57-б. 



 


 

So‘roq  gapning  xususiyatlari  esa  quyidagicha:  ba’zan  faqat  so‘roqni 



(Karima  uydami?),  ba’zan  ham  so‘roq,  ham  hayratlanishni,  so‘roq  yo‘li 

bilan  ifodalangan  taajjubni  bildiradi  (Shunday  issiq  kunda  ham  yomg‘ir 



yog‘adimi?).  Ba’zan  so‘roq  bilan  birga,  turli  hayajonlar,  tuyg‘ular 

ifodalanadi  (Kino  boshlandimi?  Opam  mukofotlandimi?!),  ba’zan  so‘roq 

yo‘li bilan berilgan buyruq ifodalanadi (Tezroq bormaysanmi?!). So‘roq gap 

shubha,  gumon  ottenkasini  bildirishi  ham  mumkin  (Soat  yetti  bo‘lib  qoldi. 



Kino  boshlanguncha  yetib  borarmikanmiz?—  “yetib  borishimiz  gumon”). 

Ba’zan  so‘roq  yo‘li  bilan  taxminni  bildiradi.  Bu  gap  so‘roq -gumon  gapga 

ancha  o‘xshasa  ham,  lekin  ayrim  xususiyatlari  bilan  undan  ajralib  turadi 

(hoy  qizcha,  sen  nazarovning  qizi  emasmisan?)  Ba’zan  darak  gapga  juda 

yaqinlashgan  bo‘ladi.  Bunday  gaplardan  biror  hodisa  haqida  so‘roq  yo‘li 

bilan  ifodalangan  xabar,  hukm  anglashilib  turadi  (musobaqada  mendan  kim 

o‘za  oladi?!—  so‘roq  bilan  birga,  javob  —  “hech  kim  o‘za  olmaydi” 

mazmunidagi darak, qat’iy hukm ifodalangan). 

 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  Gaplar,  kuzatilgan  maqsadning 



har  xilligiga  —  maqsadning  yo‘nalishiga  qarab,  darak,  so‘roq,  buyruq  va 

undov  gaplarga  bo‘linadi.  Darak  gapning  leksik-morfologik  xususiyatlari 

gapning  boshqa  turlaridagiga  qaraganda  uncha  xarakterli  emas,  bunda 

intonatsion,  sintaktik  belgilar  bo‘ladi.  So‘roq  gap  ba’zan  faqat  so‘roqni 



(Karima  uydami?),  ba’zan  ham  so‘roq,  ham  hayratlanishni,  so‘roq  yo‘li 

bilan ifodalangan taajjubni bildiradi. 

 

 

 



 

 

 



 

 



10 

 

 



 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin